1. Xristofor Kolumbning hayoti va sayohatlari. Fernan Magellan hayoti va sayohatlari



Yüklə 127,87 Kb.
səhifə2/4
tarix18.12.2023
ölçüsü127,87 Kb.
#183974
1   2   3   4
DUNYOGA MASHHUR SAYYOHLARNING TURIZMGA QO

Ispan monarxlari bilan kelishuvi
Ispanlar bilan ikki yillik kelishuvlardan soʻng, nihoyat 1492-yilda Kolumb muvaffaqiyatga erishadi. Ferdinand va Isabella endigina Iberiyadagi musulmonlarning soʻnggi qalʻasi Granadani egallashgandi va Kolumbni Kordovadagi Alhazar qasrida qabul qilishadi.[11]
1492-yil 30-aprelda qirolicha Kolumb va uning avlodiga „don“ unvonini beradi (Kolumbni aslzodaga aylantiradi) va Kolumb yangi yerlarni ochsa uni Dengiz-Okean Admirali va kashf etilgan barcha yerlarning vitse-qiroli qilishga vada beradi. Lekin kelishuvga koʻra harjatlarning sakkizdan birini oʻsha paytlarda umuman puli boʻlmagan Kolumbning oʻzi qoplashi kerak edi.
Lekin Kolumbga Martin Alonso Pinson yordam beradi. U bitta kemani oʻz hisobidan tayyorlaydi, ikkinchisini esa Kolumbga qarz evaziga beradi. Uchinchi kemani esa nasroniylikka oʻtgan juhudlar qarzga tayyorlab berishadi.
Xristofor Kolumb ekspeditsiyalari
Kolumbning toʻrt ekspeditsiyasi xaritasi
Kolumb Amerikaga hammasi boʻlib 4ta ekspeditsiya uyushtirgan:

  • Birinchi ekspeditsiya (1492-yil 2-avgust — 1493-yil 15-mart).

  • Ikkinchi ekspeditsiya (1493-yil 25-sentabr — 1496-yil 11-iyun).

  • Uchinchi ekspeditsiya (1498-yil 30-may — 1500-yil 25-noyabr).

  • Toʻrtinchi ekspeditsiya (1502-yil 9-may — 1504-yil noyabr).

Birinchi ekspeditsiya
Birinchi ekspeditsiya
Kolumb birinchi ekspeditsiyasiga uchta kema tayyorladi: „Santa Mariya“ (flagman), „Pinta“ va „Santa Klara“. Flagman uzunligi — 17,3 metr, uzunligi — 5,6 metr, kemaning suvga kirib turgan qismi — 1,9 metr, hajmi — 101,2 tonna, ekipaj — 40 kishi boʻlgan. Flotga hammasi boʻlib 100 kishi kirgan. Tarixda birinchi marta Yevropaliklar Guanahini (Bagam orollari), Espanyola (Gaiti) va Huana (Kuba)ga qadam qoʻyishdi. Bu sayohat bilan Ispaniyaning Yangi Dunyodagi ekspansiyas boshlangan.
Lekin Kolumb bu yangi yerlarni Sharqiy Osiyo — XitoyYaponiya yoki Hindiston qirgʻoqlari deb oʻylagan. Ancha paytgacha yangi yerlar Yevropaliklar tomonidan Vest-Indiya (soʻzma-soʻz tarjima qilganda „Garbiy Hindiston“) deb atalgan. Buning sababi bu yerga yetish uchun toʻhtamasdan gʻarbga suzish kerakligi boʻlgan.
Ferdinand II va Isabella Iga oldinroq yozilgan habarida Kolumb „avval Chipangga, soʻngra Katayga va nihoyat ikki Hindistonga“ suzish rejasini aytgan. Oʻrta asr xaritalarida „ikki Hindiston“ deb hozirgi Hindiston va Efiopiya, „Katay“ — Xitoy va „Chipang“ — Yaponiya nazarda tutilgan. Yaponiya haqida Yevropaliklar Marko Polo orqali habardor boʻlishgan. Shunday qilib, Kolumbning birinchi maqsadi Hindiston emas, balki Yaponiya boʻlgan.
Kolumb kemasi „Santa Mariya“ning nusxasi

Yüklə 127,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin