Taqdimot marosimi etiketi. Bugungi kunga kelib, tafakkur madaniyatining sifati, zamonaviyligi, qamrovining kengligi, jahon andozalariga mos kelishi haqida ko‘plab fikrlar bildirilmoqda. Tafakkur - insonning noyob xususiyati, miyaning mahsuli, obektiv olamning tushunchalar, muhokamalar, nazariyalar va hokazolardagi amaliy faoliyatga bog‘liq bo‘lgan inson faoliyatining alohida ma’naviy shaklidir. Taqdimot marosimi etiketi ushbu masalalarni qo‘llay bilish, ulardan foydalanish va tafakkurga asoslanib o‘tkaziladigan ta’lim yoki ma’lumot berishning zamonaviy ko‘rinishidir.
Taqdimot - bu o‘zlashtirish, ma’lumotlarni ko‘pchilik oldida ochiq taqdim etishdir. Taqdimot turlari hisobot, ma’lumotnoma, press-relliz, dayjest, axborot, reklama shaklida bo‘lishi mumkin. Ochiq taqdimot deganda, odatda, loyihalar, mahsulotlar, dasturlarning ommaviy axborot vositalari orqali taqdim etilishi va taqdim etilayotgan narsaning u yoki bu ko‘rinishda foydalilik mezonlarini ko‘rsatib berish tushuniladi. Aslida taqdimot bugungi kunda tijorat va siyosatda, ma’rifat va madaniyatda, ta’lim va tarbiyada keng qo‘llanilayotgan marosimlardan biridir.
Mavzu yuzasidan topshiriqlar. 1-topshiriq.Etika va estetika tushunchalarini aytib bering.
2-topshiriq. Jamoangiz bilan odob-axloq mavzusida taqdimot tayyorlang
3-topshiriq. Оdоb-ахlоqqa doir mаqоllar yozing va gaplar tuzing.
4-topshiriq. Kichik guruhlarga bo‘lining va ”Mutaxasisning odob va axloqi” mavzusida dialog tuzing va uni insenirovka qiling.
Grammatika: Ilmiy maqola yozish tartib qoidalari. Annotatsiya matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari Annotatsiya - (qisqacha ma’lumot)talabani kitobning yoki bironta asarning mazmuni bilan tanishtiradi. Shuningdek, alohida nashr hisoblanadigan o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar, monografiyalarga yozilib, ularda asarning qisqacha mazmuni, ahamiyati, kimlarga mo‘ljallab yozilgani o‘z ifodasini topadi.
Mazmuni va maqsadli vazifasiga ko‘ra: bildirgichli, tavsiyali bo‘ladi.
Mazmunni to‘liq qamrab olishi bo‘yicha: umumiy (keng auditoriyani hisobga olib matnning tavsifini beradi) -ixtisoslashgan (matnning tor doiradagi mutaxassislarini hisobga olib tavsif beriladi) -guruhli (mavzusi bo‘yicha yaqin bir necha matnlar tavsifini beradi)turlarga bo‘‘linadi. Annotatsiya-xarakteristika kitobning mukammal mazmunini bayon qiladi va muallif to‘g‘risida ma’lumot beradi.Annotatsiyaning o‘ziga xos jihatlaridan biri o‘qilgan matnning mazmunini jiddiy o‘ylab yozishni talab etadi, shuning uchun annotatsiyani imkon darajasida o‘z so‘zlaringiz bilan aniq qilib yozish kerak. Annotatsiya asosan yarim varaq holida yoziladi.
Annotatsiya yozishdagi asosiy xato-axborotning ko‘pligi, fikrlarni ifodalashda gaplarning uzunligi, ortiqcha narsalarning ishlatilishi.
Masalan, “Hozirgi qoraqalpoq tilidagi so`zlarni kalkalash masalalari» nomidagi mavzusidagi maqolada rus tilidan va shu orqali boshqa tillardan qoraqalpoq tiliga so`z va so`z birikmalarining kalka yoli bilan o`zlashish jarayonini aniqlangan.Qoraqalpoq til ta’limidakalkalarning paydo bo‘lish jarayoni, qoraqalpoq tili leksikasining rivojlanishida kalkalarning tutgan o‘rni, ularning qoraqalpoq adabiy tilida qo‘llanilish o`zgachaliklarikabi masalalar birinchi marta monografik izlanishlar darajasida o`rganilgan.