26-variant
1. Kimyoviy elementlar davriy
jadvalining oltinchi guruh bosh guruhchasi (kislorod guruhchasi)da kislorod, oltingugurt, selen, tellur va
poloniy elementlari joylashgan (Poloniy radioaktiv element bo‘lganligidan uning xossalarini radiokimyoda batafsil o‘rganiladi).Kislorod guruhchasi
elementlarining tashqi energetik pog‘onasida oltitadan elektron bor. Shu sababli bu elementlar o‘zlarining tashqi energetik qavatlarini tugal holatga
ya’ni sakkizta elektronli holatga keltirish uchun ikkita elektron qabul qilib oladi, natijada -2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Kislorod ftorli
birikmasi OF
2
da +2, vodorod peroksid H
2
O
2
da -1 bo‘ladi. Qolgan barcha birikmalarda -2 oksidlanish darajasida bo‘ladi. Oltingugurt, selen va
tellurlarning tashqi energetik pog‘onasida bo‘sh xoldagi d orbitallar mavjud. Tashqi qobiqdagi juftlashgan p va s elektronlarning bittadan d-
orbitallarga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: