1. Voleybol turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazish va hakamlik qilish.(2 soat)



Yüklə 105,85 Kb.
səhifə7/15
tarix19.06.2023
ölçüsü105,85 Kb.
#132765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
8-seminar Voleybol o‘yini bo\'yicha musobaqalar o\'tkazish va hakamlik

Jamoaning joylashishi. O‘yinda ishtirok etmaydigan o‘yinchilar maxsus ajratilgan o‘rindiqda o‘tirishi yoki razminkaga ajratilgan joyda bo‘lishi kerak. Murabbiy o‘yin davomida yon chiziq bo‘ylab o‘yinga halaqit bermasdan harakat qilishi yoki belgilangan o‘rnida o‘tirishi mumkin.Jamoalar o‘rindiqlari hakam-kotib yonidagi bo‘shliqda joylashgan bo‘ladi.O‘yin vaqtida o‘rindiqlarda faqat jamoa a’zolari o‘tirishi mumkin. Razmin-kada ham faqat ular ishtirok etishi darkor.
O‘yinda ishtirok etmayotgan o‘yinchilar to‘psiz quyidagi tartibda chigalyozdi mashqlarini qilishlari mumkin:
- o‘yin vaqtida: razminkaga ajratilgan joyda;
- tanaffus vaqtlarida va texnik tanaffus davomida, orqa chiziqlar ortidagi bo‘shliqda.Partiyalar oralig‘idagi tanaffuslarda o‘yinchilar bo‘sh zonada to‘p bilan razminka qilishlari mumkin.
O‘yin kiyimi. O‘yinchilarni o‘yin kiyimi futbolka, trusik, paypoq va sportpoyabzalidan iborat bo‘ladi.Futbolkalar, trusik va paypoqlar jamoaning barcha o‘yinchilarida (“libero” o‘yinchisi bundan mustasno) bir xil shakl va rangga ega bo‘lib, toza bo‘lishi lozim.Poyabzal yumshoq, yengil bo‘lib, poshnasiz, tagi rezina yoki charm materialdan bo‘lishi kerak.FIVBning jahon miqyosidagi kattalar o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqalarida jamoaning sport poyabzali bir xil rangda, lekin savdo markasi, rangi va dizayni farq qilishi mumkin.O‘yinchilarning futbolkalari l dan 20 gacha raqamlanishi lozim.Raqam futbolkaning ko‘krak qismi o‘rtasida va orqasida joylashishi kerak.Raqamlarning rangi va tiniqligi futbolka rangi va tiniqligidan keskin farq qilib turishi lozim.Ko‘krakdagi raqam balandligi kamida 15 sm, oralig‘da, raqam 20 sm bo‘lishi shart. Raqam chizig‘ining kengligi 2 sm bo‘lishi kerak.
FIVBning rasmiy musobaqalarida o‘yinchining raqami uning trusigini o‘ng tomonida qayd etilishi kerak. Bu raqam chizig‘ining kengligi 1 sm va balandligi 4-6 sm bo‘lishi lozim.Jamoa sardori futbolkasining ko‘krak qismidagi raqami ustida gorizontal joylashgan 8x2 sm li chiziq bo‘lishi lozim.Jamoa futbolkalarida faqat qoidaning bandlarida ko‘rsatilgan rasmiy raqamlar bo‘lishi shart va ular turli rangda bo‘lishi mumkin emas (“Libero” o‘yinchisi futbolkasining rangi bundan mustasno).
Taqiqlangan buyumlar. O‘yin davomida sportchilar o‘zlariga sun’iy yordam beruvchi yoki jarohat yetkazuvchi buyumlardan holi bo‘lishlari shart.O‘yinchilar mas’uliyatni o‘zlariga olgan holda ko‘zoynak taqishlari mumkin.
Jamoa rahbarlari. Jamoa sardori va murabbiy o‘z o‘yinchilari xulqi hamda intizomiga to‘liq javobgardirlar.
Sardor. O‘yin oldidan jamoa sardori musobaqa qaydnomasiga imzo chekadi va o‘z jamoasi tarkibini hakamga ma’lum qiladi.O‘yin davomida jamoa sardori o‘yinda sardor sifatida harakat qiladi. Agar sardor asosiy tarkibda o‘yinga tushmasao‘zi yoki murabbiy boshqa o‘ynaydigan o‘yinchini sardor etib tayinlaydi.O‘yindagi sardor o‘z vazifasini asosiy sardor o‘yinga kirishgunicha yoki partiya oxirigacha bajaradi.To‘p o‘yindan tashqari holatda o‘yindagi sardor quyidagi vazifalarda hakamga murojaat qilishi mumkin:
Qoidalar amalini to‘g‘ri qo‘llash masalasi bo‘yicha tushuntirish yoki jamoadoshlari savollari va iltimoslarini yetkazish. Agar o‘yindagi sardorni hakam qarori qanoatlantirmasa, u darhol bu haqidao‘z noroziligini bildirishi darkor. Shuning asosida u o‘yindan so‘ng rasmiy norozilik varaqasini topshirishga zamin yaratadi.
O‘ynalgan to‘pni yutish. Xatolarning qiymati o‘yin epizodini yutish yoki yutqazish bilan aniqlanadi. To‘pni o‘yinga kiritish uchun zarba berilgandan toki to‘p o‘yindan chiqqunga qadar “o‘ynalgan to‘p” yoki “to‘p o‘yinda” deb hisoblanadi.Agar A jamoa to‘p kiritsa, В jamoa xatoga yo‘l qo‘ysa, A jamoaga ochko beriladi va u to‘p kiritishni davom ettiraveradi.Agar A jamoa xatoga yo‘l qo‘ysa, В jamoaga ochko beriladi va u to‘p kiritish huquqini oladi.
Partiyani yutish. Har bir partiyada (V partiyadan tashqari) jamoalarning biri birinchi bo‘lib 2 ochko farqi bilan 25 ochko to‘plasa, shu jamoa partiyada g‘olib deb topiladi. Agar hisob teng: 24:24 bo‘lsa, o‘yin jamoalaridan biri 2 ochko farqi bilan yutmaguncha davom etaveradi.

Yüklə 105,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin