Yorug‘likni kombinatsion sochilishini kvant nazariyasi
1. Yorug‘likning kombinatsion sochilishi
Reley sochilishida sochilgan yorug‘lik chastotasi tushuvchi yorug‘lik chastotasiga mos keladi. Sochilishning bunday turini birinchi bo‘lib Reley aniqlagani uchun bunday sochilish Reley sochilishi deb yuritiladi. Bu sochilish kogerent tarzda yuz beradi. Shu sababli ham Reley sochilishi - yorug‘likning kogerent sochilishidir (18.1-rasm). Biroq sinchiklab o‘tkazilgan tekshirishlarning ko‘rsatishicha, sochilgan yorug‘lik spektrida tushayotgan yorug‘likni xarakterlaydigan chiziqlardan tashqari qo‘shimcha chiziqlar (yo‘ldoshlar) borligi, bular tushayotgan yorug‘likning har bir chizig‘i yonida turishi ma’lum bo‘ldi (18.1-rasm).
Yo‘ldoshlar tushayotgan yorug‘likning har qanday spektral chizig‘i yonida kelgani uchun, bu yo‘ldoshlarni qanday sharoitda payqash mumkin, degan savol tug‘iladi. Yo‘ldoshlar ko‘rinadigan bo‘lishi uchun tushayotgan yorug‘lik spektri tutash spektr bo‘lmay, balki alohida chiziqlar (monoxromatik chiziqlar) to‘plamidan iborat bo‘lishi kerak. Bu hodisaning quyidagi qonunlari tajribadan topilgan.
Yo‘ldoshlar tushayotgan yorug‘likning har bir chizig‘i yonida bo‘ladi.
Uyg‘otuvchi (tushayotgan) yorug‘lik spektral chizig‘ining chastotasi bilan yo‘ldoshlardan har bir chiziqlarning … chastotalari orasidagi farq sochuvchi modda uchun xarakterli bo‘lib, uning molekulalarining xususiy tebranishlari chastotalariga teng:
Yo‘ldoshlar uyg‘otuvchi chiziqdan ikki tomonda simmetrik yotuvchi chiziqlarning ikki sistemasidan iborat, (7.3-rasm) ya’ni