Vijdon erkinligi-ijtimoiy-falsafiy tushuncha; har kimning o'z e'tiqodiga ko'ra,
mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy me'yorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani
bo'yicha yashash, ishlash imkoniyati. Bunda dinga munosabat masalaning bir
tomoni
hisoblanadi.
Siyosiy
jihatdan
Vijdon
erkinligiga
demokratiya
ko'rinishlaridan biri sifatida qaraladi.
Yuridik nuqtai nazardan Vijdon erkinligi insonning asosiy shaxsiy
huquqlari sirasiga kiradi va demokratik erkinliklardan biri hisoblanadi.
O'zbekistonda u O'zR Konstitutsiyasida, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to'g'risida"gi qonunda (1991 y. 14 iyunda qabul qilingan, 1998 y. 1 mayda yangi
tahriri tasdiqlangan) nazarda tutilgan. Konstitutsiyaga ko'ra, "hamma uchun vijdon
erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi
dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega" (31-modda). O'zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi bo'yicha, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi.
Dinga e'tiqod qilish yoki o‘zga e'tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va
jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va
erkinliklarini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanishi mumkin.
Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, fuqarolarning diniy e'tiqodga bo‘lgan erkinliklarini
ta'minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy normalar ijtimoiy voqelikda o‘zining
ifodasini topib kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: |