Yengil atletika sakrashlari ikkita guruhga bo’linadi: vertikal va gorizontal to’siqlar osha sakrashlar.
Birinchi guruhga quyidagilar kiradi:
a) Yugurib kelib balandlikka sakrashlar;
b) Yugurib kelib langarcho’p bilan sakrashlar.
Ikkinchi guruhga quyidagilar kiradi:
a) Yugurib kelib uzunlikka sakrash;
b) Yugurib kelib uch hatlab sakrashlar.
Yengil atletika sakrashlarining birinchi guruhi:
a) Yugurib kelib balandlikka sakrash (O) – asiklik tur, u sportchidan tezlik-kuch sifatlarini, sakrovchanlikni, chaqqonlikni, egiluvchanlikni namoyon qilishni talab etadi. Erkaklarda va ayollarda, stadionda va manejda o’tkaziladi;
b) Yugurib kelib langarcho’p bilan balandlikka sakrash (O) – asiklik tur, u sportchidan tezlik-kuch sifatlarini, sakrovchan-likni, egiluvchanlikni, chaqqonlikni namoyon qilishni talab etadi, yengil atletikaning eng murakkab texnik turlaridan biridir. Erkaklar va ayollarda, stadionda va manejda o’tkaziladi.
Yengil atletika sakrashlarining ikkinchi guruhi:
a) Yugurib kelib uzunlikka sakrash (O) – tuzilishiga ko’ra aralash turga kiradi, u sportchidan tezlik-kuch, tezlik sifatlarini, egiluvchanlikni, chaqqonlikni namoyon qilishni taqozo etadi. Erkaklarda va ayollarda, stadion va manejda o’tkaziladi;
b) Yugurib kelib uch hatlab sakrash (O) – asiklik tur, u sportchidan tezkorlik, kuch, tezkor-kuch, va tezkor kuchga bo’lgan chidamlilik sifatlarini hamda egiluvchanlikni, chaqqonlikni talab etuvchi tur. Erkaklar va ayollar o’rtasida stadion va manejlarda o’tkaziladi.
Yengil atletikada uloqtirishlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) to’g’ridan Yugurib kelib aerodinamik xususiyatlarga ega va ega bo’lmagan snaryadlarni uloqtirish;
2) snaryadlarni aylana ichidan uloqtirish;
3) snaryadni aylana ichidan itqitish.
Yengil atletika snaryadlarini uloqtirishlarda texnik jihatdan har xil Yugurib kelish turini bajarishga ruxsat beriladi, lekin final kuchlanishi faqat qoidalarga asosan bajariladi. Masalan, nayza, granata, to’pni faqat bosh orqasidan, elka ustidan uloqtirish kerak; diskni va bosqonni faqat yon tomondan uloqtirish zarur; yadroni sapchib turib, burilib itqitish, yoki aylanma xarakatlar bajarib itqitish mumkin.