1. Yoshlar psixologiyasi faniga kirish, fanning predmeti. Yosh davrlar psixologiyasi faning printsiplari va tadqikot usullari



Yüklə 53,25 Kb.
tarix09.06.2022
ölçüsü53,25 Kb.
#61082
1. Yoshlar psixologiyasi faniga kirish, fanning predmeti. Yosh d


Buxoro Davlat Universiteti
Boshlang'ich ta'lim fakulteti
9-5BTUS-20guruh talabasi
Aslonova Shahnozaning
PsixologiyaFanidan yozgan mustaqil ishi

Mavzu; Yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot metodlari

REJA: 


1.Yoshlar psixologiyasi faniga kirish, fanning predmeti. 
2.Yosh davrlar psixologiyasi faning printsiplari va tadqikot usullari. 
3.Hozirgi zamon yosh davrlari psixologiyasi fanining asosiy vazifalari.






Kirish
Ushbu ishchi o’quv fan dasturi barkamol avlod ta`lim-tarbiyasi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Bu masala Prezidentimiz I.A.Karimovning “Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimizni farovonligini yanada yuksaltirishdir” deb ta`kidlagan. Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma`naviy sog`lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg`un rivojlangan inson bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga etish uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratilishini o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz1 . I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch” asarida ta`lim-tarbiya bo’yicha: “Ma`naviyatni shakllantirishga bevosita ta`sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil bu – ta`lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog`liqdir. Albatta, ta`limtarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta`lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o’zgartirmasdan turib, ma`naviyatni rivojlantirib bo’lmaydi”2 , deb ta`kidlaydi. Ta`lim-tarbiyada, tarbiyani esa ta`limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona qarash, sharqon hayot falsafasi. Ijtimoiy pedagogika fani pedagogika universiteti va institutlarining boshlang`ich ta`lim fakultetining o’quv rejasiga kiritilgan bo’lib, mutaxassislik o’quv predmeti sifatida o’qitish ko’zda tutilgan.

1.1.Fanning maqsadi va vazifalari Fanni o’qitishdan maqsad: ijtimoiy pedagogika yuzasidan tuzilgan mazkur dastur bo’yicha ishlashdan maqsad bo’lg`usi boshlang`ich ta`lim o’qituvchilariga, yordamchi maktab o’qituvchilariga ijtimoiy pedagogika fani yuzasidan bilim berish, talabalarning pedagogika, ijtimoiy pedagogika fani bo’yicha savodxonligini oshirish, takomillashtirishdan iboratdir.


Fanning vazifasi: ijtimoiy pedagogikaning asoslarini, metodikasi, kategoriyalarini puxta o’zlashtirish jarayonida pedagogika institutlarining boshlang`ich ta`lim, defektologiya fakultetlari uchun nashr etilgan mavjud darslik, qo’llanmalar materiallariga ijodiy yondashish talab etiladi.

Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu bahsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o‘quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) tug‘ilgandan umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning har xil 5 faoliyatini er va ayolning jinsiy tafovutlarini shuningdek, inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi. Inson ruhiyatining rivojlanish davrlarini aniqlash uchun, shu sohadagi ma’lumotlarni to‘plash ham mazkur psixologiyaning mavzu bahsiga kiradi. Bolaning tug‘ilishidan voyaga yetgunicha har tomonlama rivojlanishi, jamiyatning teng huquqli a’zosi bo‘lgunicha ulg‘ayishi va shaxsining tarkib topishi muammolari psixologik mexanizmlarini aniqlash va sharhlash yosh davrlari psixologiyasi sohasining muhim jihatidir. Yosh davrlari psixologiyasi sohasi inson psixikasi faqat miqdor jihatidan emas, balki sifat jihatdan ham rivojlanishi, takomillashib borishi va o‘zgarishi haqidagi metodologik qoidaga amal qiladi. Yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning psixik rivojlanishi, psixik xususiyatlari va ularning o‘ziga xos omillari mezonlari hamda mexanizmlari haqidagi fandir. Shuningdek, u muayyan yoshdagi insonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi. Shuning uchun ijtimoiy hayotda ta’lim-tarbiyada, guruhlar hamda jamoalarda, ishlab chiqarish va oilaviy munosabatlarda yosh davrlari psixologiyasi alohida o‘rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanish muammosini inson psixikasining rivojlanishi qonunlarini hisobga olmay, oqilona hal qilib bo‘maydi. Shuning uchun hozir «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylandi. Yosh davrlari psixologiyasi, inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu rivojlanishning bosqichlari to‘g‘risidagi fandir. Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarning o‘zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifalarni hal qilish bilan amaliy maqsadlarni ro‘yobga chiqaradi. Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni to‘g‘ri yo‘naltirishga, jamoada ijobiy psixologik iqlim yaratishga, uzoq umr ko‘rish sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga, ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Mazkur psixologiya fanining sohasi XIX asrning boshlarida vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizi qadimgi Yunon madaniyatiga borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to‘g‘risida jahon psixologiyasi olamida turli qarashlar va nazariyalar mavjud Ularning juda keng tarqalganlari biogenetik (V.Shtern), sotsiogenetik (K.Levin) 6 bixevoritsik (E.Torndayk) psixoanalitik (Z.Freyd) nazariyalaridir. Shuningdek, metodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar ham juda ko‘p. Ilmiy psixologik adabiyotlar emperik ma’lumotlar yosh davri psixologiyasining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qator omillar va holatlar sabab bo‘lgan degan xulosaga keldik. Quyida ana shularni bayon qilamiz: 1. Barcha fanlar negiziga kirib borgan evolutsiya g‘oyasining (Ch.Darvin) inson psixikasining rivojlanish jarayonida o‘rganish zarurligi. 2. Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odamlar xatti-harakatini psixik xususiyatlarini va bolalarning o‘sishiga biror bir faoliyatning ta’sirini aniqlash uchun yetarli emasligini e’tirof etish. 3. Yosh davrlari psixologiyasi insonning (tug‘ilganidan umrining oxirigacha) kamoloti uchun metodologik va nazariy ahamiyatga ega ekanligi tan olingani. 4. Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab o‘quvchilari, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarining talabalari, ishchilar, xodimlar, qariyalar har xil psixologik xususiyatlarga ega ekanligi sababli tarbiya, ishlab chiqarish, ijtimoiy ta’minot muassasalari, yetimxonalar, bolalar uyi, kaloniyalar maxsus maktablar, internatlar, psixonevrologik dispanserlar, qariyalar uylari, shifoxonalar va boshqalar) ning xodimlarida ehtiyojlar ortib borayotgani . 5. Tibbiyot fani va uning tarmoqlari rivojlanishi psixiatriya, psixonevralogiya, psixogigiyena, neyroxirurgiya, sangigiyena bolalar va kattalar patalogiyasi, genetika, oliy nerv faoliyati va hokazolar bo‘yicha kopleks tadqiqotlarning vujudga kelishi, psixologiya biologiya, meditsina, sotsiologiya fanlarining hamkorligida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi. 6. Yuridik psixologiya va uning sohalari ijtimoiy hayotimizda sezilarli o‘rin egalayotgani hamda yoshlar o‘rtasida qonunbuzarlikning ortib borayotgani (sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, penitensiar yoki axloq tuzatish mehnati psixologiyasi, voyaga yetmagan qonunbuzarlar muammosi va jinoyatning oldini olish masalasi). 7. Amaliy psixologiyaning ijtimoiy-siyosiy tus olayotgani va turmushning har bir jabhasiga kirib borishi, shuningdek, o‘z o‘rnini topayotgani (psixologik maslahatlar auto va sotsial treninglar, ishbilarmonlik o‘yinlari profesiogramma psixodiagnostika va hokazolarga talab ortishi). 7 8. Psixologiya fani sohalarining inson ontogenezidagi o‘zgarishlariga doir, bilimlarga eрtiyoji va talabi ortayotgani (harbiy, sport, savdo, mehnat, kosmik, injenerlik, ijod, aviatsiya psixologiyasiga aniq materiallar zarurligi. 9. Ekologiya muammolari, zoopsixologiya va etalogiya vazifalari, millatlararo munosabatlarini barqarorlashtirish, insonparvarlik g‘oyalarini turmush tarziga olib kirish masalalarining dolzarbligi (ekologiya va inson, qiyosiy psixologiya, shaxs psixologiyasi etnik psixologiya va hokazo). 10. Moddiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish, sanoatda va qishloq xo‘jaligida kishilarning haqiqiy xo‘jayinlik tuyg‘usini uyg‘otish, aqliy va jismoniy imkoniyatlarni qidirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, inson-texnika, yer-inson, inson-iqlim, munosabatlarini izchil o‘rganish zarurligi. 11. Oilaviy munosabatlarni yaxshilash, ajralishlarning oldini olish Inoq oila yaratish yoshlarni turmushga tayyorlash, o‘z joniga qasd qilish hollarini bartaraf etish, oilada teng huquqlilikni qaror toptirish va bolalar tarbiyasini yaxshilish vazifalari. 12. Inson uzoq umr ko‘rishning sirlarini – gerontopsixologik qonuniyatlarni targ‘ib qilish, davlat muassasalarida psixologik bilimdan o‘z o‘rnida foydalanish, uzoq umr ko‘rishga zamin tayyorlash, qariyalar pansionatlarida ularning ruhiyatiga mos munosabatda odilona muloqotda bo‘lish kerakligi yosh davri psixologiyasini rivojlantirishni taqozo etmoqda. Turli yoshdagi insonlar psixikasining rivojlanishi, o‘zgarishi, vatanimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning axloqiy va jismoniy kamol topishiga ijobiy ta’sir qiladigan omillar hamda shartsharoitlarni bilish va ulardan unumli foydalanish hozir nihoyatda zarur bo‘lib qoldi. Yosh davri psixologiyasi fanini o‘rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. U ham bashqa fanlar qatorida rivojlandi, bunda eksperimental biologiya va genetika, meditsina sotsiologiya kabi fanlarning ahamiyati katta.Yosh davri va diferinsial psixologiya fani dialektikani prinsiplariga, oliy nerv faoliyati qonunlariga diferinsial psixofiziologiya qonuniyatlariga, psixologlar to‘plangan materiallarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o‘zgarishi yuzasidan bahs yuritadi, ijtimoiy turmushning barcha jabhalaridagi amaliy masalalarni hal qilishda faol ishtirok etadi. 8 Mazkur fan sohasi o‘zining predmeti hamda vazifasini umumiy psixologiyaning asosiy prinsiplari va qoidalariga tayangan holda belgilaydi. Yosh davri psixologiyasi quyidagi prinsiplarga rioya qiladi. 1. Dealektik materializm ta’limotiga binoan psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati yoki miyaning mahsulidir. Odatda psixika tashqi dunyoning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta’sir etishi asosida vujudga kelib, sezgi, idrok, tassavur, xotira, tafakkur, nutq xayol kabi bilish jarayonlarida, shuningdek, shaxsning xususiyatlari va turli vaziyatlardagi his-tuyg‘usi va xarakter xislatlarida, qiziqishi va ehtiyojlarida o‘z ifodasini topadi. 2. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi dunyodan kirib keladigan qo‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari psixik hodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi ta’sirning natijasida hosil bo‘ladi. Bosh miya po‘stlog‘ida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari I.P.Pavlovning nerv jarayonlarining irradiatsiyasi, konsentratsiyasi hamda o‘zaro induksiyasi qonunlari zamirida ro‘y beradi. Bu qonunlar turli yo‘sinda muvaqqat bog‘lanishlar, assotsiatsiyalar qanday yuz berayotganini, qanday shart-sharoitda tormozlanishini (qo‘zgalishni), muvaqqat bog‘lanishlarning yo‘qolayotgani yoki paydo bo‘layotganini tushuntirish imkonini beradi. Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv bog‘lanishlarining birlashish mexanizmi hamda analizatorlar faoliyati mexanizmlari ta’sirida hosil bo‘ladi. Yuqoridagi ta’limotga ko‘ra har ikkala mexanizm hayvonlarning tashqi olamga munosabatini aks ettiradi. Shuning uchun psixik faoliyat voqelikni aks ettirishdan, oliy nerv faoliyatining tashqi olamini timsollar sifatida ifodalanishdan iboratdir. 3. Psixikani tadqiq etish insonning butun ongi faoliyatini uning ham nazariy ham amaliy hayot faoliyatini o‘rganishdir. Odam zotining ongliligi uning turli-tuman faoliyatida xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga ega bo‘lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topa boradi. Bunda muhit, irsiy belgilar, tarbiya asosiy omillar hisoblanadi. Inson o‘zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-siyosiy muhit ta’siri ostida bilimlarini o‘zlashtirib boradi, ijtimoiylashadi, tarixan o‘zgaradi. Ontogenezda uning his-tuyg‘ulari, 9 xarakteri, qobiliyati, iqtidori, tafakkuri, ehtiyojlari, e’tiqodlari, uni faollikka da’vat qiluvchi harakat motivlari, istaklari tilaklari, xohishlari, pozitsiyasi ham asta-sekin o‘zgarib boradi. 4. Insonning bilish faoliyati rivojlanishi unga o‘zini qurshab turgan borliqni yanada chuqurroq, to‘g‘riroq, to‘laroq va aniqroq aks ettirish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli yo‘sindagi o‘zaro bog‘lanishlari, murakkab munosabatlar va aloqalarni tabora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o‘ziga munosabati vujudga keladi. 5. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon bo‘ladi. Tarixiy materializm ta’limoticha, insonning moddiy turmushi, u hayot kechirayotgan tuzumning moddiy asosigina emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, e’tiqodlari, dunyoqarashlari, ijtimoiy voqelikga munosabatlari, intilishlari, faoliyatlari, ijod mahsullari va xattiharakatlarining majmuasidir. 6. Insonning borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Ma’lumki, inson zotining rivojlanishi obyektiv borliqqa va o‘ziga faol ta’sir ko‘rsatishida sodir bo‘ladi. Bolaning katta yoshdagi kishilar tashkil qiladigan amaliy faoliyati, masalan: o‘yini, kuzatishi, mehnati, o‘qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi hamda qiziqishining barqarorlashuvi, iqtidorning takomillashishi va boshqalar uning psixik rivojlanishini ifodalaydi. Kuzatish metodi. Yosh davri psixologiyasida bu metodning obyektiv (tashqi) va subyektiv (o‘zini-o‘zi) kuzatish turlari bor. Inson psixikasida o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 1) kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2) kuzatiladigan obyekt tanlanadi; 3) sinaluvchining yoshi jinsi aniqlanadi; 4) tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi; 5) kuzatish qancha davom etishi qat’iylashtiriladi; 6) kuzatish insonning qaysi faoliyatida amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 7) kuzatishning shakli (yakka guruh, jamoa bilan o‘tkazilishi) tayinlanadi; 8) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, vidiomagnitafon va boshqalar) taxt qilinadi. Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg‘ulari, asab tizimining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolari o‘rganiladi. Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o‘rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning obyekti va subyekti

Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o`quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) tug`ilgandan umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi xamda o`zaro munosabati qonuniyatlarini urganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlarini,uning xar xil faoliyatini er va ayolning jinsiy tafovvutlarini, shuningdek inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jixatdan tadqiq qiladi.


Inson ruxiyatining rivojlanish davrlarini aniqlash uchun, shu soxadagi ma`lumotlarni tuplash xam
mazkur psixologiyaning mavzu baxsiga kiradi. Bolaning tug`ilishidan voyaga etgunicha xar tomonlama rivojlanishi, jamiyatning teng xukukli a`zosi bulgunicha ulgayishi va shaxsining tarkib topishi muammolarini bularning psixologik mexanizmlarini aniqlash va sharxlash yosh davrlari psixologiyasi soxasining muxim jixatidir. Yosh davrlari psixologiyasi soxasi inson psixikasi faqat miqdor jixatidan emas, balki sifat jixatdan xam rivojlanishi, takomillashib borishi va o`zgarishi xakidagi metodologik koidaga amal qiladi.
Yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning psixik rivojlanishi, psixik xususiyatlari va ularning o`ziga xos omillari me`zonlari xamda mexanizmlari xakidagi fandir. Shuningdek u muayyan yoshdagi insonlarning o`ziga xos xususiyatlarini xam urganadi. Shuning uchun ijtimoiy xayotda ta`lim-tarbiyada, gruxlar xamda jamoalarda ,ishlab chikarish va oilaviy munosabatlarda yosh davrlari psixologiyasi aloxida urin to`tadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanish muammosini inson psixikasining rivojlanishi qonunlarini xisobga olmay okilona xal qilib bumaydi. Shuning uchun xozir «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylandi. Yosh davrlari psixologiyasi- inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari xamda shu rivojlanishning boskichlari to`g`risidagi fandir.
Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazif
asi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, xolat va shart sharoitlarning o`zaro ta`siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.
Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifalarni xal qilish Bilan Amaliy maksadlarni ruyobga chikaradi. Ta`lim tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi. moddiy nematlar ishlab

chikarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni to`g`ri yo`naltirishga, jamoada ijobiy psixologik iklim yaratishga, uzok umr kurish sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mutsaxkamlashga ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Mazkur psixologiya fanining soxasi 19-asrning boshlarida vujudga kelgan lekin dastlabki ildizi kadimgi Yunon madaniyatiga borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to`g`risida jaxon psixologiyasi olamida turli karashlar va nazariyalar mavjud Ularning juda keng tarqalganlari biogenetik (V.Shtern), sotsiogenetik (K.Levin) bixevoritsik (e.Torndayk) psixoanalitik (Z.Freyd) nazariyalaridir. Shuningdek metodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar xam juda kup. lmiy psixologik adabiyotlar emperik ma`lumotlar yosh davri psixologiyasining mutsakil Fan sifatida ajralib chiqishiga kator omillar va xolatlar sabab bo`lgan degan xulosaga keldik. quyida ana shularni bayon kilamiz.


1.Barcha fanlar negiziga kirib borgan evolyutsiya goyasining (Ch.Darvin) inson psixikasining rivojlanish jarayonida urganish zarurligi.
2.Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odamlar xatti xarakatini psixik xususiyatlarini va bolalarning o`sishiga biror bir faoliyatning ta`sirini aniqlash uchun etarli emasligini e`tirof etish.
3.Yosh davrlari psixologiyasi insonning (tug`ilganidan umrining oxirigacha) kamolati uchun metodologik va nazariy axamiyatga ega ekanligi tan olingani.
4.Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar ,maktab o`quvchilari, urta va oliy ukuv yurtlari ning talabalari, ishchilar, xodimlar kariyalar xar xil psixologik xususiyatlarga ega ekanligi sababli tarbiya, ishlab chikarish ,ijtimoiy taminot muassasalari, etimxonalar, bolalar uyi, koloniyalar maxsus maktablar, internatlar, psixonevrologik dispanserlar, kariyalar uylari, shifoxonalar,va boshka Lar)ning xodimlarida extiyojlar ortib borayotgani .
5.Tibbiyot Fani va uning tarmoklari rivojlanishi psixiatriya, psixo-nevralogiya, psixogigiena, neyroxirurgiya, sangigiena bolalar va kattalar patalogiyasi, genetika, oliy nerv faoliyati va xokozolar buyicha kopleks tadqiqotlarning vujudga kelishi, psixologiya biologiya, meditsina, sotsiologiya fanlarining xamkorligida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi.
6.Yuridika psixologiyasi va uning soxalari ijtimoiy xayotimizda sezilarli urin egalayotgani xamda yoshlar urtasida qonunbuzarlikning ortib boayotgani (sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, penitentsiar yoki axlok tuzatish mexnati psixologiyasi, voyaga etmagan qonunbuzarlar muammosi va jinoyatning oldini olish masalasi).
7.Amaliy psixologiyaning ijtimoiy siyosiy tus olayotgani va turmushning xar bir jabxasiga kiribborishi, shuningdek uz urnini tpayotgani (psixologik konsultatsiyalar maslaxatlar auto va sotsial treninglar, ishbilarmonlik uyinlari profesiogramma psixodiagnotsika va xokozolarga talab ortishi).
8. Psixologiya fani soxalarining inson ontogenezidagi uzgarishlariga doir, bilimlarga extiyoji va talabi ortayotgani (xarbiy, sport, savdo, mexnat, kosmik, injenerlik, ijod, aviatsiya psix`ologiyasiga aniq materiallar zarurligi.
9. Ekologiya muammolari, zoopsixologiya va etalogiya vazifalari, millatlararo munosabatlarini barqarorlashtirish, insonparvarlik goyalarini turmush tarziga olib kirish masalalarining dolzarbligi (ekologiya va inson, kiyosiy psixologiya, shaxs psixologiyasi etnik psixologiya va xokozo)
10.Moddiy ishlab chikarishni kupaytirish, sanoatda va kishlok xujaligida kishilarning xakikiy xujayinlik tuygusini uygotish, akliy va **oniy imkoniyatlarni kidirish, ishlab chikarish samaradorligini oshirish, inson-inson inson-texnika, er-inson, inson-iklim, munosabatlarini izchil urganish zarurligi.
11. Oilaviy munosabatlarni yaxshilash, ajralishlarning oldini olish
Inok oila yaratish yoshlarni turmushga tayyorlash, uz xoliga kasd qilish xollarini bartaraf etish, oilada teng xukuklilikni karor toptirish va bolalar tarbiyasini yaxshilish vazifalari.
12.Inson uzok umr kurishning sirlarini – gerontopsixologik qonuniyatlarni ochi shva targib qilish davlat muassasalarida psixologik bilimlarlardan uz urnida foydalanish ,uzok umr kurishga zamin tayyorlash ,kariyalar pansionatlarida ularning ruxiyatiga mos munosabatda .odilona mulokatda bulish kerakligi yosh davri psixologiyasi rivojlantirishni takkoza etmokda.
Turli yosh xar xild jinsdagi insonlar psixikasining rivojlanishi , uzgarishi , vatanimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning axlokiy va **oniy kamol topishiga ijobiy ta`sir qiladigan omillar xamda shart-sharoitlarni bilish va ulardan unumli foydalanish xozir nixoyatda zarur bo`lib koldi.
Yosh davri psixologiyasi fanini urganish xam nazariy, xam Amaliy axamiyatga ega.
U ham bashqa fanlar qatorida rivojlandi , bunda eksperimental biologiya va genetika, meditsina sotsiologiya kabi fanlarning xizmati katta buldi.Yosh davri va diferintsial psixologiya Fani dialektikani printsiplariga, oliy nerv faoliyati qonunlariga diferintsial psixofiziologiya qonuniyatlariga, psixologlar tuplangan materiallarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, uzgarishi yuzasidan baxs yuritadi,Ijtimoiy turmushning barcha jabxalaridagi amaliy masalalarni xal qilishda faol ishtirok etadi.
Mazkur Fan soxasi o`zining predmeti xamda vazifasini umumiy psixologiyaning asosiy printsiplari va koidalariga tayangan xolda belgilaydi. Yosh davri psixologiyasi quyidagi printsiplarga rioya qiladi.
1. Dealektik materializm ta`limotiga binoan psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va yoki miyaning maxsulidir.Odatda psixika tashki dunyoning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta`sir etishi asosida vujudga kelib, sezgi, idrok, tassavur, xotira tafakkur, nutk xayol kabi bilish jarayonlarida , shuningdek shaxsning xususiyatlari va xolatlarida diqqati xia-tuygusi va xarakter xislatlarida, kizikishi va extiyojlarida uz ifodasini topadi.
2. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashki dunyodan kirib keladigan kuzgatuvchilarga ichki yoki tashki biologik organlar javob reaktsiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan muvakkat nerv boglanishlarida vujudga keladigan muvakkat nerv boglanishlari psixik xodisalarning fiziologik asoslari xisoblanadi va ular tashki ta`sirning natijasida xosil bo`ladi. Bosh miya putslogida vujudga keladigan muvakkat nerv boglanishlari I P Pavlovning nerv jarayonlarining irradiatsiyasi, kontsentratsiyasi xamda o`zaro induktsiyasi qonunlari zamirida ruy beradi. Bu kounlar turli yusunda muvakkat boglanishlar, assotsiasiyalar kanday yuz berayotganini, kanday shart sharoitda tormzlanishini (kuzgalishni), muvakkat boglanishlarning yukolayotgani yoki paydo bulayotganini tushuntirish imkonini beradi.
Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funktsiyasi muvakkat nerv boglanishlarining birlanish mexanizmi xamda analizatorlar faoliyati mexanizmlari ta`sirida xosil bo`ladi. Yuqoridagi ta`limotga kura xar ikala mexanizm xayvonlarning tashki olamga munosabatini aks ettiradi. Shuning uchun psixik faoliyat vokelikni aks ettirishdan, oliy nerv faoliyatining tashki olamini timsollar sifatida ifodalanishdan iboratdir.
3.Psixikani tadkik etish insonning butun ongi faoliyatini - uning xam nazariy xam Amaliy xayot faoliyatini urganishdir. Odam zotining ongliligi uning turli tuman faoliyatida xatti-xarakatlarida namoyon bo`ladi. Inson shaxsi xar xil shakl va mazmunga ega bo`lgan nazariy xamda Amaliy faoliyatlarda tarkib topa boradi. Bunda muxit, irsiy belgilar, tarbiya asosiy omillar xisoblanadi.
Inson o`zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-siyosiy muxit ta`siri otsida bilimlarini uzlashtirib boradi, ijtimoiylashadi, tarixan uzgaradi. Ontogenezda uning xis tuygulari, xarakteri, kobiliyati, iqtidori, tafakkuri, extiyojlari, e`tikodlari, uni faollikka da`vat kiluvchi xarakat motivlari, itsaklari tilaklari, xoxishlari, poxzitsiyasi xam atsa-sekin uzgarib boradi.
4.Insoning bilish faoliyati rivojlanishi unga o`zini qurshab turgan borliqni yanada chuqurroq, to`g`riroq, to`larok va aniqrok aks ettirish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl moxiyatini, turli yusundagi o`zaro boglanishlari, murakkab munosabatlar va aloqalarni tabora aniqrok yoritadi. Shu Bilan birga mazkur jarayonlarnda shakllanib kelayotgan insonning borliqka, vokelikka, **larga, kishilarga va o`ziga munosabati vujudga keladi.
5. Inson ongining rivojlanishi uning tashki olamni faol aks ettirishda namoyon bo`ladi. Tarixiy materializm ta`limoticha, insoning moddiy turmushi, u xayot kechirayotgan tuzumning moddiy asosigina emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, e`tikodlari, dunyoqarashlari, ijtimoiy vokelikka munosabatlari, intilishlari, faoliyatlari, ijod maxsullari va xatti-xarakatlarining majmuasidir.
6. Insoninng borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Ma`lumki, inson zotining rivojlanishi ob`ektiv borliqka va o`ziga faol ta`sir kursatishida sodir bo`ladi. Bolaning katta yoshdagi kishilar tashkil qiladigan Amaliy faoliyati, masalan uyini, kuzatishi, mexnati, ukishi, adabiy asarni mutolaa qilishi xamda kizikishining barqarorlashuvi, iqtidorning takomillashshi va boshkalar uning psixik rivojlanishini ifodalaydi.
