1. Yengil atletikaning umumiy ta’rifi va tasnifi. Yengil atletika mashqlarining tasniflanishi va umumiy tavsifi


Yengil atletika mashqlarining tasniflanishi va



Yüklə 89,5 Kb.
səhifə3/7
tarix17.05.2023
ölçüsü89,5 Kb.
#115767
1   2   3   4   5   6   7
Yengil atletika anjom va jihozlari haqida ma\'lumot

2. Yengil atletika mashqlarining tasniflanishi va
umumiy tavsifi

Yengil atletika sporti turlarini turli xil parametrlar bo’yicha tasniflash mumkin: yengil atletika turlari guruhlari, jinsiy va yoshga xos belgilar, o’tkazilish joylari. Yengil atletikaning beshta turi asos hisoblanadi: Yurish, Yugurish, sakrashlar, uloqtirishlar va ko’pkurashlar. Jinsiy va yoshga xos belgilarga ko’ra tasniflanishi: erkaklar, xotin-qizlar turlari; har xil yoshdagi o’smir yigit va qizlar. Yengil atletika bo’yicha eng oxirgi sport tasniflanishida xotin-qizlarda stadionda, shosse va kesishgan joyda o’tkaziladigan 50 sport turi va yopiq inshootlarda o’tkaziladigan 14 sport turi, erkaklarda mos ravishda 56 va 15 sport turi mavjud.


Sport turlarining keyingi tasniflanishi mashg’ulotlar va musobaqalar o’tkazilish joylari bo’yicha amalga oshiriladi: stadionlar, shosse va prosyolka yo’llari, kesishgan joylar, sport manejlari va zallar.
Yengil atletika sport turlari tuzilishiga ko’ra siklik, asiklik va aralash turlarga qandaydir jismoniy sifatning ko’proq namoyon qilinishi nuqtai nazaridan esa: tezlik, kuch, tezlik-kuch, tezlik chidamliligi, maxsus chidamlilik turlariga bo’linadi.
Shuningdek, yengil atletika turlari Olimpiya (O) va noklassik (barcha qolganlari) turlarga bo’linadi. Hozirgi kunda Olimpiya o’yinlari dasturiga erkaklarda yengil atletikaning 24 turi, ayollarda – 23 turi kiritilgan. Bu sport turida ko’p miqdorda olimpiya medallari uchun bahslar bo’lib o’tadi.

Yengil atletika bo’limlaridagi turlarni ko’rib chiqamiz.




Yurish - siklik tur bo’lib, maxsus chidamlilikni namoyon qilishni taqozo etadi, ham erkaklar, ham ayollar o’rtasida musobaqalar o’tkaziladi.
Ayollarda: stadionda – 3, 5, 10 km; manejda – 3, 5 km; shosseda – 10, 20 km masofalarda musobaqalar o’tkaziladi.
Erkaklarda: stadionda – 3, 5, 10, 20 km; manejda – 3, 5 km; shosseda – 15, 50 km masofalarda musobaqalar o’tkaziladi.
Olimpiya (O) turlari: erkaklarda – 20 va 50 km, ayollarda – 20 km. masofalarda musobaqalar o’tkaziladi
Yugurish quyidagi toifalarga ajratiladi: ravon Yugurish, to’siqlar osha Yugurish, g’ovlar osha Yugurish, estafetali Yugurish, kross Yugurish.

Yüklə 89,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin