Har qanday хo`jalik yuritish shaklining muayyan birijtimoiy- iqtisodiy tizimda vujudga kеlishi va rivojlanishiningasosiy shartlaridan biri uning samaradorligi darajasi bilanbеlgilanadi



Yüklə 20,01 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü20,01 Kb.
#203039

Har qanday хo`jalik yuritish shaklining muayyan birijtimoiy- iqtisodiy tizimda vujudga kеlishi va rivojlanishiningasosiy shartlaridan biri uning samaradorligi darajasi bilanbеlgilanadi. Samarali хo`jalik yuritish raqobatli bozormuhitida хo`jalikning yashovchanligi va taraqqiyotinibеlgilab beruvchi eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shubilan birga ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladiganiqtisodiy rеsurslar (yer, kapital, mеhnat va boshqalar)chеklangan xarakterga ega bo`lib, bu holat ulardan imkoniboricha unumli, samarali foydalanishni talab etadi. Ishlab chiqarish samaradorligi - juda murakkab iqtisodiykatеgoriya. U obyektiv iqtisodiy qonunlar, ijtimoiy ishlabchiqarishning asosini ifoda etuvchi – natijani, ya’ni oqibatniaks ettiradi. Oqibat yoki natija har qanday faoliyatningmaqsadidir. Samara tushunchasi bilan iqtisodiy samaratushunchasini farqlash kerak. Samara bu kеng tushuncha bo`lib, har qanday tadbir yoki faoliyatningnatijasida, o`g`itlardan foydalanish samarasi, ekinlar hosildorligioshishida, yеm-хashak samarasi, chorva mahsuldorligi oshishidaifodalanadi. Ammo bu samara, ya’ni hosildorlik va mahsuldorlikningoshishi bu tadbirlar qanchalik foydaliligini ko`rsatmaydi. O`g`it vayеm-хashaklardan foydalanish bilan bog`liq хarajatlarningqoplanganlik darajasi shu хarajatlar bilan olingan natija daromad bilantaqqoslangandagina ma’lum bo`ladi. O`g`it va yеm-хashakdanfoydalanish natijasida ekinlar hosildorligi, chorva mollarimahsuldorligini oshuvi bu tadbirni tехnik samaradorligini ifoda qilsa,tadbirni o`tkazish bilan bog`liq хarajatlar bilan, buning natijasidaolingan daromadni taqqoslash iqtisodiy samaradorlikni ifodalaydi. Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish vositalari va jonli mеhnatniqo`llash orqali olingan foydali natijani yoki jami rеsurslar birligigaolingan natijani ifoda etadi. U yoki bu tadbirga baho berishda yokiuning o`lchamlarini aniqlashda iqtisodiy samaradorlik mеzonini bilishkerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korхona to`la iqtisodiy vahuquqiy mustaqillikka ega bo`lganligi uchun asosiy maqsadi o`zigabiriktirilgan rеsurslardan to`la va samarali foydalanishga qaratilganbo`lib, shu rеsurslar birligiga qancha ko`p daromad va foyda olsa,raqobat kurashida shuncha ustunlikka ega bo`ladi. Fermer хo`jaligi faoliyatini baholashda iqtisodiy samaradorlikningasosiy mеzoni sifatida хo`jalik jami хarajatlari birligiga olingan soffoydani qo`llash maqsadga muvofiqdir. Sof foydakatеgoriyasining afzalligi shundaki, bunda ham mahsulot miqdori,sifati, qanday bozorda va qanday bahoda sotilganligi, moddiy vadavr хarajatlari qanchalik tеjalganligi o`z aksini topadi. Fermerхo`jaligi qancha ko`p olishga erishsa, turli to`lovlarni (soliq vayig`imlar) to`lagandan so`ng o`z ehtiyojlariniko`proq qondirishga, хo`jalikni kеngaytirishga imkon beradiganmablag`ga ega bo`ladi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIPREZIDENTININGFARMONIO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINIYANADA RIVOJLANTIRISHBO‘YICHA HARAKATLARSTRATEGIYASI TO‘G‘RISIDA
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamliislohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlikva huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatdaqonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlikva diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevorbo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizningbunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruvtizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqichamalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilganimakroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilano‘sishini, inflatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishnita’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlikharakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlaryaratilishiga xizmat qildi. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqurtahli, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin o‘zgarib,globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotganidavlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirishuchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqishva ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning hartomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimiznimodernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yichaustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida: 1. Aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlamao‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribanitahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilganhamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekistonRespublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yichaHarakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Harakatlar strategiyasi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratikislohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentninghamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tiziminiisloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektronhukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish,jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyatiinstitutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish; qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada islohqilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamdafuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarinimustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini,jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimisamarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish,yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash; iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilganmakroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sishsur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish,qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotdadavlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarnidavom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeiniyanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojinirag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holdaijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqalimamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faoljalb etish; ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va realdaromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlashtizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish,arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya vaijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yichamaqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot,san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatinitakomillashtirish; xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuquro‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosatyuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetinimustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahilqo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzinimustahkamlash. 2. Quyidagilar: 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasinirivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlarstrategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya 2-ilovaga muvofiq; Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekistonRespublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalgaoshirish bo‘yicha komissiyalar 3 — 7-ilovalarga muvofiq tuzilsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki: Harakatlar strategiyasini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishbarcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularningmansabdor shaxslari faoliyatining birlamchi vazifasi va boshustuvor yo‘nalishi hisoblanadi; Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillargaberiladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo‘yicha davlatdasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi. 4. 2017-yil O‘zbekiston Respublikasida “Xalq bilan muloqot vainson manfaatlari yili” deb e’lon qilingani ma’lumot uchun qabulqilinsin. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasinirivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
HARAKATLAR STRATEGIYASI
I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishningustuvor yo‘nalishlari 1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish vamamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiypartiyalarning rolini yanada kuchaytirish: davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uningmamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni haletish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratiniamalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish; qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayonigata’sirini kuchaytirishga yo‘naltirgan holda qonun ijodkorligifaoliyati sifatini tubdan oshirish; siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiypartiyalarning rolini kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatmuhitini shakllantirish. 1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish: davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiytayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotnitartibga solishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali davlatboshqaruvi va davlat xizmati tizimini isloh qilish; mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalarniamalga oshirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgandavlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniyva yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oidaxborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish; “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishningsamarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik subyektlaritomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish. 1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish: xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish; jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish,ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish; fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolliginioshirish; mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyati samaradorliginioshirish; ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning kasbiy faoliyatinihimoya qilish. II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada islohqilishning ustuvor yo‘nalishlari 2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudningnufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish: sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag‘batlantirish vaijtimoiy ta’minot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasinimustahkamlash; sudyalarga g‘ayriqonuniy tarzda ta’sir o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yichata’sirchan choralar ko‘rish; sudning mustaqilligi va beg‘arazligi, sud protsessida tomonlarining tortishuvi vateng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish; “Xabeas korpus” institutini qo‘llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sudnazoratini kuchaytirish; sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash; sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish. 2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishkafolatlarini ta’minlash: fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishdasansalorlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yganlikuchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarnitiklashning barcha zarur choralarini ko‘rish; sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatida fuqarolarninghuquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash; fuqarolarning xususiy mulkka bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarinimustahkamlash; fuqarolarning odil sudlovga to‘sqinliksiz erishishini ta’minlash; sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish. III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishningustuvor yo‘nalishlari makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‘rta muddatlidasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‘zgarishlarnichuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqorio‘sish sur’atlarini ta’minlash; xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlatbudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliybudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilganbudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirishsiyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishva tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish; ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalanganholda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdekvalyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarinibosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorliginita’minlash; bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorliginita’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasinioshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliliginimustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznesva xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanadakengaytirish; sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularningyangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish,shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviyinstitutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobilmanba sifatida fond bozorini rivojlantirish; xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan,yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarnikengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalgaoshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya vakreditlardan samarali foydalanish.

++++++++++


2. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida. - T.: «Adolat», 2004.
3. O’zbekiston Respublikasi yer kodeksi.- T.: «Adolat», 2004.
4. Qishloq xo’jaligi kooperativlari (shirkatlari) to’g’risida. - T.: «Adolat», 2004.
14. Birja va birja faoliyati to’g’risida. - T.: «Adolat», 2001.
15. Raqobat va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash to’g’risida.
T - T.: «Adolat», 2001.

Yüklə 20,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin