8-seminar Voleybol o‘yini bo\'yicha musobaqalar o\'tkazish va hakamlik
Partiyada birinchi to‘p kiritish. Birinchi partiyada va hal etuvchi partiyada birinchi to‘p kiritish huquqi qur’a tashlash orqali aniqlanadi.Qolgan partiyalarda to‘p kiritish galma-gal amalga oshiriladi.
Tо’р kiritish tartibi. O‘yinchilar to‘p kiritishda o‘yinchilarning zonalarda joylashish varaqasida yozilgan tartibga rioya qilishlari shart. Partiyadagi birinchi to‘p kiritishdan so‘ng to‘p kirituvchi o‘yinchi quyidagicha aniqlanadi:
Agar jamoa to‘p kiritishda yoki kiritgandan so‘ng o‘yin davomida ochko olishga erishsa, to‘p kiritgan o‘yinchi (yoki uning o‘rniga almashgan o‘yinchi) yana to‘p kiritadi. Jamoa ochko olaversa, to‘p kiritish qaytarilaveradi.
Agar kiritilgan to‘pni qabul qilayotgan jamoa o‘yin vaziyatini yutsa, u ham ochko oladi, ham to‘p kiritish huquqini qo‘lga kiritadi. Lekin to‘p kiritishdan oldin jamoa o‘yinchilari joylashgan zonalaridan qoidaning 7.6.2- bandigaasosan bir zonaga siljiydilar, ya’ni 2-zonada joylashgan o‘yinchi 1-zonaga siljib, to‘p kiritish funksiyasini bajaradi.
To‘p kiritishga ruxsat berilishi. Birinchi hakam to‘p kirituvchining to‘p bilan tayyor turganligi va jamoalarni o‘yinga shay ekanligini ko‘zdan kechirib, to‘p kiritishga ruxsat beradi.
To‘p kiritishni ijro etish. To‘p qo‘l bilan yuqoriga irg‘itilgandan so‘ng bir qo‘l bilan to‘pni urib o‘yinga kiritish kerak. Agar to‘p urilmay qolib, to‘p kirituvchining tanasiga tegib ketsa (yoki ilib olinsa) to‘p o‘yinga kiritilgan, deb baholanadi.To‘p kiritish vaqtida o‘yinchi orqa chiziq ustida va to‘p kiritish zonasidan tashqarida bo‘lishi kerak emas. Lekin to‘pni urib bo‘lgandan so‘ng chiziqni bosish yoki xohlagan zonaga o‘tishi mumkin.To‘p kiritishga birinchi hakam tomonidan ruxsat berilganidan so‘ng (hushtak chalinganidan keyin) to‘p kiritish 8 soniya ichida ijro etilishi kerak.
Hakamning hushtagi ovozidan oldin to‘p o‘yinga kiritilsa, hisoblanmaydi va to‘p kiritish qaytariladi.
Kiritilayotgan to‘p yo‘nalishini yopib qo‘yish: To‘p kiritayotgan jamoa o‘yinchilarito‘p kiritayotgan o‘yinchini yoki kiritayotgan to‘p yo‘nalishini berkitib, raqib o‘yinchilarining to‘pni qabul qilishiga xalaqit berishi mumkin emas.To‘p kiritayotgan jamoadan bir yoki bir necha o‘yinchi sakrab harakatlanib, qo‘llari bilan kiritilayotgan to‘p yo‘nalishini “yopib” qo‘yishi mumkin emas.
To‘p kiritishdagi xatolar. Agar to‘p kiritayotgan o‘yinchi quyidagi xatolarga уo‘l qo‘ysa, hatto raqib jamoasi noto‘g‘ri joylashgan bo‘lsa ham, to‘p kiritish huquqi raqibga beriladi.Bunday qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
- to‘p kiritish navbati buzilganda;
- to‘p kiritishda 13.4-qoidasi buzilganda;
- to‘p kiritishda 13.5-qoidasi buzilganda.
To‘p kiritishda to‘p urilganidan keyingi xatolar:
- to‘p kiritishda to‘p o‘z o‘yinchisiga tegsa yoki to‘rdan o‘tmasa;
- to‘p maydondan tashqariga tushsa;
- to‘p yo‘nalishi to‘silgan joydan kiritilayotgan to‘p o‘tsa.
To‘p kiritish va uni qabul qilish vaqtida maydonda joylashish. Agar to‘p kiritayotgan o‘yinchi xatolikka yo‘l qo‘ysa va shu vaqtda raqib maydonda joylashish qoidasini buzsa, bu holda to‘p kiritishdagi xato e’tiborga olinadi.Agar to‘pni o‘yinga kiritish to‘g‘ri ijro etilgan bo‘lsa, lekin to‘p keyinchalik xatoga uchrasa (to‘rdan o‘tmasa, maydon tashqarisiga tushsa va boshqa holatlarda), bunda raqib jamoaning joylashishidagi xatosi (agar shu xato mavjud bo‘lsa) e’tiborga olinadi.
Hujum zarbasi. Hujum zarbasi: To‘p kiritish va to‘siq qo‘yishdan tashqari, raqib tomoniga to‘pni yo‘naltirishga qaratilgan barcha harakatlar hujum deb hisoblanadi.Hujum zarbasining bir turi sifatida raqibni “aldab”, to‘pni ilib otmasdan turtib o‘tkazish mumkin.Hujum zarbasi to‘p to‘liq to‘r ustidan o‘tib bo‘lganda yoki raqibga tekkanda tugallangan hisoblanadi.
Hujum zarbasining qoida asosida ijro etilishi. Oldingi chiziq o‘yinchisi o‘z tomonidan har qanday balandlikda uzatilgan to‘pga zarba berishi (urishi, uzatishi) mumkin.Orqa chiziq o‘yinchisi orqa chiziq joylaridan har qanday balandlikdagi to‘pga zarba berishi (urish, uzatish) mumkin.
Orqa chiziq o‘yinchisi zarba berish uchun hujum chizig‘ini bosib yoki undan o‘tib ketib sakrashi taqiqlanadi.Lekin qoida asosida sakragandan so‘ng hujum chizig‘i ustiga yoki uning ichkarisiga tushishi mumkin.Orqa chiziq o‘yinchisi, agar to‘p to‘rning yuqori chegarasidan pastda bo‘lsa, hujum zonasidan zarba berishi mumkin.Raqib tomonidan o‘yinga kiritilgan to‘pga hujum zonalaridan zarba berish yoki to‘sib, raqib tomoniga qaytarish mumkin emas:
Hujum zarbasidagi xatolar:
- agar o‘yinchi raqib tomondagi to‘pga zarba bersa (tegsa);
- agar o‘yinchi to‘pni maydondan tashqariga yo‘naltirsa;
- agar orqa chiziq o‘yinchisi to‘rning yuqori chegarasidan tashqaridan to‘pga hujum zonalaridan zarba bersa;
- o‘yinchi raqib kiritayotgan to‘pga hujum zonalaridan turib to‘r yuqorisidan zarba bersa;
- agar to‘p to‘r tepasida bo‘lsa va bu to‘pni libero ursa;
- agar libero oldingi zonadan to‘pni to‘rdan baland uzatsa va bu to‘p bilan raqib tomoniga zarba berilsa.