3.Baland binolarni barpo etish. Umumiy qoidalar. O’ta baland binolar (17 qavatdan baland) ko’p xolatlarda ixcham, rejada o’lchamlari katta bo’lmagan, ko’p seksiyali bo’ladi. Bu turdagi binolarni, bino yoniga o’rnatiladigan, yuradigan va o’zini-o’zi ko’taradigan minorali kranlardan foydalanib o’stirish usuli bilan barpo etiladi. O’ta baland binolarning konstruktiv asosi po’latli, temir betonli yoki bikirlik yadrosi yoki tekis diafragmali bog’lamalarga ega aralash karkas bo’ladi. Bino karkasi temirbetonli yoki metalli bo’lib, ammo betonlangan bo’lsa, keyingi yarusni montaji pastki yarusdagi ustunlar tutashuv joylari berkitilgandan va tutashuv joyidagi beton markadagi 70% mustaxkamlikka erishgandan keyingina mumkin. Ko’pchilik o’ta baland binolarda binoning tutashib turadigan qismlaridan gorizontal yuklarni qabul qiluvchi va butun binoni montaj va foydalanish jarayonida turg’unligini va fazoviy bikirligini ta’minlovchi bikirlik yadrosi bo’ladi. Ba’zi binolarda avval bikirlik yadrosi montaj qilinadi, misol uchun loyixa belgisigacha lift shaxtasi montaj qilinadi, so’ng binoning qolgan konstruktiv elementlari barpo etiladi. Konstruktiv o’ziga xosligi va texnologik shartlari bo’yicha bikirlik yadrosini betonlash karkas montajidan orqada qolishi mumkin. Bu orqada qolish ruxsat etiladi, qachonki montaj qilingan konstruksiyalar shu zaxoti payvandlansa va betonlansa, va shu bilan tutashgan joylardagi beton qorishmasini mustaxkamligini 70% erishishi ta’minlanadi. Montajni bikirlik yadrosini betonlashdan ilgarilab ketishi 8 qavatdan oshmasligi kerak, bunda asosiy shart karkas vaqtincha vertikal va qiya bog’lagichlar bilan maxkamlangan bo’lishi kerak.
Odatda qavatlararo yopmalar yirik panelli elementlardan, ayrim hollarda yig’ma-monolit variantlarda bajarilishi mumkin.
23-variant 1.Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji. Amalda ko’pincha to’liq yig’ma holatda maydoni 3...20 ming m2 gacha bo’lgan bir qavatli sanoat binolari ko’p uchraydi. Ular kransiz yoki elektr tokida ishlaydigan ko’priksimon kranlar bilan jihozlangan bo’lishi mumkin. Binoning oraliqlari 12, 18, 24 va 30 m, ustun qadamlari 6 va 12 m, binoni balandligi 8,4 m dan 18 m gacha bo’ladi. Yig’ma elementlarning massasi 2,5 t dan 33 t gacha bo’ladi. Bino bir xil tipdagi yacheykalari, konstruksiyalari, bo’ylama hamda ko’ndalang yo’nalishlar bo’ylab katta o’lchamlarga egaligi bilan ajralib turadi.
Bir qavatli sanoat binolarining asosiy afzalligi – nisbatan arzonligi, texnologik uskunalardan yukni to’g’ridan-to’g’ri gruntga uzatishi, ustunlar to’rini siyrak xillarini qo’llash mumkinligidir. Bunday binolar asosan planda to’g’ri to’rtburchak shaklda qurilib, balandlik bo’yicha bir xil, oraliqlari bir yo’nalishda bo’ladi. Bir qavatli sanoat binosi karkasining elementlari, to’suvchi va tomyopma konstruksiyalarining o’lchamlari nominal yiriklashtirilgan modulga karrali bo’lib reja bo’yicha – 6 m, balandlik bo’yicha – 1,2 m ni tashkil etadi.
Bir qavatli sanoat binolari odatda zavodlarda seriyali tayyorlangan tipovoy (namunaviy) yig’ma temir beton elementlaridan montaj qilinadi. Bir qavatli binolarning yig’ma konstruksiyalari to’suvchi va yuk ko’taruvchi turlarga bo’linadi. YUk ko’taruvchi konstruksiyalarga – yig’ma poydevorlar, ustunlar, kran osti to’sinlari, stropila va stropilaosti fermasi, to’suvchilariga esa – tomyopma plitasi, kamar – to’sin va devor panellari kiradi.