bu shaxs rivojlanishining katta bir qismini o‘z ichiga olib, u kasbiy maqsadlarning tarkib topishidan boshlab, kasbiy hayotning tugallangungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu geteroxron jarayondan optatsiya, ya’ni kasbiy ta’lim va tayyorgarlik, profadaptatsiya, professionalizm hamda mahorat bosqichlarini ajratish mumkin. Kasbiy psixologiyaning asosiy konseptual qoidalari quyidagi jadvalda aks ettirilgan.
Kasbiy shakllanish – bu shaxsning kasb tanlash jarayonidagi kasbiy ta’limga tayyorlanish, shuningdek kasbiy faoliyat jarayonidagi rivojlanish hisoblanadi .
Kasbiy shakllanish-getroxron jarayon bo‘lib, ayrim paytlarda pasayish va sakrash xususiyatiga ega. Individning shaxsiy va kasbiy rivojlanish omillarining o‘zaro aloqalariga ko‘ra kelishmovchilik va inqirozlar kiritiladi. Bu individual to‘laqonli jarayonini ijtimoiy vaziyat va asosiy faoliyat bilan bog‘liq bosqichlarga ajratish mumkin. Ular sirasiga kasbiy tayyorgarlik, kasbiy adaptatsiya, birlamchi va ikkilamchi professionalizatsiya va kasbiy mahoratlar kiradi.
Kasbiy shakllanish turlari
Kasbiy shakllanish yo‘li va tezligi bir guruh omillar bilan belgilanadi. Ularga yosh, individual-psixologik, kasbiy texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni kiritish mumkin.
Kasbiy rivojlanish – bu yo‘nalish salohiyat va muhim kasbiy sifatlarning boyib borishi, mehnat faoliyati samaradorligini oshirib borish bilan belgilanadi.
Kasbiy shakllanishining psixologik jihati .
Shaxsning kasbiy rivojlanish va kasbiy jihatidan o‘zini topa olish uchun o‘z ustida ishlashi va turli masalalarni hal qilish uchun bor kuchini sarflash, shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratish, kasbiy va shaxsiy rivojlanishdagi destruktiv an’analarni o‘zlashtirishda kishilarga psixologik madad va yordam ko‘rsatish.