1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə46/48
tarix12.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#111840
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari monta

Qoliplarning asosiy turlari
Qoliplar funksional vazifasi bo’yicha betonlanayotgan konstruksiyalarni turiga qarab
quyidagilarga tasniflanadi:
• vertikal yuzalar uchun, shu jumladan devorlar;
• gorizontal va yotiq yuzalar uchun, shu jumladan ora yopmalar;
• devor va ora yopmalarni bir vaqtni o’zida betonlash uchun;
• xona va aloxida kvartiralarni betonlash uchun;
•egri chiziqli yuzalarni betonlash uchun (bunda asosan pnevmatik qoliplardan foyda-laniladi). Devorni betonlash uchun quyidagi ko’rinishdagi qoliplar qo’llaniladi: mayda shchitli, yirik shchitli, blok –forma, blokli va sirpanuvchi. Ora yopmalarni betonlash uchun mayda shchitli o’shlab turadigan elementlari bilan birgalikdagi qoliplardan va qolip yuzalari yagona qolip blokini tashkil etuvchi, kran bilan to’liq
ko’chirib o’rnatiladigan yirik shchitli qolipdan foydalaniladi.
24-variant
2.Montaj davrida karkas turg’unligini ta’minlash.
Ko’p qavatli bino konstruksiyalarini montaji quyidagi qoidaga qat’iy rioya qilishni talab qiladi: pastdagi yarus konstruksiyalari to’g’rilanib va ishonchli maxkamlanmasdan turib navbatdagi yarus konstruksiyalarni o’rnatishga kirishish mumkin emas. Bu talab binoni barpo etish davrida mustahkamligi va turg’unligini ta’minlash uchun qaratilgan. Karkasni kran bilan 5 ... 6 qavat balandlikka yig’ish jarayonida, quyidagi talablar bajarilgan bo’lishi kerak:
• karkaslarni montaj qilish jarayonida ularni turg’unligi IBL da tavsiya etilgan ketma-ketlikda tekshiriladi;
• orayopmalarni tutashgan joylaridagi beton qorishmasi mustaxkamlikni egallaguncha, ustunlar orasiga vaqtinchalik bog’lag’ichlar o’rnatiladi.
• vertikal bog’lagichlar, rigellarni ustunlar bilan ramali birikish tugunlari loyihaviy holatida mahkamlanadi;
• binoning umumiy turg’unligini ta’minlovchi bikirli qavatlar ora yopmalarni qurish
bajarilgan bo’lishi kerak;
• karkasni aloxida elementlari va tugunlarini mustaxkamligi o’zini-o’zi ko’taradigan va karkasga tayanidigan tirkama( bino yoniga o’rnatilgan) kranlardan tushadigan yukka tekshiriladi.
Binoning po’lat karkasini montajini yaruslar bo’yicha bajarish kerak – birinchi navbatda bikirlik yadrosini xamma elementlari montaj qilinadi va to’g’riligi sinchiklab tekshiriladi. Ustunlarni montaj qilishdagi vaqtincha maxkamlash konduktorlar yordamida yoki inventar tortqilar yordamida bajariladi. Ular doimiy loyihaviy bog’lamalar bilan mahkamlagunga qadar ustunlar turg’unligini ta’minlaydi. Agarda loyixada nazarda tutilgan bog’lamalar kam bo’lsa, karkasni turg’unligini ta’minlash uchun, vaqtinchalik bog’lamalar o’rnatiladi. Ustunlarni loyihaviy mahkamlash yacheyka elementlari – rigellar bilan bog’langan to’rtta ustunni montaji va to’g’rilanganidan so’ng birdaniga bajariladi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin