3.Binolarni ajratib-qayta o’rnatiladigan qoliplarni barpo etish. Ajratib-qayta o’rnatiladigan qoliplar ikki turli bo’ladi: kichik shchitli va yirik shchitli. Kichik shchitlarni qo’l bilan bilan o’rnatish mumkin, yirik shchitli qoliplarni o’rnatishda montaj krani talab etiladi. Zamonaviy qolip sistemalari poydevorlar, ustunlar, rigellar, devorlar, ora yopmalar va binolarning boshqa konstruktiv elementlarini betonlash uchun qo’llanilishi mumkin.
14-variant 1.Binolarni gorizontal siljiydigan qoliplarda barpo etish. G’ildirab gorizontal ko’chiriladigan qolip (G’GKQ) – bu quyilgan beton etarli mustahkamlikka erishgach, davriy ravishda gorizontal yo’nalishda ko’chiriladigan qolipdir. U asosan ochiq usulda barpo etiladigan katta uzunlikka ega to’g’ri chiziqli inshootlarni, qaysiki bu inshootlar o’zgarmas ko’ndalang kesimli yuzaga va yacheyka-bo’linmalarida takrorlanadigan tipovoy (namunaviy) elementlari ko’p (tirgak devorlar, tunnellar va kollektorlar er osti inshootlari va kommunikatsiyalari uchun) bo’lgan hollarda qo’llaniladi. Inshootning turi va hajmiy-rejalashtirish echimiga bog’liq holda g’ildirab gorizontal ko’chiriladigan qolip (G’GKQ) o’ziga xos texnologik jihatlarga ega, biroq to’liq holda asosiy konstruktiv echimi o’zgarmaydi. Bu turdagi qolipni asosiy mohiyati, betonlashni uzluksiz (kichik tanaffuslar bo’lishi mumkin) tashkil etishdadir. Texnologiyaningikki xil varianti bo’lishi mumkin: qolip shchitlarining barpoetilayotgan (betonlanayotgan) konstruksiya sirti bo’ylab uzluksiz siljishi va avvalgi qamrovdagi shchitlarni oldindan betondan ajratish hamda ularni ketma-ket qayta o’rnatish. Zamonaviy turdagi qoliplarda qolip shchitlarini betonlanayotgan konstruksiyaning bo’ylama o’qi bo’yicha siljitish, vertikal bo’yicha pog’onalab (yaruslab) betonlash uchun ko’tarish va betonlanayotgan sirtning qiyaligini to’g’rilash kabi imkonlar mavjud. CHiziqli katta uzunlikdagi inshootlarni (mas. kollektorlar) betonlashda qo’llaniladigan G’GKQ ichki va tashqi qismlardan iboratdir. Qolipning ichki ost qismi relsli yo’lga
o’rnatilgan inventar qoliplarni ko’tarishga mo’ljallangan aravacha (telejka) va unga mahkamlangan ikki xil ko’taruvchiqurilmalar −domkratlardan (ko’taruvchi-tushiruvchi tayanchli) iborat. Ko’chiriladigan aravachada ichki yon tomon qolip shchitlarini loyiha holatiga o’rnatish uchun gorizontal domkratlar mavjud. Xuddi shuningdek, aravachaga vint domkratli markaziy tirgaklar o’rnatilgan bo’lib, ular qolipni vertikal tekislik bo’yicha siljishiga imkon yaratadi.