B1 darajadagi o’quvchilarning lug’at boyligini oshirishda jismoniy harakatlardan foydalanish (B1 darajadagi o’quvchilar misolida
Last Man Standing (Oxirgi qolgan odam)
Bu o’yin tezkor o’yin hisoblanadi. Lekin O’quvchilarga o’ylash uchun biroz vaqt beradi. Bu o’yin birgalikda o’rganishga undaydi, ya’ni boshqa o’quvchilar so’zlayotganida qolgan o’quvchilar o’zlari so’z o’ylayotgan bo’lishadi. O’yinni o’ynash uchun sizga kopto’kcha kerak bo’ladi. Va hamma o’quvchilar doira shaklida turib olishlari kerak. Birorta mavzu tanlashingiz kerak bo’ladi. Masalan: Things found in a kitchen (oshxonada topiladigan buyumlar), food, profession va hokazo.
Biror o’quvchiga to’pni uloqtirish orqali o’yin boshlanadi. O’sha o’quvchi mavzuga doir biror inglizcha so’z aytadi va to’pni keying o’quvchiga uloqtiradi. To’pni qabul qilgan har bir o’quvchi shu mavzuga doir biror so’z aytishi kerak bo’ladi. Agar ular aytilgan so’zlarni qayta aytsa yoki bir necha soniya ichida so’z topa olmasa, ular o’yindan chiqadi va o’yinni o’tirgan holda kuzatadi. Havotir olmang, ular baribir o’rganayotgan bo’ladi.
Bu o’yin biroz boshqacharoq qilib o’zgartirsangiz ham bo’ladi. Biror mavzuga so’z aytish o’rniga, har bir o’quvchi keyingi o’quvchiga biror boshqa mavzu aytishi mumkin. Masalan, siz “say something red” (biror qizil narsani ayting) deb o’yinni boshlashingiz mumkin. Kopto’kni ushlab olgan birinchi o’quvchi “strawberry” deb keyin o’zi biror mavzu tanlab ko’ptokni boshqasiga uloqtirishi mumkin. Bu o’yinni biroz murakkablashtiradi, sababi o’quvchi biror so’z haqida o’ylashidan oldin, qaysi mavzuga doir so’z o’ylashi kerakligini ham bilishi lozim.
Ko’pchilik ingliz tilida so’zlashuvchilar Pictionary, rasm chizish o’yini bilan yaxshi tanish.
Rasm chizish maqsadi uchun siz oddiy doska yoki oq magnit doskadan foydalanishingiz mumkin. Sinfni 2 guruhga bo’lib oling va har bir jamoa uchun doskadaning bir tomonida jadval chizing. Siz jamoalarning ballarini shu yerga yozib borasiz. A jamoadan bir kishi chiqadi. Va ko’pgina teskari o’girilgan so’zlardan bittasini tanlaydi va shu so’zni doskaga chizib beradi. Va boshqalar topishi kerak bo’ladi. So’zni birinchi bo’lib to’g’ri topgan jamoaga ball beriladi. 10 ball olgan jamoa g’olib hisoblanadi.
Charades o’yini Pictionary o’yiniga o’xshash lekin asosiy farqi bunda so’z ifodalash uchun rasm emas harakatlardan foydalaniladi. Bu o’yin o’quvchilariz sust, zerikkan va uyqusi kelgan vaqtlarda juda qo’l keladi. Ularni uyg’oting va harakatlantiring!
O’quvchilar tanlashi uchun bir necha to’rtburchak qilib qirqilgan qog’ozlarga so’zlar yozing. Fe’llarni ifodalash ancha oson. Lekin siz biroz murakkabroq, shunday bo’lsada hamma o’quvchilar biladigan so’zlardan foydalanishingiz mumkin.
Sinfni ikki jamoaga bo’ling. Va har bir jamoadan bir o’quvchi so’z yozilgan qog’ozni tanlaydi va harakat bilan ifodalab beradi. Jamoadagilar esa uch daqiqa ichida o’sha so’zni topishi kerak bo’ladi. Har bir to’gri javob uchun, bir ball beriladi. 10 ball jamlagan jamoa g’olib hisoblanadi.
Taboo words (Ta’qiqlangan so’zlar)
Taboo words o’quvchilarga sinonim so’zlar va so’zlarni tariflarini qo’llashga yordam beradi. Sinfni ikkiga bo’linadi va jamoalar bir birlariga qarama-qarshi holda o’tiradilar. Har bir jamoa o’z jamoasidan bir kishini ro’parasidagi stulga o’tirish uchun tanlaydi. O’qituvchi esa o’quvchilar ortiga o’tib turadi va katta qog’ozda yozilgan so’z ushlab turadi. O’rindiqda o’tirgan o’quvchilar bu so’zni ko’ra olmasligi kerak bo’ladi.
Jamoaning o’rindiqda o’tirgan a’zosiga siz ushlab turgan so’zni ayttirish uchun 3 daqiqa vaqti bo’ladi. Eng asosiysi ular shu so’zni nima bo’lganda ham ishlatmasligi kerak bo’ladi.
Katta sinflarda o’ynatish uchun maslahat. Agar sizning sinfingizda 12tadan ko’p o’quvchi bo’lsa, bu o’yin davomida biroz shovqin-suron, tartibsizlik bo’lishi mumkin. Bu holatda, hammani 5-6 talik kichik guruhlarga bo’lib faqat navbati kelganda qatnashadigan qilsangiz bo’ladi.