DUNYOGA MASHHUR SAYYOHLARNING TURIZMGA QO`SHGAN XISSASI REJA: KIRISH. ASOSIY QISM. 1.Xristofor Kolumbning hayoti va sayohatlari. 2.Fernan Magellan hayoti va sayohatlari. 3.Miklaxo Maklay hayoti va sayohatlari. XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
KIRISH. Sayohat va turizm tushunchalarining mohiyati va ularning o‘zaro farqi
Sayohat va turizm (travel and tourism) – bir-biriga yaqin
tushuncha bo‘lib, ular inson hayot faoliyatining ma’lum bir tarzini
ifodalaydi. Bu dam olish, faol yoki passiv ko‘ngil ochish, sport,
atrof-muhitni anglash, savdo, fan, davolanish va boshqa ko‘plab
jihatlarni qamrab oladi.
Sayohattushunchasi, odamlarning maqsadlaridan qat’i nazar,
ularning makondan makonga erkin ko‘chib yurishini anglatadi
hamda bu sayyohatchilarning turmush tarzi bo‘lib hisoblanadi.
«Turist– jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan
sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda
borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan
shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan bir yil muddatga jo‘nab ketishi
(sayohat qilishi)»
Xristofor Kolumb (ispancha: Cristóbal Colón, italyancha: Cristoforo Colombo; 1451-yil 31-oktabrdan oldin, Genuya — 1506-yil 20-may, Valyadolid) — Italiyaning shimoli-gʻarbida joylashgan Genuya Respublikasida tugʻilgan tadqiqotchi, dengizchi va kolonizator. Kolumb Ispaniyaning katolik monarxlari homiyligi ostida uyushtirilgan toʻrt sayohati natijasida Amerika qitʼasini ochgan va tadqiq etgan. Bu sayohatlar va uning Espanyola orolida kolonizatsiya tuzishda hissasi Yangi Dunyoningispanlar tomonidan kolonizatsiyalanishida katta oʻrin tutadi.
Erta hayoti
Kolumb oʻgli Diego bilan Santa Maria de la Rábida monastiri eshiklari oldida. Mercade y Fabregas tomonidan chizilgan
Christopher Columbus nomi lotinchaChristophorus Columbusning inglizchalashtirilishidir. Uning ismi italyanchasiga Cristoforo Colombo va ispanchasiga Cristóbal Colón boʻladi. Kolumb 1451-yilning kuzida hozirgi Italiyaga qarashli Genoada tugʻilgan.Uning otasi Domenico Colombo Genoa va Savoyyada ishlagan oʻrta tabaqa jun toʻquvchisi boʻlgan. Xristoforning onasi Susanna Fontanarossa boʻlgan. Uning Bartolomeo, Giovanni Pellegrino va Giacomo ismli aka-ukalari boʻlgan. Bartolomeo Lissabondaxaritashunoslik bilan shugʻullanganKolumbning shuningdek, Bianchinetta ismli singlisi boʻlgan.[8] Paviya universitetida oʻqigan. 1470-yilda dengizchining qizi Felipe Monis de Palestrelloga uylangan. 1472-yilga qadar Kolumb Genoada yashagan, 1472-yildan soʻng esa Savonada yashagan. 1470-yillarda dengiz savdo ekspeditsiyalarida qatnashgan. Taxmin qilinishicha, 1474-yilda astronom va geograf Paolo Toskanelli unga Hindistonga gʻarbga suzish orqali ancha yaqin yoʻl borligi haqida aytgan. Oʻsha paytlarda Kolumb oʻzining Hindistonga sayohati rejasini oʻylab qoʻygan. Toskanelli maslahatlari yordamida u oʻz hisob-kitoblarini bajarib, uning fikricha Hindistonga Yaponiyagacha 5 ming kilometr masofada boʻlgan Kanar orollari orqali suzish eng qulay deb oʻylagan.
1476-yilda Kolumb Portugaliyaga koʻchib oʻtib, u yerda toʻqqiz yil yashaydi. 1477-yilda Kolumb Angliya, Irlandiya va Islandiyaga boradi. Bu vaqtda u Gvineyada boʻlishga ulguradi. Kolumbning Hindistonga gʻarbiy yoʻl orqali suzish taklifi 1475-1480-yillar orasida Genoa savdogarlari va hukmdorlariga taklif qilgan (aniq vaqti nomaʼlum). Lekin Genoaliklar bu taklifga eʼtibor berishmagan. 1483-yilda u oʻz rejasini portugal qiroli Juan IIga taklif qiladi. Uzoq oʻylanishlardan soʻng uning taklifi rad etiladi.
1485-yilda Kolumb oʻgʻli Diego Kolon bilan Ispaniyaga koʻchib oʻtadi. 1485-1486-yillarda u Santa Maria de la Rábida monatirida yashaydi. Xuan Peres de Marchena Kolumbning taklifi ispan qiroliga yetib borishiga yordam beradi. Bu paytda Ispaniya qiroli Granada bilan urushga tayyorlanish uchun Kordovada edi.
Kolumb va qirolicha Izabella. Madriddagi yodgorlik.
Kolumb nihoyat 1486-yil 1-mayda Iberiya yarimorolini birlashtirgan boʻlajak ispan qiroli va qirolichasi: AragonlikFerdinand II Aragon va KastiliyalikIsabella I Kastil bilan koʻrishish baxtiga muyassar boʻladi. 1-may kuni Kolumb oʻz rejasini Isabellaga taqdim etadi. Qirolicha esa oʻz navbatida rejani qoʻmitaga topshiradi. Qoʻmita aʼzolari ancha vaqt oʻtgach qirolicha Kolumbning rejalari notoʻgʻriligini aytib, rejadan voz kechishni maslahat berishadi.
Lekin Kolumb oʻz rejasini boshqa davlatga taqdim qilishini xohlamagan ispan monarxlari Kolumb talablarini talab qilishadi. Unga koʻra Kolumbga 12 ming maravid (oʻsha paytlardagi ispan pul birligi) berishadi.[10]