1. XIII-XV asrlarda Italiyaning ahvoli. Venetsiya Respublikasi. Florensiya va uning siyosiy tuzumi



Yüklə 25,6 Kb.
səhifə3/4
tarix14.06.2023
ölçüsü25,6 Kb.
#130064
1   2   3   4
XIII-XV asrlarda Italiya va Papalik.

Florensiya va uning tuzumi.“Italiya Afinasi” hisoblangan Florensiya Arno daryosi sohilida joylashgan.Florensiyaning Venetsiyadan farqi Florensiya qadimgi davrdan mavjud bo’lgan. Venetsiya esa V asrda paydo bo’lib VII asr oxirlaridan yuksala boshlagan edi.Biroq Florensiya o’rta asrlarga kelibgina yirik sanoat markaziga aylana boshladi. O’rta asr Florensitasing asosiy boyligi movut hisoblanardi.XIIIasrdayoq Florensiyada movut to’qib chiqarish mahalliy jum matolari yetmas edi. Jun mahsulotlari chet ellardan –Ispaniya, Janubiy Italiya, Angliya va Shotlandiyadan keltirilar edi. Florensiya movut ishlab chiqarishdan tashqari, ipak gazlama, mo’ynachilik, zargarlik hunarlari ham taraqqiy etgan edi. Rim bilan qo’shnichilikda florensiyaliklar papa kuriyasibilsnertaroq to’qnashdilar. Papalarning aqliga sig’maydigsn daromadlari asosan Florensiya banklariga kelib tushar edi. Papalar nafaqat Italiyadagi balki butun Yevropadagi cherkiv daromadlarni yig’ishni florensiyaliklarga topshirib qo’ydi.1252- yildan boshlab Italiya shaharlari orasida birinchi bo’lib Florensiya oltin tanga zarb qila boshlagan edi.XII -XIII asrlardayoq Florensiyani keskin siyosiy kurash ich-ichidan kemira boshlagan edi.Gibellinlar dvoryanlar to’dasini tashqil qilardilar.Gvelflar yirik burjua safiga kirardilar.1250- yilda GvelflarGibellinlar ustidan tamoman hukmronlikni o’rnatdilar. Shuning natijasida dvoryanlarning bir qismi Florensiyadan haydab yuborildi. “Adolat o’rnatish” degan dabdabali nom ostidagi 1293-yilgi konstitutsiya uzil-kesil Florensiyada burjuaziya hokimiyatini o’rnatdi. Respublikaning oliy organi Senyoriyaga katta sexlardan bittadan vakil jami yettita kichik sexlardan jami ikkita vakil saylanardi.
O’rta asrlarda Italiyada dehqonlar ahvoli.Italiyadagi dehqonlarning ahvoli Yevropadagi mamlakatlar dehqonlarining ahvolidan farq qilar edi. Italiyada shaharlar g‘oyat ilk davrda rivojlanganligi tufayli bu yerda kropostnoylikhuquqi Angliya, Fransiya, Germaniyadagi singari taraqqiy etmagan edi. Italiyada dehqonlar feodallarga shaxsiy qaram bo’lmay, ko’proq yer jihatidan muteedilar.Dehqon istagan paytida yerni va yashab turgan joyini tark eta olardi. Italiyada dehqonlarni ozod qilish jarayoni ham bir xil bo’lmadi. Shimolda dehqonlarni ozod qilish XIII asrda shahar respublikalarining ko’pchiligida sodir bo’ldi.
Janubda dehqonlarni ozod qilish ancha kechroqXIII asrning oxirlarida sodir bo’ldi. Undan keyingi asrlarda ya’ni XIV XV asrlarda dehqonlar shaxsan ozod bo’ldilar, lekin pomishchik yerlarining egalari bo’lgan bu ozod dehqonlarlarning ahvoli Shimoliy Italiyadagi dehqonlar ahvolidan anchagina og’ir edi.Ammo Italiya shimolidagi dehqonlarning hammasi ham XIII asrda ozod bo’lmadilar.

Yüklə 25,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin