1. Xo'jalik hisobi haqida tushuncha


Balans ikkala qismining jami summalari teng bo’lishi shart



Yüklə 63,41 Kb.
səhifə6/17
tarix26.04.2023
ölçüsü63,41 Kb.
#103104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1. Xo\'jalik hisobi haqida tushuncha

Balans ikkala qismining jami summalari teng bo’lishi shart. Bu tenglikaktivdaxo‘jalikmablagiari, passivda esa shu mablag’larning manbalari aks ettirilishi bilan izohlanadi. Balans so‘zi «tenglik», «tarozining ikki pallasi» degan ma’nolami bildiradi.
Balans ikki qismdan iborat boiib, bir tomoni aktiv, ikkinchi tomoni passiv deb yuritiladi va unda xo‘jalik yurituvchi subeyktning mablagiari hamda ulaming shakllanish manbalari to‘g‘risidagi axborotlar jamlanadi.
Balansdagi ma’lumot quyidagicha yigilgan bo’ladi. Har bir jarayon ro‘y berishi natijasida xo‘jalik mablagiari va ulaming man balari miqdoriy va tarkibiy jihatdan o‘zgarib boradi.Bu holat dastlabki hujjatlarda aks ettirilib, so‘ngra buxgalteriyada sintetik hisob yuritiladi va schyotlarda ikki yoqlama yozuv orqali aks ettiriladi. Oy oxirida esa har bir schyotlar bo‘yicha qoldiq summalar aniqlanadi. Ba’zi schyotlar esa bekitiladi.
Balansning aktiv va passiv tomonlari o‘z moddalariga ega hamda ularda xo‘jalik mablaglari va xo‘jalik mablaglarining kelar manbalarining oxirgi qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Aktiv tomoni ikki bolimdan iborat bo‘lib, I bo‘lim «Uzoq muddatli aktivlar» deb nomlanib, quyidagilar kiradi: asosiy vositalar, lizingga olingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, moliyaviy qo‘yilmalar, o‘matiladigan asbob-uskunalar, kapital qo‘yilmalar. uzoq muddatli debitorlik summalari.
Ko‘rib o‘tganimizdek, «Uzoq muddatli aktivlar»ga korxonada bir yildan ortiq xizmat qiladigan mablag’lar kiradi. Qolgan mablag‘lar joriy aktivlar hisoblanadi.
II bo‘lim «Joriy aktivlar» deb nomlanib, quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, pul mablaglari, debitorlik summalari va boshqalar.
Balansning passiv tomoni ham ikki bo‘limdan iborat bolib, I bo’lim « O‘z mablag‘larining manbalari» deb nomlanib, quyidagilar kiradi: ustav kapitali, zahira kapitali, taqsimlanmagan foyda, kelgusi davr daromadlari va hokazolar
II bo’lim «Majburiyatlar» deb nomlanib, quyidagilar kiradi: bankdan olingan kreditlar, bankdan tashqari korxonalardan olingan qarzlar, olingan bo‘naklar va kreditorlik majburiyatlari.
Balansda aks ettiriladigan xo‘jalik mablaglari va ularning kelar manbalari alohida turlari bo‘yicha pul oichov birligida ifodala- nadi. Balans moddalarini baholash prinsipi barcha korxonalr uchun bir xil boladi.
Aktiv va passiv moddalarini baholashning haqiqiyligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlari ishonchliligi bilan ta’minlanadi. Balansdagi moddalar bo‘yicha ko‘rsatkichlar hisobot yili boshiga va hisobot davri oxiriga ko‘rsatiladi. Bunday tartib o‘matilishiga sabab, ikkala muddatdagi ma’lumotlami o'rganish, taqqoslash orqali xo‘jalik mablagiari va xo‘jalik mablagiarining tashkil topish manbalarini o‘zgarib borishi haqida xulosaga, maium bir zarur fikrlarga kelish mumkin. Ularing natijasida oqilona qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratiladi.
Korxonalar balansi hisobotning bir shakli sifatida o‘matilgan tartib bo‘yicha korxonalar oylik, choraklik va yillik buxgalteriya hisoboti tarzida tasdiqlangan shaklida blankalarga tuziladi. Undagi ko‘rsatkichlar umumiy bir o’lchov birligida, ya’ni pul ko‘rsatkichida aks ettiriladi.
Bu andozadagi balans blankasidagi satrlar bir nechta bolib, moddalari ham turlichadir. Ammo undagi moddalaming nechtasida ko‘rsatkichlar aks ettirilishi, xo‘jalik korxonaning qaysi tarmog‘iga qarashliligiga, korxona qaysi mulkchilik shakliga asoslanganligiga, uning faoliyat miqyosi qay darajadaligi kabi omillarga bogiiq bo’ladi.
Buxgalteriya balansining umumiy satrlar soni 010-satrdan 780-satrgacha
Aktiv qism jami 010-satrdan 400-satrgacha bo’lgan satrlardan iborat. Shundan I bo’lim Uzoq mudatli aktivlar 010-satrdan 130-satrgacha. II bo’lim. Joriy aktivlar 140-satrdan 400-satrgacha.
Passiv qismi jami 410-satrdan 780-satrgacha iborat. Shundan I bolim (O’z mablag’lari manbalari (Kapital) ) 410-satrdan 480-satrgacha. II Bo’lim Majburyatlar 490-satrdan 780-satrgacha.
Balansning asosiy maiumot manbai boiib, buxgalteriya hisobining boshlangich va yig‘ma hujjatiari hisoblanadi. Shuningdek, buxgalteriya hisobining asosiy tamoyili yoki o‘ziga xos usuli hisoblangan «Ikkiyoqlama yozuv» balans tomonlarining tengligini ta’minlovchi usuldir. Balansdagi xo‘jalik mablaglari va ularning kelar manbalari bo‘yicha oxirgi qoldiq asosan bosh kitobdan olinadi.
Buxgalteriya balansi nazorat qoladi boiib ham hisoblanadi. Agar buxgalteriya balansining aktiv va passiv tomonlarining tengligi taininlanmasa, buxgalteriya yozuvlarida xatolikka yoi qo‘yilgan boiadi yoki mablagiar va ulaming kelar manbalarining to‘g‘ri joylashmaganini bildiradi.
Tuzilish davri bo'yicha balans - dastlabki balans, kirish, joriy, tiklash, bo’lish, qo‘shish va tugatish balansi kabi turlarga bo‘linadadi va korxona faoliyatining qay davrida tuzilayotganligini bildiradi.
Dastlabki balans korxonaning tashkil topayotgan vaqtida tuz- iladi. Hisobot balansi esa korxona faoliyati davomida tuziladi. Va nihoyat tugatish balansi esa korxona, tashkilot, muassasaning tugatilayotgan muddatdagi xo‘jalik mablaglari va ularning manbalari qay holda holatda ekanligi haqida ma’lumot beradi.
Manbasi bo‘yicha balans - inventarizatsiya ma’lumotlari bo‘yicha, hisob registrlari ma’lumotlari bo‘yicha hamda buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo‘yicha tuziladigan balanslarga bo‘linadi.
Ob’ektlami ifodalshi bo‘yicha balans - mustaqil va alohida bo‘linmalar balanslariga guruhlanadi. Hajmiga ko‘ra balans - alohida va jamlangan (konsolidatsi- yalashgan) turlarga bo‘linadi. Ma’lumotlami ifodalashi bo‘yicha balans - brutto va netto balanslarga guruhlanadi.
Axborot taqdim etishi bo‘yicha - qoldiq va toliq balanslarga bolinadi. Qoldiq balansda schetlardagi hisobot davri boshi va oxi- riga bo‘lgan qoldiq ma’lumotlar aks ettiriladi. To‘liq balansda esa schetlardagi hisobot davri boshi va oxirigagi qoldiq ma’lumotlar bilan birga hisobot davridagi aylanmalar ham o’z aksini topadi.

Yüklə 63,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin