2.Binoda bajariladigan ishlarni parallel usulda olib borish. Parallel usulda bir paytning o’zida alohida binoda turli ishlar bajariladi yoki bir tipli binolar bir paytda barpo etiladi. Har bir ko’rilayotgan ob’ektda mustaqil ish yuritadigan brigada ishlaydi. Ideal holatda brigadalar bir paytda ishni boshlab va bir paytda binolarni barpo etishni to’gatadilar. Parallel usulda, alohida binoni barpo etish muddati jami ishlarni bajarish muddatiga teng, ammo bu usulda bir paytda ishlaydigan ishchilarga bo’lgan talab m martaga (shu turdagi ishlar va ishchilar brigadasi soni) oshadi. Bir xil tipdagi binolar kompleksini parallel usulda barpo etganda, inson resurslarini jalb etish va qurilish muddati yuqorida keltirilgan sxemaga o’xshash bo’ladi.
3.Binoning yer ustki qismini barpo etish uchun IBL(ishlarni bajarish loyihasi)ning tarkibi. Ishlarni bajarish loyihasini variantlash asosida ishlab chiqish kerak, ya’ni asosiy qarorlarning variantlarini samaradorligini solishtirgan holda. Qurilish texnologiyalarini loyihalaganda echiladigan masalalar:
• ilg’or qurilish konstruksiyalarini qo’llash;
• jihozlar va ishchilarni bir maromda yuklagan holda ishni oqim usulida tashkil etish;
• qurilishni tashkil etishning ilg’or usullarini ishlab chiqish;
• qurilish ishlarini bajarganda ilg’or texnologiya va usullarni qo’llash, bino karkasini barpo etishdagi ishlarni umumqurilish ishlari bilan bilan birgalikda qo’shib olib borish;
• ishlarni bajarishning samarali mexanizatsiya vositalari va qo’l mehnatini qisqartirish uchun majmuali mexanizatsiyalash;
• ob’ektlarni konstruksiyalar bilan komplektlashning samarali sxemalari;
• konstruksiyalarni keltirish va joylashtirishning oqilona echimlari;
• konstruksiyalarni yiriklashtirib yig’ish maydonchasini jihozlash;
• ishlarni bajarishda uzluksizlikni ta’minlash va behuda texnologik tanaffuslarga yo’l
qo’ymaslik;
• ishlarni bajarishning barcha bosqichlarida inshootning mustahkamligi va turg’unligini ta’minlash;
• mashina va mexanizmlarni energoresurs va suv bilan ta’minlash;
• ratsional va universal montaj uskunalarini qo’llash;
• kichik mexanizatsiya vositalarini keng qo’llash;
•zamonaviy ko’chma, konteynerli va yig’ma turdagi xizmat xonalari kabi vaqtinchalik inshootlarini qo’llash;
• ob’ekt qoshidagi omborlar soni va yuzasini qisqartirish;
• transport vositalaridan montaj qilish;
• karkasni barpo etish va bir vaqtda bajariladigan ishlarni 2...3 smenada tashkil etish;
• ishchilarni xavfsiz mehnati va dam olish normal sharoitini ta’minlash;