1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji


Hajmiy qayta o’rnatiladigan qolip. Tunnel qolip



Yüklə 156,74 Kb.
səhifə5/48
tarix21.12.2023
ölçüsü156,74 Kb.
#188543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari monta-hozir.org

3.Hajmiy qayta o’rnatiladigan qolip. Tunnel qolip. Hajmiy-qayta o’rnatiladigan qolip (HQO’Q) ichki ko’ndalang devorlarni, ma’muriy va ko’p qavatli uy-joy binolarining qavatlar orayopmalarini bir vaqtda betonlashda qo’llaniladi. HQO’Q yirik o’lchamli qolip-blok ko’rinishda bo’lib, devor va orayopma qoliplarini o’z ichiga olgan, qaysikim ular montaj krani yordamida montaj qilinadi va boshqa joyga olib o’rnatiladi. Qolipning umumiy konstruktiv belgilari: • loyiha holatiga to’g’rilash va o’rnatish uchun mexanik domkratlar tizimining mavjudligi;
• seksiya qoliplarini montaji va demontajida siljitish uchun g’ildirakli tayanchlar;
• zarur fazoviy mustahkamlikni ta’minlaydigan hovonlar tizimi.
P-simon HQO’Q seksiyalar ko’rinishida eni 1,2; 1,5; 1,8 m (moduli 300mm) o’lchamlari 2,4…6,3 m va qadami 0,3 m bo’lgan oralik(prolet)lar uchun ishlab chiqilmoqda. Qolip qavat balandligi 2,8; 3,0 va 3,3 m va orayopma qalinligi 16 sm gacha bo’lgan hollarda qo’llaniladi. Qo’llaniladigan texnologiya va mavjud to’g’ri keladigan moslamalarga bog’liq holda hajmiy o’rnatiladigan qoliplarni demontaj qilishni bir nechta sxemalari mavjud:
• uzunligi 1,2...1,8 m bo’lgan mayda P-simon shaklidagi seksiyalarni avval tashqi so’ri ustiga chiqarib, so’ngra undan kran bilan ko’tarish;
• mayda seksiyalar bilan ularni tashqi devor chetiga g’ildiratib olib kelinadi va o’rdak burun traversa yordamida kran bilan boshqa joyga ko’chiriladi;
• mayda seksiyalar bilan betonlash davrida orayopmada qoldirilgan maxsus teshiklar orqali; • uzunligi 3...5 elementga to’g’ri keluvchi yirik G va P-simon shaklidagi bloklarni tashqi so’ri va taqsimlovchi ferma ko’rinishli traversalardan foydalanib, bunda bir vaqtning o’zida bloklar kran ilmog’iga traversalar yordamida ildiriladi va asta-sekinlik bilan betonlangan joydan g’ildiratib chiqariladi.

Tunnel qolip. Tunnelli qolipdan tunnel va kollektorlarni pardozlashda, yopiq usulda barpo etiladigan turar-joy va jamoat binolari konstruksiyalarini betonlashda foydalaniladi. Tunnel qolip gorizontal ko’chiriladigan qolipdan konstruktiv jihatidan kam farqlanadi. U o’z ichiga karkasga mahkamlangan panel shchitlarini olgan, qaysikim u qayd qiluvchi va qolipni ajratuvchi qurilmalar hamda qolipni yo’naltiruvchilar bo’ylab gorizontal ko’chishini ta’minlovchi mexanizmlar bilan ta’minlangan. Tunnel qoliplarni qoliplarni bo’ylama yo’nalish sxemasida ko’chirish maqsadga muvofiq bo’lgan binolarni (kasalxonalar, dam olish uylari, mehmonxonalar) barpo etishda ham qo’llash mumkin. Bu holatda qavatning barcha elementlarini, shuningdek, tashqi devorlarni ham barpo etish uzluksiz amalga oshiriladi. Qolipni siljitishda ichki devorlar uchun ko’ndalang tuynuklar (teshiklar) qoldiriladi, inventar yirik shchitli qolip o’rnatilgandan so’ng, bu teshiklar orqali betonlash amalga oshiriladi.

Yüklə 156,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin