1. Voleybol turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazish va hakamlik qilish.(2 soat)



Yüklə 105,85 Kb.
səhifə11/15
tarix19.06.2023
ölçüsü105,85 Kb.
#132765
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
8-seminar Voleybol o‘yini bo\'yicha musobaqalar o\'tkazish va hakamlik

To‘siq.
To‘siq qo‘yish. – to‘r yaqinida raqib tomonidan o‘tkazilayotgan to‘p (zarba, uzatish, aldash) yo‘nalishini sakrab to‘sish yoki raqib tomoniga qaytarish demakdir.To‘siq qo‘yish faqat oldingi chiziq o‘yinchilari ishtirokida amalga oshiriladi.To‘siq qo‘yishga intilish – bu to‘siq qo‘yish uchun qo‘llarni to‘p ustiga chiqarganda to‘pning qo‘lga tegmagan holatdir.To‘siq qo‘yilgan deb to‘pning to‘siq qo‘ygan o‘yinchi qo‘llariga tekkanligiga aytiladi.
Guruh bo‘lib to‘siq qo‘yish. Guruh bo‘lib to‘siq qo‘yishda ikki yoki uch o‘yinchi bir-biriga yaqin joylashgan holda ishtirok etadi. Agar bu o‘yinchilarning birortasi to‘pga tegsa, to‘siq qo‘yildi, deb hisoblanadi.
To‘siq qo‘yishda to‘pning to‘siqqa tegishi. To‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilarning bittasi yoki bir nechtasiga bir vaqtning o‘zida tegishi mumkin. Bu holda to‘p to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchi tanasining xohlagan qismiga tegishi mumkin.
To‘siqning raqib tomonida qo‘yilishi. To‘siq qo‘yish raqib o‘yinchisining o‘yiniga xalaqit bermagan holda raqib tomonida ijro etilishi mumkin. Raqib hujum zarbasini ijro etmasdan oldin to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilar to‘pga tegmasliklari kerak.
To‘siq qo‘yish va jamoaning zarbasi. To‘siq qo‘yishda to‘pning to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilar qo‘liga (tanasiga) tegishi ularning zarbasi deb hisoblanmaydi. Binobarin, to‘p to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilar qo‘liga (tanasiga) tekkandan so‘ng jamoaga yana uch marta o‘ynash imkoniyati beriladi.To‘siq qo‘yilgandan so‘ng to‘p bilan birinchi o‘ynashni istalgan o‘yinchi ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
Kiritilayotgan to‘pga to‘siq qo‘yish. Kiritilayotgan to‘pga to‘siq qo‘yish mumkin emas.
To‘siq qo‘yishdagi xatolar:
- agar to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchi raqib tomoniga qo‘llarini o‘tkazib, to‘pga raqibdan oldin yoki u bilan bir vaqtda tegsa;
- agar orqa chiziq o‘yinchisi to‘siqda ishtirok etsa;
- raqib tomonidan kiritilayotgan to‘pga to‘siq qo‘yilsa;
- to‘siqdan to‘p maydon tashqarisiga tushsa;
- maydonni chegaralovchi to‘r ustidagi antennadan tashqari bo‘shliqda to‘siq qo‘yilsa;
- agar libero o‘zi yoki guruh tarkibida to‘siq qo‘ysa.

2.3.6.Tanaffuslar va to‘xtalishlar


O‘yindagi tanaffuslar. O‘yindagi tanaffuslar TAYM-AUT va o‘yinchilarni almashtirishga ketgan vaqtlardan iborat.
O‘yindagi tanaffuslar soni. O‘yindagi tanaffuslar soni ikkita taym-aut va har partiya 6 tagacha o‘yinchi almashtirishga ketadigan vaqtdan iborat.
Tanaffusni talab qilish. Tanaffuslar faqat murabbiy yoki jamoa sardori tomonidan talab qilinishi mumkin. Talab qilingan tanaffus to‘p o‘yindan chiqqanda yoki to‘pni o‘yinga kiritishdan avval beriladi.O‘yinchini almashtirish haqidagi talab partya boshlanishidan avval ham qondiriladi.
Tanaffuslarning ketma-ketligi. Bir vaqtning o‘zida 2 ta taym-aut va bir o‘yinchini almashtirish haqidagi talab ketma-ket o‘yinni tiklanmasdan qondirilishi mumkin.Bir tanaffus davomida ikki yoki undan ko‘p o‘yinchi almashtirilishi mumkin.
Taym-autlar va texnik taym-autlar. Taym-aut (tanaffus) 30 soniya davom etadi.FIVBning jahon miqyosidagi musobaqalarida taym-autlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
I-IV partiyalarda 2 ta 60 soniyali “texnik taym-aut”lar beriladi. Bu tanaffuslar jamoalardan biri 8 va 16 ochko to‘plaganda avtomatik ravishda beriladi.Hal qiluvchi (V-partiya) partiyada “texnik taym-aut”lar berilmaydi. Bu partiyada har bir jamoa 2 ta 30 soniyali tanaffus talab qilishi mumkin.Ikki to‘pdagi “taym-aut” tanaffuslari vaqtida jamoalar o‘yinchilari o‘rindiqlarida bo‘lishlari kerak.
O‘yinchi almashtirish. O‘yinchini almashtirish maxsus belgilangan joyda amalga oshirilishi kerak.O‘yinchini almashtirishga ajratiladigan vaqt jarayonni o‘yin bayonnomasiga yozish, zahiradagi o‘yinchining maydonga kirishi va maydondagi o‘yinchining o‘yindan chiqishiga ketgan vaqt bilan o‘lchanadi.O‘yinchini almashtirish to‘g‘risidagi talab vaqtida maydonga kiruvchi o‘yinchi tayyor bo‘lishi va murabbiyning oldida bo‘lishi kerak.Agar ushbu shartlarga rioya qilinmasa, o‘yinchini almashtirish bekor qilinadi, jamoa esa o‘yinni cho‘zgani uchun jazolanadi.
FIVB jahon miqyosidagi musobaqalarida o‘yinchini almashtirish jarayonini osonlashtirish maqsadida o‘yinchilar raqamlari yozilgan dastak-taxtachalardan foydalaniladi.Agar murabbiy bittadan ortiq o‘yinchini almashtirish istagini bildirsa, u almashtiradigan o‘yinchilar sonini ko‘rsatishi lozim. Bu holda o‘yinchilarni almashtirish navbatma-navbat amalga oshiriladi.

Yüklə 105,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin