3.Binolarni ajratib-qayta o’rnatiladigan qoliplarda barpo etish. Ajratib-qayta o’rnatiladigan qoliplar ikki turli bo’ladi: kichik shchitli va yirik shchitli. Kichik shchitlarni qo’l bilan bilan o’rnatish mumkin, yirik shchitli qoliplarni o’rnatishda montaj krani talab etiladi. Zamonaviy qolip sistemalari poydevorlar, ustunlar, rigellar, devorlar, ora yopmalar va binolarning boshqa konstruktiv elementlarini betonlash uchun qo’llanilishi mumkin.
19-variant 1.Po’lat va aralash karkasli binolarni montaj qilish. Karkas balandligi 200 m va undan baland, umumiy massasi esa − o’n ming tonnadan ko’p bo’lishi mumkin. O’ta baland binoni po’lat karkasi ustunlar va ikki yo’nalish bo’yicha bikir payvandlik tugunlari bilan rama sistemalariga birlashtirilgan, vertikal va gorizontal (shamol) yuklarini qabul qiluvchi rigellardan iborat. Temir ustunlar payvandlangan, iloji boricha standart prokat profillardan tayyorlanadi. Eng ko’p uchraydigan yuzalar – qo’shtavrli, kvadratli va xochli. Ustunning qisqa yon tomoni odatda frezalanadi. Po’lat ustunlarni tutashuv joylari frezalangan tomonlari bilan
bajariladi. Ustunlarni tutashuv joylari boltlar bilan mahkamlangandan va to’g’rilangandan so’ng kontur bo’ylab payvandlanadi. Karkas ustunlarining tutashuv joylari xar qaysi ikki, uch yoki to’rt qavatdan keyin bir sathda va montaj birikmalari ishlarini bajarish qo’lay bo’lishi uchun yopma sathidan 80...120 sm balandlikda joylashtiriladi. Po’lat karkasni chidamliligini va olovga bardosh berishligini ta’minlash uchun u armaturalanadi va beton bilan qoplanadi, bu o’z navbatida betonni siqilishga ishlashi hisobiga metall sarfini kamaytiradi. Po’lat karkasning rigellari odatda yuza qirqimi qo’shtavrli, payvandlangan, kengaytirilgan pastki tokchaga ega bo’lib, unga qavatlar aro yopmalarning plitalari o’rnatiladi. Karkasning qavatlar ora yopmalari qo’yidagi ayrim qismlardan tuzilishi mumkin: • bosh (asosiy) va ikkinchi darajali (yordamchi) to’sinlardan (binoning karkasi po’latli bo’lganda) va ular ustiga o’rnatiladigan yig’ma plitalar yoki betonlangan monolit yopmalar;
• faqat tokchasi kengaytirilgan bosh to’sinlardan (rigellardan)va ularga o’rnatiladigan yig’ma temirbeton yopmalardan;
• faqat ustunlar o’qi bo’ylab o’rnatiladigan tirkaladigan temirbeton plitalardan, qo’shni oraliq plitalari qo’yma detallari bilan payvandlash uchun va rigellardan;
• unifikatsiyalashgan, engillashtirilgan, yoki po’lat yoki temirbetonli rigellarni yon o’yiqlariga bemalol o’rnatiladigan ko’p bo’shliqli qavatlararo yopmalardan, lekin ular qo’yma detallar yo’qligi uchun payvandlanmaydi.