1. Yengil atletikaning umumiy ta’rifi va tasnifi. Yengil atletika mashqlarining tasniflanishi va umumiy tavsifi


Nayza (O) (granata, to’p) uloqtirish



Yüklə 89,5 Kb.
səhifə6/7
tarix17.05.2023
ölçüsü89,5 Kb.
#115767
1   2   3   4   5   6   7
Yengil atletika anjom va jihozlari haqida ma\'lumot

Nayza (O) (granata, to’p) uloqtirish – asiklik tur hisoblanib, u sportchidan tezlik, kuch, tezkor-kuch, egiluvchanlik, chaqqonlik sifatlarini namoyon qilishni talab qiladi.
Uloqtirish to’g’ridan Yugurib kelib bajariladi, erkaklar va ayollarda, faqat stadionda o’tkaziladi. Nayza aerodinamik xususiyatlarga ega.
Disk va bosqon uloqtirish (O) – asiklik turlar, ular sportchidan kuch, tezlik-kuch sifatlarini, egiluvchanlikni, chaqqonlikni namoyon qilishni taqozo etadi. Uloqtirishlar aylana ichidan, erkaklar va ayollar tomonidan, faqat stadionda bajariladi. Disk aerodinamik xususiyatlarga ega.
Yadro itqitish (O) – asiklik tur, u sportchidan kuch, tezkor-kuch, chaqqonlik sifatlarini namoyon qilishni taqozo etadi. Itqitish aylana ichidan, erkaklar va ayollar tomonidan, stadionda va manejda bajariladi.
Sport anjomlari va jihozlari — jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari, musobaqalari uchun muljallangan aslahalar, maxsus qurilma va asbobuskunalar. Xalqaro yoki milliy (sportning milliy turlari uchun) sport federatsiyalari tasdiklagan standartlar (qoidalar, normalar)ga muvofiq tayyorlanadi va standartlar boʻyicha xalqaro yoki davlat tashkilotlari tomonidan roʻyxatga olinadi. Sport anjomlari (snaryadlari), sport jihozlari, poyabzal va kiyimlari mavjud. Sport oʻyinlari uchun toʻplar, chavgonlar, raketkalar; kamon, rapira, qilich, shamshir; yengil atletikada nayza, lappak, boskrn, yadro, langarchoʻp; gimnastika anjomlari; ogʻir atletikada — shtanga, toshlar; konki, changʻi va boshqa sport anjomlari hisoblanadi. Eshkakli (akademik qayiq, baydarkalar, kanoe) va yelkanli (yaxtalar) qayiqlar, chanalar, velosipedlar (trekka, shossega, tandemga muljallangan), turli mototsikllar, sport avtomobillari, kartlar, planyorlar va sport samolyotlari kabi snaryadapparatlar alohida guruhni tashkil etadi. Sport jihozlari qatoriga sport arenalarining uskunalari: darvozalar, toʻrlar, qalqonlar (shchitlar): toʻsiqlar, bokschilar ringi, gimnastika gilami va boshqa; sport musobaqalari va mashgʻulotlarda ishlatiladigan maxsus texnika (fotofinish, elektr tablo, turli trenajerlar va boshqalar) kiradi. Sport kiyimi va poyabzali har bir sport turi uchun xalqaro sport federatsiyalari tomonidan qoʻyilgan texnik, gigiyenik va estetik talablarga muvofiq boʻlishi kerak. Ayrim sport turlarida kiyim himoya vositasi vazifasini bajaradi (shlemlar, niqoblar, koʻzoynaklar, qoʻlqoplar va h.k.). Poyabzal maxsus moslamalar (tishlar, zarbani yumshatuvchi amortizatorlar, qoplamalar va boshqalar)ga ega boʻladi.



Yüklə 89,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin