«Kibermakon» tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. Kibermakon
kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydonini ifodalovchi
voqelik sifatida 1990 yildan boshlab keng miqyosida rivojlanib, takomillashib
kelmoqda. Kibermakon tushunchasini dastlab kanadalik yozuvchi Uilyam Gibson
1982 yil «
Sojjeniye Xrom
» («
Burning Chrome
») nomli hikoyasida yozadi.
Keyinchalik, Gibsonning 1990 yilda yozib tugatgan «Neuromancer» («Asabli
manzaralar tasvirlovchisi», «Nervo-sochinitel») nomli texno-utopik fantastik
trilogiyasida qo’llagan. Bu asardagi kibermakon tushunchasi millionlab
odamlarning jamoaviy sarob, xayolparastlikning o’ziga xos ko’rinishi sifatida
tasvirlangan.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning
«Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch» asarida quyidagicha ta’kidlangan:
«Taassufki, ba’zan islom dini va diniy aqidaparastlik tushunchalarini bir-biridan
farqlay olmaslik yoki g’arazli maqsadda ularni teng qo’yish kabi holatlar ham
ko’zga tashlanmoqda. SHu bilan birga, islom dinini niqob qilib, manfur ishlarni
amalga oshirayotgan mutaassib kuchlar hali ongi shakllanib ulgurmagan, tajribasiz,
g’o’r yoshlarni o’z tuzog’iga ilintirib, bosh-ko’zini aylantirib, ulardan o’zining
nopok maqsadlari yo’lida foydalanmoqda. Bunday nojo’ya harakatlar avvalo
muqaddas dinimizning sha’niga dog’ bo’lishini, oxir-oqibatda esa ma’naviy
hayotimizga salbiy ta’sir ko’rsatishini barchamiz chuqur anglab olishimiz va
shundan xulosa chiqarishimiz zarur».