1. Yetuk mutaxassis bo‘lish sirlari Kasb etikasi va etiket haqida ma’lumot



Yüklə 29,01 Kb.
səhifə3/7
tarix26.05.2022
ölçüsü29,01 Kb.
#59697
1   2   3   4   5   6   7
10-mavzu; Agrar sohadagi islohatlar. Kasb etikasi

Mavzu yuzasidan topshiriqlar.
1-topshiriq. Matnni davom ettiring va terminlarning qo‘llanilishiga e’tibor bering.
2-topshiriq. Kasbingiz bilan bog‘liq qanday mashhur insonlar hayotini bilasiz?


Etika takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ko‘zini quvontiradigan hodisa. Lekin ayni paytda, u asl axloqiy asosini yo‘qotgan majburiy mulozamat tarzida ham namoyon bo‘ladi: etika qoidalarini bajarayotgan kishi aslida o‘z xohish-ixtiyoriga qarshi ish ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, umuman olganda, etika shaxsni muayyan tartib-qoidaga, qanday ichki ruhiy sharoitda bo‘lmasin, bosiqlikka, muloyimlik va sabr-toqatga o‘rgatishi bilan ahamiyatlidir. Quyida bugungi kunda kishilar hayotiga chuqur singib borayotgan so‘zlashuv, muloqot madaniyatiga doir jarayonlardagi etikaning ayrim turlari va bu boradagi tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz.
Etiket – ”etika” so‘zining o‘zagi sifatida bevosita axloqiy me'yor-lar, tamoyillar va mezonlarning ”yukini” ko‘tarishga qodir bo‘lgan axloqning amaliy ko‘rinishidir. Наг bir sohada etiket ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, uni buzish atrofdagilarda hayrat va istehzo uyg‘otadi. Shu bois etiketni odat tusiga aylantirilgan, qat’iylashtirilgan muomala odobi deyish ham mumkin.
Estetika terminini iste’molga Olmon faylasufi Aleksandr Baymgerten(1714-1762) “Poetik asarning ba’zi bir masalalari to‘g‘risida falsafiy mulohazalar” kitobida kiritgan. Mehnat estetikasi darajasini oshirish ko‘p jihatdan mehnat ijodiyligini ta’minlashga ijtimoiy adolatsizlikni hamma ko‘rinishlarini badiiy ijod vositasida bartaraf etishga ishlab chiqarishni texnikaviy qayta jihozlash va yangi texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.
Estetik tarbiyalangan, madaniyatli har bir inson o‘z mehnatiga ijodiy yondoshishadi, go‘zallik k o‘zi bilan qonuniyati bilan faoliyatga kirishadi. Insonda axloqiy fazilatni takomillashuviga muhabbat bilan bir qatorda ezgulik ham ko‘mak beradi. Ezgulik-ijtimoiy xususiyat kasb etuvchi axloqiy fazilat bo‘lib, yuksak axloqiy tamoyillar darajasini ko‘rsatib turadi. Shuningdek, ezgulik yaxshilik tushunchasiga nisbatan keng qamrovli va undan farqli o‘laroq, hech qachon yovuzlikka aylan-maydigan axloqiy hodisadir.

Yüklə 29,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin