2.Montaj davrida karkas turg’unligini ta’minlash. Ko’p qavatli bino konstruksiyalarini montaji quyidagi qoidaga qat’iy rioya qilishni talab qiladi: pastdagi yarus konstruksiyalari to’g’rilanib va ishonchli maxkamlanmasdan turib navbatdagi yarus konstruksiyalarni o’rnatishga kirishish mumkin emas. Bu talab binoni barpo etish davrida mustahkamligi va turg’unligini ta’minlash uchun qaratilgan. Karkasni kran bilan 5 ... 6 qavat balandlikka yig’ish jarayonida, quyidagi talablar bajarilgan bo’lishi kerak:
• karkaslarni montaj qilish jarayonida ularni turg’unligi IBL da tavsiya etilgan ketma-ketlikda tekshiriladi;
• orayopmalarni tutashgan joylaridagi beton qorishmasi mustaxkamlikni egallaguncha, ustunlar orasiga vaqtinchalik bog’lag’ichlar o’rnatiladi.
• vertikal bog’lagichlar, rigellarni ustunlar bilan ramali birikish tugunlari loyihaviy holatida mahkamlanadi;
• binoning umumiy turg’unligini ta’minlovchi bikirli qavatlar ora yopmalarni qurish
bajarilgan bo’lishi kerak;
• karkasni aloxida elementlari va tugunlarini mustaxkamligi o’zini-o’zi ko’taradigan va karkasga tayanidigan tirkama( bino yoniga o’rnatilgan) kranlardan tushadigan yukka tekshiriladi.
Binoning po’lat karkasini montajini yaruslar bo’yicha bajarish kerak – birinchi navbatda bikirlik yadrosini xamma elementlari montaj qilinadi va to’g’riligi sinchiklab tekshiriladi. Ustunlarni montaj qilishdagi vaqtincha maxkamlash konduktorlar yordamida yoki inventar tortqilar yordamida bajariladi. Ular doimiy loyihaviy bog’lamalar bilan mahkamlagunga qadar ustunlar turg’unligini ta’minlaydi. Agarda loyixada nazarda tutilgan bog’lamalar kam bo’lsa, karkasni turg’unligini ta’minlash uchun, vaqtinchalik bog’lamalar o’rnatiladi. Ustunlarni loyihaviy mahkamlash yacheyka elementlari – rigellar bilan bog’langan to’rtta ustunni montaji va to’g’rilanganidan so’ng birdaniga bajariladi.
3.Beton ishlarini mexanizatsiyalash. Beton qorishmasi beton zavodlarida tayyorlanadi. Agarda ob’ektga, bir oyda 3000 m3 ortiq beton zarur bo’lsa unda qurilish maydonini o’zida beton zavodini qurish iqtisodiy maqsadga muvofiqdir.