1. Xizmat ko’rsatish faoliyatida tizimli tahlil



Yüklə 72,61 Kb.
səhifə3/6
tarix17.09.2023
ölçüsü72,61 Kb.
#144707
1   2   3   4   5   6
1.Xolislik tamoyili. Har qanday qaror qabul qilinganda qaror qabul qiluvchi ma’lumotlarni xolislik bilan tahlil qilmasa, uning chiqargan qarorida bir yoqlamalik, qarorni ma’lum tomonlarga bo’rish hodisasi ko’zatiladi. Xolislik bilan chiqarilgan qarorda hech bir tomonning manfaatlari alohida qaralmaydi va qaror his-tuyhularga berilmasdan chiqariladi.
2.O’z vaqtidalilik tamoyili. Mazkur tamoyilda qaror qabul qiluvchi birinchi navbatda vaqt omiliga alohida e’tiborini qaratadi. Chunki qarorning o’z vaqtida chiqarilishi uning ijrosini ham optimal holga keltiradi. Qaror uch xil ko’rinishda qabul qilinishi mumkin: shoshilib qaror qabul qilish, o’z vaqtida qaror qabul qilish va vaqtidan o’tkazib qaror qabul qilish. O’z vaqtida chiqarilmagan qaror natijasi kutilganday bo’lmaydi. Shuningdek, chiqarilgan qarorning ijrosi ham o’z vaqtida bajarilmasa, vaqt o’tgandan so’ng o’z qadrini yo’qotishi mumkin.
3.Dalillarga asoslanganlik tamoyili. Ma’lumki, qaror qabul qilishdan oldin muammoli vaziyatga taalluqli bo’lgan ma’lumotlar yig’iladi. Mazkur ma’lumotlar turli xil manbalardan, turli xil ishonchlilik darajasiga ega bo’lgan holda to’planadi.
Ma’lumotlarni saralash bosqichida har bir ma’lumotning daliliga e’tiborni qaratish lozim bo’ladi. Dalillangan ma’lumotlar asosida chiqarilgan qarorlar optimalroq bo’lishligi tajribada isbotlangan.
Boshqaruv qarorlari yukorida keltirilganlardan tashkari quyidagi sohalarda xam kullaniladi:
1) Axborot havfsizligi sohasida:

  • Axborot-tahliliy ta’minot;

  • Texnik-xomashyo ta’minoti;

  • Maksimoal darajada milliy havfsizlik tuzilmasining tahlili;

  • Optimal tashkil etilgan boshqaruv tuzilmasida mablag’ sarfini o’rganish;

  • Havf-xatar tahlili va ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish; 2) Davlat boshqaruvi sohasi:

  • Ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va to’plash;

  • Respublika, viloyat, shahar va tumanlarga oid rejalar;

  • Boshqaruv tizimining kompleksli choralarini to’zish;

  • Tub qurilishni rejalashtirish va nazoratda ushlash;

  • Budjet tayyorlash, uning bajarilishi va sarflanishini nazorat qilish.

3) Iqtisodiyot sohasi:

  • ishlab chiqarishni, tovar ishlab chiqarish, bozordagi holatni o’zoq muddatli rejalashtirish;

  • Investitsion loyihalash;

  • Makroekonomik boshqaruv.

  • Fanda tahlilning bir qator turlari mavjud bo’lib, fan sohalari doirasida ular turli xossalari bo’yicha tavsiflanishini alohida ko’rsatib o’tib, muhimlarini keltiramiz: - funksional tahlil, institutsional tahlil, trendlar tahlili; fragmentar tahlil; ivent tahlil; mifologik tahlil, grafikali tahlil, prognozlarning tahlili, aksiologik tahlil, pragmatik tahlil, prakseologik tahlil, dasturlar tahlili, muammoli tahlili, konseptual tahlil, vaziyatli tahlil, syujetli tahlil, jo’z’iy o’zgarishlar ko’rsatkichining tahlili, sabab-oqibat bog’likdigi tahlili, korrelyasion tahlil, klasterli tahlil, semantik tahlil, diskurs tahlil, darajali tahlil, qiyosiy (jumladan juftli) tahlil, resurslarning tahlili, mantiqiy- lingvistik tahlil va boshqalar.

  • Ta’kidlashicha “tizim doirasida tahlilni amalga oshirish uchun, ongli harakat texnologiyasiga (2-chizma) amal qilish samarali natijalar berishi ehtimoldan xoli emas.

  • Vazifadorligiga (funksionalligiga) ko’ra, ongli harakat texnologiyasi tahlilni amalga oshiruvchini tahliliy faoliyatining samaradorligini ta’minlab, axboriy va intellektual kabi resurslardan foydalanish jarayonini takomillashtiradi. Samaradorlik quyidagi mantiqiy xossalarda ifodalanadi: tahlilni amalga oshirish uchun vaqtni tejashda, muamoni echimini topish uchun ilgari suriladigan farazni to’g’ri to’zishda, tahlilni amalga oshirish uchun vositalarni (usullarni) maqsadli tanlashda, tahlilni amalga oshirish uchun muammoning (vaziyatning) xarakterini inobatga olishda, mummoni echish uchun belgilanadigan muddatni aniq belgilashda, qaror qabul qilish uchun turli variantli echim yo’llarini belgilab olishda, tavsiyalarni manzilli tayyorlash kabilarda”21.

Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil mohiyatga va mazmunga ega bo’lgan minglab qarorlar qabul qilinadi. Ularni quyidagi belgilar bo’yicha guruhlarga bo’lish mumkin (1-jadval).


2. 1-jadval

Yüklə 72,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin