1. xorijiy tillarni o’rganishda lug’atning o’rni



Yüklə 101,03 Kb.
səhifə5/11
tarix04.05.2023
ölçüsü101,03 Kb.
#107191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
B1 darajadagi o’quvchilarning lug’at boyligini oshirishda jismoniy harakatlardan foydalanish (B1 darajadagi o’quvchilar misolida

20 Objects (20 Buyumlar)
Bir vaqtning o’zida ushbu o’yin orqali o’quvchilaringizni xotirasini va so’z boyligini tekshiring. Sizga faqatgina doska va 20ta sinf xonada joylashgan buyumlar kerak bo’ladi. Siz hattoki o’zingizning sumkangiz yoki yoningizdagi buyumlaringizdan foydalanishingiz mumkin.
Buyumlarni hammasini stol ustiga qo’yib chiqing va o’quvchilaringizni hammasini chaqirib ularga qarashlarini ayting. Keyin hamma buyumlarni bir daqiqadan keyin qog’oz (yoki shunga o’xshash biror narsa) bilan yoping. Hamma o’quvchilaringizdan joylariga qaytib bir varoq qog’ozga eslab qolgan buyumlarini ingliz tilida yozishlarini so’rang. Hamma tugatganidan so’ng esa buyumlar ro’yxatini doskaga yozing va o’quvchilardan o’zlarini tekshirishlarini so’rang. Muqobil variant sifatida so’zlarni birma-bir o’qib berib tog’ri topganlarini belgilab borishlarini so’rashingiz mumkin.
Categories (Kategoriyalar)
O’quvchilar bu o’yinni bir marta o’ynaganlaridan keyin har safar yana o’ynashlarini iltimos qiladigan bo’lib qoladi! Yana bu o’yin ortib qolgan daqiqalardan unumli foydalanish uchun ajoyib usul.
Har bir o’quvchingizga qog’ozga 6ta ustun chizishlarini so’rang. Siz kategoriya (so’z uchun mavzu)ni oxirgi o’tilgan mavzulardan tanlashingiz mumkin. Eng ko’p qo’llaniladigan kategoriyalar oziq-ovqat, ismlar, shaharlar yoki davlatlar, mebellar yoki jihozlar, ish harakat yoki kiyimlar hisoblanadi.
Biror istalgan harfni tanlang va uni doskaga yozing. O’sha harf bilan boshlanuvchi so’zlarni ustunlarga yozib chiqishlari uchun o’quvchilaringizga biroz vaqt bering. Siz boshqa harflar bilan o’yinni istalgancha qaytadan boshlashingiz mumkin.
Letter Scramble (Tartibsiz harflar)
O’quvchilaringiz oxirgi marta o’rgangan so’zlarni ro’yxatini tuzing. Va biror so’zni harflarini chalkashtirib doskaga yozing. O’quvchilaringizga harflarni tog’ri tartibda qo’yib berilgan so’zni topishiga biroz vaqt bering. Kim birinchi bo’lib so’zni topa olsa o’sha o’quvchi g’olib bo’ladi.
What Am I Thinking Of? (Men nima haqida o’ylayapman?)
O’quvchilarni juftliklarga ajratib chiqing. Har bir o’quvchi bir varoq qog’ozga biror buyumni tasvirlab 5-10ta so’z yozishi kerak bo’ladi. Qachonki vaqt tugaganida, o’quvchilar varoqlarini almashtirishadi va sherigi nimani tasvirlaganini topishga harakat qiladi. So’zlarni to’gri topgan birinchi jamoa go’lib bo’ladi.
Word Bingo
Bu o’yinni o’ynatish uchun biroz tayyorgarlik ko’rishingizga tog’ri keladi, lekin bu shunga arziydi. 4×4 shaklda bingo qog’ozlarini tayyorlang va har bir katagiga so’zlar yozing. Bularni o’quvchilarga tarqating (har biri takrorlanmas bo’lishi kerak) va siz so’zlarni o’qib berganizda o’quvchilar bor so’zlarni belgilashlari kerak. Butun sahifadagi so’zlarni birinchi belgilagan o’quvchi g’olib bo’ladi.
Bingo o’yinining ba’zi turlari bor.
Rasmli Bingo: Bingo kartasida rasmlardan foydalaning va o’sha rasmlarga oid bo’lgan so’zlarni o’qing.
Sinonim Bingo: Bingo kartasidagi ma’nodosh so’zlarni aytish orqali o’quvchilaringizni o’ylashga majbur qiling.
Antonim Bingo: Bu ham sinonim kabi faqat o’quvchilar ma’nodosh emas, teskari ma’noli so’zlarni qidirishi kerak bo’ladi.



Yüklə 101,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin