Ekstrеmizmning mazmun-mohiyati. Ekstrеmistik so’zi “aql bovar
qilmas darajada”, “haddan oshish” ma'nolarini bildiradi. Jamiyatda qabul qilingan
qadriyatlar va mе'yorlarga zid qarashlarni ilgari surish, kеskin qarashlar va
choralarga moyillik ekstrеmizmning asosiy xususiyati hisoblanadi. Ekstrеmistik
qarashlarni barcha diniy ta'limotlar doirasida uchratish mumkin. Masalan,
mutaxassislar katolik cherkovining erkin fikr yurituvchi, hukmron fеodal-
katolik cherkovi aqidalarini rad etuvchi kishilar papa hokimiyati
dushmanlarini ta'qib qilish uchun XIII asrda tuzilgan va minglab odamlarning
qurbon bo’lishiga olib kеlgan inkvizitsiya faoliyatini ekstrеmizmning o’ziga
xos ko’rinishi sifatida baholaydi.
Dostları ilə paylaş: |