1. Xristofor Kolumbning hayoti va sayohatlari. Fernan Magellan hayoti va sayohatlari



Yüklə 127,87 Kb.
səhifə4/4
tarix18.12.2023
ölçüsü127,87 Kb.
#183974
1   2   3   4
DUNYOGA MASHHUR SAYYOHLARNING TURIZMGA QO

MagellanMagalyaynish Fernan (portugalcha: Fernão de Magalhães, ispancha: Fernando (Hernando) de Magallanes, taxminan 1470, Portugaliya — 1521.27.4, Maktan orol, Fillipin) — portugaliyalik dengizchi sayyoh. Magellan ekspeditsiyasi birinchi dunyo aylana suzishni amalga oshirdi. 1505—12 yillarda portugallar ekspeditsiyasida qatnashib ikki marta (1509-11) Malakkagacha borgan. Magellan Lissabonga qaytgach, 1517-yil Ispaniyaga oʻtib, Molukka orollariga gʻarbiy yoʻl bilan suzib borish toʻgʻrisidagi oʻzi ishlab chiqqan loyihani Ispaniya qiroliga taqdim qildi. 1519—21 yillarda 5 kemadan iborat Ispaniya ekspeditsiyasi (265 odam)ga boshliq etib tayinlangach, 1519-yil 20-sentabrda Sanlukarde Barrameda bandargohidan (Ispaniya) yoʻlga chiqadi va 1520-yil yanvarda La-Plataning dengiziga quyilish yeriga yetib boradi. Fevralda janubga suzishni davom ettirib nomaʼlum yerning 2000 km dan ziyod sohilini (Magellan u joylarni Patagoniya deb atagan) koʻzdan kechirdi. Magellan 1520-yil mart oyida SanXulian buxtasida 3 kemada koʻtarilgan isyonni bostirdi va oʻsha yerda qishlab, 1520-yil avgustda 4 kemada suzishda davom etdi. Kemalar Olovli Yer oroli bilan materik oraligʻidagi boʻgʻoz (keyinchalik Magellan nomiga qoʻyilgan) orqali oʻtib nomaʼlum okeanga chiqdi. Magellan hamroxlari keyinroq uni Tinch okean deb atagan. Toʻxtovsiz qariyib 17 ming km masofani oʻtib, avval Mariana orollariga, soʻngra Filippin orollariga yetib borishdi. Magellan Maktan orolda mahalliy xalq bilan toʻqnashuvda oʻldirildi. Magellan hamrohlari Tinch okean orqali gʻarbga suzib, Afrikaning jan. orqali faqat bitta "Viktoriya" kemasida (X. S. Elkano qoʻmondonligida) 1522-yil Ispaniyaga qaytib, dunyo aylana suzishni yakunladilar. Bu ekspeditsiya Yerning sharsimonligini amalda uzil-kesil isbotladi, yagona Dunyo okeani mavjudligini, Yer yuzasining koʻp qismi suv bilan qoplanganligini koʻrsatdi.
XULOSA
Hozirgi tushunchalarda qabul qilingan turizm XIX asrning oxiriga 
borib shaklangan bo‘lsa-da, faqat XX asrga kelib u jadal sur’atlarda 
rivojlandi hamda texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, jamiyat 
munosabatlarining yuksalishi natijasida u «XX asr fenomeni» nomini 
oldi. Bugungi kunda turizm jahon miqyosidagi iqtisodiyotning juda 
kuchli tarmog‘i bo‘lib, uning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 
10 % ni tashkil etadi hamda bu sohaga juda ko‘p sonli xodimlar
asosiy vositalar va yirik kapital mablag‘lar jalb qilingan. Bu yirik 
biznes, katta pul va global miqyosdagi jiddiy siyosatdir.
Jamiyatning rivojlanishi bilan sayyoramizning tobora ko‘plab 
aholisi turizm sohasiga jalb qilinmoqda. Bugungi kunda turizm 
ko‘pgina mamlakatlarda shiddat bilan rivojlanayotgan industriyaning 
ijtimoiy-iqtisodiy tarmog‘idir. Butunjahon Turistik Tashkiloti 
(BTT)ning baholashiga ko‘ra, turistik servisi rivojlangan shaharga 
tashrif buyurgan 100 nafar turist 20 ming AQSH dollari atrofida 
sarflaydi, ya’ni bir sutkada shaharga har bir turist tomonidan 200 
AQSH dollari miqdorida foyda keladi. Agar misollar bilan 
taqqoslaydigan bo‘lsak, bu miqdordagi foydani olish uchun hatto 
rivojlangan mamlakat ham kamida jahon bozoriga 1 tonna paxta yoki 
2 tonna bug‘doy olib chiqishi kerak bo‘ladi.
Hozirgi paytda dunyoning ajoyib, jozibador turistik zaxiralariga 
ega bo‘lgan barcha burchaklari hali yaxshi o‘zlashtirilmaganligi va 
keng sayyohlar ommasi uchun ochiq emasligini ham hisobga olish 
lozim.
TESTLAR
1. Xristofor Kolumb qachon qayerda tug'ilgan?
A) 1451- yilning kuzida Genoada
B) 1490-yil Ispaniyada
C) 1500-yil Portugaliyada
2. Kolumb hammasi bo'lib nechta ekspeditsiya uyushtirgan?
A) 4 ta
B) 6 ta
C) 10 ta
3. Kolumb ikkinchi ekspeditsiyasida necha kishilik ekipaj bilan safarga chiqqan?
A) 1500
B) 1000
C) 7000
4. Kolumb birinchi ekspeditsiyasida 3 ta kema tayyorladi bular qaysilar?
A) Santa Mariya, Pinta, Santa Klara
B) C javob to'g'ri
C) to'g'ri javob yo'q
5. M.Maklay nechta ilmiy asarning muallifi?
A) 160 ta
B) 100 ta
C) 200 ta
6. M.Maklay qachon qayerda tug'ilgan?
A) 1846- yil 5- iyulda Rojdestvenskoye qishlog'ida
B) 1850- yil 10- avgustda Peterburgda
C) B javob to'g'ri
7. M.Maklayni qachon "dunyo fuqarosi" deb e'lon qilgan?
A) 1996- yilda
B) 2000- yilda
C) 2010- yilda
8. Magellan qayerlik dengizchi sayyoh?
A) Portugaliyalik
B) Ispaniyalik
C) Rimlik
9. 1505-12 yillarda Portugallar ekspeditsiyasida qatnashib nechi marta Malakkacha borgan?
A) 2 marta
B) 4 marta
C) 6 marta
10. Magellan 1519-21 yillarda nechta kemadan iborat Ispaniya ekspeditsiyasiga boshliq etib tayinlangan?
A) 5 ta kemadan
B) 10 ta kemadan
C) 15 ta kemadan

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

  1. Karimov I.A.“Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. T., “Sharq”, 1998, 3-12-13 bet.

  2. Karim Shoniyozov. “O’zbek xalqining shakllanish jarayoni”. T., “Sharq”, 2001, 200—266 bet

  3. Karimov I. A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida ... T., O’zbekiston, 1997. 51 b.

  4. Karimov I.A.. O’zbekistonnning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li // O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. – T.: O’zbekiston, 1996. – 39 b.

  5. Karimov I.A.. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz // Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. T.8. – T.: O’zbekiston, 2000. – 331-332 b.

  6. Ahmadali Asqarov. “O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi”.T., “Universitet”, 2007, 139-158-165 bet.

  7. Ал-Комил. VII/279.

  8. Аҳмад ибн Авазуллоҳ ал-Ҳазбий. Ал-Мотуридия: диросатан ва тақвиман. – Ар-Риёд: “Дор ас-самиий”, 2000. – Б. 86 (Бундан кейин: Ҳазбий. Мотуридия).

  9. R.H.Murtazayeva. “O’zbekiston tarixi”. T., “O’AJBNT”, 2003, 380-bet.

  10. R.Shamsutdinov, Sh.Karimov. “Vatan tarixi”. 1-qism. T., “Sharq”, 2010, 299-320-bet.

Yüklə 127,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin