1. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va valyuta tizimlari Valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi



Yüklə 38 Kb.
tarix12.05.2023
ölçüsü38 Kb.
#112566
46-Amaliy mashg`ulot. Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari


Amaliy mashg`ulot. Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari
Reja
1. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va valyuta tizimlari
2. Valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi

Topshiriq 1.


Test
1. Xalqaro valuta munosabatlarida «suzib yuruvchi» valuta tizimi qaysi davrlarda amal qilgan?
A) XVIII asr oxiridan ikkinchi jahon urushigacha;
B) ikkinchi jahon urushidan 1970-yillar boshigacha;
C) 1970-yillardan hozirgi davrgacha;
D) yuqoridagi barcha davrlarda;
E) hech bir davrda amal qilmagan.

2. Valuta kurslarining o‘zgarishiga qanday omil ta’sir ko‘rsatadi?
A) mamlakatlar milliy daromadining o‘zgarishi;
B) xalqaro narxlardagi nisbiy o‘zgarishlar;
C) milliy valutalarga talab va taklifning o‘zgarishi;
D) nisbiy real foiz stavkalarining o‘zgarishi;
E) yuqoridagi barcha omillar.


3. Amerika dollarining real almashuv kursi oshib borsa:
A) amerika fuqarolari uchun import tovarlar arzonroq bo‘ladi ;
B) amerika sof eksporti qisqaradi;
S) joriy operatsiyalar balansi taqchilligi oshib boradi;
D) ichki narxlar o‘sadi;
E) yuqoridagi javoblarning hammasi to‘g‘ri.


4. Aytaylik televizor AQSH da 500 dollarga, O‘zbekistonda 800 ming so‘mga sotiladi. Valutalarning videotexnikaga nisbatan real xarid quvvati nisbati qanday bo‘ladi?
A) 1: 1600; B) 1: 2000; C) 1: 2400; D) 1: 800; E) 1: 1000.


5. Xarid quvvati (qobiliyati) pariteti:
A) tovarlarning chegaradan erkin o‘tishi;
B) inflatsiyaning yo‘qligi;
C) valutalarning nominal almashuv kursi qayd qilinishi;
D) valuta almashuv kursining moslashuvchanligi;
E) turli valutalarga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar miqdorinibildiradi.


6. Agar so‘mning real almashuv kursi ko‘tarilsa, u holda:
A) import tovarlarini sotib oluvchilar kamayadi;
B) O‘zbekiston sof eksporti ko‘payadi;
C) joriy operatsiyalar taqchilligi kamayadi;
D) O‘zbekiston fuqarolari uchun import arzonlashadi;
E) savdo aylanmasi o‘zgarmaydi.


7. Jahon valuta tizimi o‘zining rivojida nechta bosqichdan o‘tadi?
A) 2 ta; B) 3 ta; C) 4 ta; D) 5 ta; E) 6 ta.
Topshiriq 2.
Moslikni o`rnating
Asosiy tayanch tushunchalar



1. Xalqaro savdo
2. Mutlaq ustunlik (afzallik)
3. Qiyosiy afzallik
4. Ishlab chiqarish omillari nisbati
(Xeksher-Olin) nazariyasi
5. Import qilingan inflatsiya
6. Eksport
7. Import

8. Tashqi savdo balansi
9. To‘lov balansi
10. Valuta
11. Valutaning konvertatsiyalanishi
12. Valuta kursi
13. Xarid quvvati pariteti



Quyidagi javoblardan to‘g‘risini tanlang:
a) Mamlakatdan chetga chiqarilgan tovarlar miqdori (qiymat o‘lchovida);
b) xalqaro savdo yo‘nalishi ishlab chiqarish omillari qiyosiy narxlariga nisbatan shakllanadi;
c) chetdan mamlakatga olib kelingan tovarlar miqdori (qiymat o‘lchovida);
d) mamlakatga chet el valutasining kirib kelishi, milliy valutaning past kursi va import qilinayotgan tovarlar narxining o‘sishi;
e) tovar birligini ishlab chiqarish uchun boshqa mamlakatga qaraganda, kam mehnat, kam resurs sarflashda ifodalanadi;
f) mamlakatda bir tovarni ikkinchi mamlakatga qaraganda nisbatan past xarajatlar bilan ishlab chiqarish;
g) ma’lum vaqt (yil) mobaynida mamlakatning barcha tashqi iqtisodiy bitimlarning eksporti va importini aks ettiradi;
h) mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aloqalari tovar aylanmasi hajmi bilan ko‘rsatiladi;
i) mamlakatning milliy pul birligi, shu mamlakatning milliy boyligi bilan ta’minlangan;
j) mamlakatning eksport va importi farqi;
k) mamlakat valutasi (milliy pul birligi)ni chet el valutasiga almashtirilishini tashkil etuvchi operatsiyalar;
l) mamlakatda turli valutalar birligiga sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovar - xizmatlar miqdori;
m) milliy valutaning chet el valutasi birligida ifodalanishi.
Topshiriq 3.
1. Xalqaro valyuta tizimini tushuntiring. Har bir tizim qanday ustunlik va kamchiliklarga ega?

Topshiriq 4.


1. Davlat valyuta kurslarini barqarorlashtirish uchun qanday usullardan foydalanadi?

Topshiriq 5.


1. Chet el valyutalariga talab va taklifga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?


Topshiriq 6.


1. Valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlarga qaysi tashkilotlar kiradi? Ularning asosiy faoliyatlarini tavsiflab bering.


Topshiriq 7.


1. Valyuta kurslari xalqaro savdoga qanday ta`sir qiladi?
Yüklə 38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin