1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Jahon infratuzilmasining rivojlanishi


Tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv (TSBK)



Yüklə 323 Kb.
səhifə4/5
tarix23.05.2023
ölçüsü323 Kb.
#120203
1   2   3   4   5
41 - Ma`ruza. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va shakllari.

Tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv (TSBK), Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (YeIHT), NATOning iqtisodiy masalalarni uyg‘unlashtiruvchi komiteti (IMUK) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish davriga to‘g‘ri keldi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yana bir ahamiyatga molik sohasi – bu valyuta- moliya sohasidir. Xalqaro moliyaviy munosabatlarni uyg‘unlashtirish XVF, XTRB, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) va shu kabilar doirasida amalga oshiriladi. «Katta sakkizlik» nomini olgan jahondagi yetakchi mamlakatlar (AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Rossiya) ning har yillik kengashi bu sohada muhim rol o‘ynaydi.
Valyuta-moliyaviy sohani xalqaro uyg‘unlashtirishning kuchayishi ko‘p jihatdan XVFning faoliyati bilan bog‘liq. U o‘zining nizomiga muvofiq valyuta kurslari va a’zo mamlakatlar to‘lov balanslarini tartibga soladi, ko‘p tomonlama to‘lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini nazorat qiladi, a’zo mamlakatlarga ularning valyuta-moliya muammolarini hal qilish uchun kredit beradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish bilan XTRB faol shug‘ullanadi. XTRB va u bilan birga Jahon banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) har xil investitsion ob’ektlarni o‘rta va uzoq muddatli kreditlash bilan shug‘ullanadi, loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy asoslarini tauyorlaydi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o‘zgartirishga yordam beradi.
Sharqiy Yevropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta’sir ko‘rsatish va yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) tuzildi.
80-yillarning o‘rtalarida dunyoda AQSh, G‘arbiy Yevropa va Yaponiyadan iborat ancha qudratli raqobatlashuv markaz vujudga keldiki, bu ham jahon iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Jahon xo‘jalik aloqalarini tartibga solishga xalqaro tashkilotlar a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlarning ham ta’siri bo‘ldi. XVF, XTRB, TSBK (XST)ga Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi ozod bo‘lgan mamlakatlar va keyin qator sobiq sotsialistik mamlakatlar faol kira bordiki, bu ham jahon xo‘jaligi aloqalarini tartibga solishda ma’lum o‘zgarishlarga olib keladi.
Yevropa Ittifoqi (YeI) doirasida yagona bozorni bunyod etishga harakat tufayli yagona umumevropa fuqaroligi, iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoq ta’sis etiladi. Bu Ittifoqning Shartnomada belgilangan vazifalarini bajarish uchun bir qator Yevropa muassasalari tuzildi.
Yevropa Ittifoqining ijroiya organi
Yüklə 323 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin