Qoliplarning asosiy turlari Qoliplar funksional vazifasi bo’yicha betonlanayotgan konstruksiyalarni turiga qarab
quyidagilarga tasniflanadi:
• vertikal yuzalar uchun, shu jumladan devorlar;
• gorizontal va yotiq yuzalar uchun, shu jumladan ora yopmalar;
• devor va ora yopmalarni bir vaqtni o’zida betonlash uchun;
• xona va aloxida kvartiralarni betonlash uchun;
•egri chiziqli yuzalarni betonlash uchun (bunda asosan pnevmatik qoliplardan foyda-laniladi).
Devorni betonlash uchun quyidagi ko’rinishdagi qoliplar qo’llaniladi: mayda shchitli, yirik shchitli, blok –forma, blokli va sirpanuvchi. Ora yopmalarni betonlash uchun mayda shchitli o’shlab turadigan elementlari bilan birgalikdagi qoliplardan va qolip yuzalari yagona qolip blokini tashkil etuvchi, kran bilan to’liq
ko’chirib o’rnatiladigan yirik shchitli qolipdan foydalaniladi.
5-bilet
1.G’ishtli devorlarni barpo etishni tashkil etish. Ko’p qavatli karkasli binolarda g’isht terishning asosiy usuli – oqim usulidir, uni asosiga quyidagi prinsiplar qo’yiladi:
• hamma ishlar majmuasini qamrov-yarus sistemasi bo’yicha bajarish;
• g’isht terishdagi majmuali jarayonni o’zining ixtisoslashgan zvenolariga ega tashkil etuvchi jarayonlarga bo’lish;
• doimiy tarkibli ixtisoslashgan zvenolarning jarayonlarni qamrov va yarus bo’yicha ketma-ket bajarishi;
• zvenolarni qamrovdan qamrovga oqim qadami deb atalmish bir xil oraliqdagi vaqtda o’tishlari;
• qamrovdagi montaj va g’isht ishlarni davomiyligini majburiy bog’lash.
Ko’p qavatli binolarni barpo etish jarayonini odatda majmuali (kompleks) brigada amalga oshiradi. Brigadadagi ishchilar soni va malakaviy tarkibi− ish fronti, qurilish muddati, qabul qilingan ishlarni bajarish usuliga, ishchi va mashinalarni mexnat unumdorligiga qarab aniqlanadi.
Majmuali brigada montajchilar, g’isht teruvchilar, duradgorlar, takelajchilar, transport ishchilaridan tashkil topadi. Montajchi yoki g’isht teruvchi zvenolar brigadada etakchi bo’lib, boshqa ixtisoslik zvenolari tarkibi etakchi zvenoni normal ishini ta’minlash nuqtai nazaridan komplektlashtiriladi. Majmuali brigada soni binoning konstruktiv xususiyati va ayniqsa terimga qarab 20 dan 40 odam gacha o’zgaradi.