1.Devori g’ishtli binolarni barpo etish va umumiy qoidalar. To’suvchi devor sifatida sun’iy va tabiiy toshlar keng qo’llaniladi. Bu xom ashyolar
zaxirasini ko’pligi va tosh konstruksiyalarni bir qator quyidagi ijobiy ekspluatatsion xususiyatlari bilan bog’liqdir: chidamlilik, mustaxkamlik tavsifi, ob-xavo ta’siriga va olovga chidamliligi, amalda turli ko’rinishdagi bino va inshootlarni barpo eta olish mumkinligi. G’ishtli devorlar xonalarning yuqori darajada germetizatsiyasini issiqdan asrash va tovushdan izolyasiya qilishni ta’minlaydi. G’isht me’moriy nuqtai nazardan shahar massivlarini umumiy ko’rinishini yanada ko’rkamlashtiradi. Bundan tashqari, g’ishtli uylar issiq, yozda esa eng shinamdir. G’ishtlar, ichki va tashqi yuk ko’taruvchi devorlarni va pardevorlarni, lift shaxtalari, ustunlarni, zina xona devorlari va hokazolarni barpo etishda keng foydalaniladi.
Ko’p qavatli karkasli binolarda g’ishtli tashqi devorlar yuk ko’taruvchi – ora yopmalardan gorizontal kuchlanishlarni qabul qiladigan; o’zini-o’zi ko’taradigan(to’suvchi) – temir yoki temirbeton karkasga maxkamlangan va faqat o’zini massasini ko’taradigan va osma – o’rama to’singa yoki lentali oynalarni ustiga tayanadigan bo’lishi mumkin. Osma devorlarda g’isht terimi faqat me’moriy maqsadga ega bo’lib, original va ko’rimlili fasad yaratishga qaratilgan.
2.Nol sikldagi ishlar tarkibiga quyidagilar. Nol siklidagi ishlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
• kotlovanni kavlab, asosini fundament (poydevor) uchun tozalash;
• suvni chiqarish va suv satxini kamaytirish;
• binoning yerosti qismini montaj qilish uchun tayyorgarlik ishlari – o’ziyurar kran uchun kuchaytirilgan asosni qurish;
• kovlangan kotlovanda poydevorlar o’qlarini rejalash;
• binoning yerosti qismini, shu jumladan poydevorni, poydevor to’sinlarini, yerto’la devorlarini montaj qilish;
• vodoprovod, kanalizatsiya, gazoprovod, issiqlik tarmog’i,suv oqib chiqishi, drenaj kanalizatsiyasi, telefon va elektrokabellarning yerosti kommunikatsiyalarini o’tkazish;
• pol qurish uchun betonli asosni tayyorlash;
• binoning yerosti qismi ustidan orayopmani montaj qilish;
• poydevorlar va yerto’la devorlarini gidroizolyatsiyalash;
• quyinlarga gruntni zichlashtirib qayta tukish;
• binoning yer ustki qismini montaj qilishga tayyorgarlik ishlari – kranosti yo’llarini kuchaytirilgan asosga o’rnatish va minorali kranni montaj qilish.
Nol sikli ishlari gruntqa ishlov berish texnologiyalariga va yer inshootlarining turli xildagi, shakldagi va kunduzgi sirtga nisbatan joylashgan turlariga asoslanadi. Mazkur darslikda bu texnologiyalar mufassal ko’rib chiqilmaydi, chunki u avvalgi “Qurilish jarayonlari texnologiyasi” kursida ancha katta hajmni egallaydi.
Binoning yer osti qismi unga zarur barcha kirishlar bilan barpo etilganda, binoning yer ustki qismini ortiqcha kavlashlarsiz qurishni va uni foydalanishga topshirishni ta’minlanganida nol sikli ishlari tugallangan hisoblanadi. Nol ishlarning qiymati o’rtacha qurilishning umumiy qiymatining 20 % gacha qismini, mehnat sarflari esa umumiy mehnat harajatlarining 30 % gachasini tashkil etadi.