3.Ishlarni oqim usulida bajarish. Ketma-ket usulda alohida binoni barpo etishda ishchilar brigadasi har bir keyingi ishni oldingi ish to’gagandan so’ng boshlaydi. Demak, bino qurilishining umumiy davomiyligi alohida ishlar bajarilish davomiyliklarining yig’indisidan iborat, ya’ni bu holatda ob’ektdagi ishlarni bajarish uchun kam miqdordagi ishchilar etarlidir. Bir tipdagi binolar ketma-ket qurilganda, ya’ni har bir keyingi bino oldingisi qurilgandan so’ng boshlansa, binolarni qurayotgan yagona brigada ketma-ket qurilgan binodan yangi qurilishi boshlangan binoga o’tadi. Bu usulda, binolar kompleksi (majmuasi)ning umumiy qurilish davomiyligi bir bino qurilishi davomiyligini binolar sonini ko’paytmasiga teng bo’ladi, ammo bu holatda, bir bino qurilishidagidek o’zoq vaqt bir erda harakatda bo’lganiga nisbatan kam ishchilar soni kerak bo’ladi.
Parallel usuldabir paytning o’zida alohida binoda turli ishlar bajariladi yoki bir tipli binolar bir paytda barpo etiladi. Har bir ko’rilayotgan ob’ektda mustaqil ish yuritadigan brigada ishlaydi. Ideal holatda brigadalar bir paytda ishni boshlab va bir paytda binolarni barpo etishni to’gatadilar. Parallel usulda, alohida binoni barpo etish muddati jami ishlarni bajarish muddatiga teng, ammo bu usulda bir paytda ishlaydigan ishchilarga bo’lgan talab m martaga (shu turdagi ishlar va ishchilar brigadasi soni) oshadi. Bir xil tipdagi binolar kompleksini parallel usulda barpo etganda, inson resurslarini jalb etish va qurilish muddati yuqorida keltirilgan sxemaga o’xshash bo’ladi.
Qurilishning oqim usuli o’zida ketma-ket va parallel usullarining yutuqlarini aks ettirib ularning kamchiliklarini bartaraf etadi. Bu usulda qurilishni umumiy davomiyligi ketma-ket usuldagidan ancha kam, shuningdek, ishchilardan foydalanish intensivligi parallel usuldagidan kamroq.
17-variant 1.Sanoat binolarinining hajmiy-rejaviy yechimlari. Ishlarni bajarish ketma-ketligi. Sanoat binolarining xajmiy- rejaviy echimlari. Amalda ko’pincha to’liq yig’ma holatda maydoni 3...20 ming m2 gacha bo’lgan bir qavatli sanoat binolari ko’p uchraydi. Ular kransiz yoki elektr tokida ishlaydigan ko’priksimon kranlar bilan jihozlangan bo’lishi mumkin. Binoning oraliqlari 12, 18, 24 va 30 m, ustun qadamlari 6 va 12 m, binoni balandligi 8,4 m dan 18 m gacha bo’ladi. Yig’ma elementlarning massasi 2,5 t dan 33 t gacha bo’ladi. Bino bir xil tipdagi yacheykalari, konstruksiyalari, bo’ylama hamda ko’ndalang yo’nalishlar bo’ylab katta o’lchamlarga egaligi bilan ajralib turadi. Binolarning universal hajmiy-rejaviy va konstruktiv echimlari ishlab chiqilgan bo’lib, ular industrial montaj qilish uslublarini qo’llash imkoniyatini beradi. Bino parametri va gabarit sxemalarining o’zaro bog’liqligi chegaralangan. Oraliq o’lchamlari o’zaro ma’lum balandlik va ustunlar qadami, kranlarni ustki gabaritlariga bog’liq bo’ladi. Bir qavatli sanoat binosi karkasining elementlari, to’suvchi va tomyopma konstruksiyalarining o’lchamlari nominal yiriklashtirilgan modulga karrali bo’lib reja bo’yicha – 6 m, balandlik bo’yicha – 1,2 m ni tashkil etadi. ISHLARNI BAJARISH KETMA-KETLIGI. Bir qavatli sanoat binolari odatda zavodlarda seriyali tayyorlangan tipovoy (namunaviy) yig’ma temir beton elementlaridan montaj qilinadi. Bir qavatli binolarning yig’ma konstruksiyalari to’suvchi va yuk ko’taruvchi turlarga bo’linadi. YUk ko’taruvchi konstruksiyalarga – yig’ma poydevorlar, ustunlar, kran osti to’sinlari, stropila va stropilaosti fermasi, to’suvchilariga esa – tomyopma plitasi, kamar – to’sin va devor panellari kiradi. Oraliqlari 30 m va undan katta bo’lganda metall fermalar qo’llanilib, kichik oraliqdagi binolar arkasimon, segmentli va paralel belbog’li temir-beton fermalar bilan yopilishi mumkin. SHuni ta’kidlash kerakkim temirbeton karkasli binolarni barpo etishdagi mehnat sarfi uxshash metal konstruksiyali binolarga qaraganda ancha yuqoridir. Yig’ma temir betonli binolarni elementlari bittalab montaj qilinadi, chunki ularning tutashuv joylari murakkabligi tufayli fazoviy bloklariga biriktirib, yiriklashtirilmaydi, chunki temirbeton blokining massasi, xuddi shunday metall blokka nisbatan 3 ... 5 marta og’ir bo’ladi.