Kuzatish metodi. Yosh davri psixologiyasida bu metodning ob`ektiv (tashki) va sub`ektiv (o`zini-o`zi) kuzatish turlari bor. Inson psixikasida uzgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 1) kuzatishning maksadi, vazifasi belgilanadi; 2) kuzatiladigan ob`ekt tanlanadi; 3) sinaluvchining yoshi jinsi aniqlanadi; 4) tadqiqot utkazish vakti rejalashtiriladi; 5) kuzatish qancha davom etishi kat`iylashtiriladi; 6) kuzatish insoning kaysi faoliyatida amalga oshirilishi tavsiya kilinadi; 7) kuzatishning shakli (yakka gurux, jamoa Bilan utkazilishi) tayinlanadi; 8) kuzatilganlarni kayd qilib borish vositalari (kundalik, suxbat daftari, kuzatish varakasi, magnitafon, videomagnitafon va boshkalar) taxt kilinadi.
Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati, xis-tuygulari, nerv sistemasining tashki ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, xulk-atvori, nutk faoliyati va xakaozalari urganiladi.
Suxbat metodi. Bu metod Bilan inson psixikasini urganishda suxbatning maksadi va vazifasi belgilanadi, uning bo`ekti va sub`ekti tanlanadi, mavzusi, utkaziladigan vakti aniqlanadi, yakka shaxslar, gurux va jamoa Bilan utkazish rejalashtiriladi, urganilayotgan narsa Bilan uzviy boglik savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suxbatning bosh maksadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni xal qilish jarayonida isnon psixikasidagi uzgarishlarni urganishdir. Suxbat orqali turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, akl-zakovati, xulk-atvori, kizikishi, ziyrakligi, bilim saviyasi, e`tikodi, dunyoqarashi, irodasi to`g`risida ma`lumotlar olinadi.
Faoliyat maxsulini taxili qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, kobiliyati va xayolning xususiyatlarini aniqlash maksadida be metod yosh davri psixologiyasida keng qo`llanadi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan uyinchoklar, modellar, yozgan she`rlarni taxlil kili shorqali ularning mantikiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy va adabiy kobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallar tuplash mumkin. Mazkur metodddan foydalanishda maxsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Ob`ekt Bilan sub`ekt urtasida muloqot urnatish uchun shaxsning psixikasi to`g`risida sirtdan muayyan xukm xulosa chikriladi.
Test metodi. Test- inglizcha So`z bo`lib, sinash, tekshirish, demakdir. Shaxsning akliy o`sishini, kobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshka psixik xususiyatlarini tekshirishda qo`llaniladigan kiska tsandart masala, topshirik, misol jumboklar test deb ataladi: test ayniqsa odamning kanday kasbni egallash mumkinligini, kasbga yarokliligi yoki yaroksizligini, itse`dodlilar va akli zaiflarni aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo`llaniladi. Test metodining kimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, yigilgan psixologik ma`lumotlarning ob`ektivligi va ularni ilmiy taxlil kila bilishga boglikdir.
1905 yildan, ya`ni frantso`z psixologi A Bine va uning shogirdi A Simon insoning akliy o`sish va is`tedod darajalarini ulchash imkoniyatini borligini goyasini olga surganidan keyin psixologiyada tts metodi qo`lana boshlandi.
Xozirgi davrda nodir testlar katoriga psixologlardan Rorshax, Rozentsveyg, Kettil, Varetgg, Veksler, Meyli, Ayze, Anatsazi, Raven va boshkalar ijodining namunalarini kiritish mumkin.
Tajriba metodi. Bu metod turli yoshdagi odamlarning psixikasini chuqurroq, aniqrok tadkik qilish metodalari ichida eng muxumi xisoblanadi. Eksperement metodi yordamida sun`iy tushunchalarning shakllanishi, nutkning o`sishi, favqo`lotda xolatlardan chiqish, muammoli vaziyatni xal qilish jarayonlari, shaxsning xis-tuygulari, xarakter iva tipologik xususiyatlari urganiladi.
Tajriba metodi uz navbatida tabiiy va labaratoriya metodlariga ajaratiladi. Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni xal qilishda qo`llaniladi. Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda. A.F,Lazurskiy ta`riflagan. Tabiiy metoddan foydalanishda ishlab chikarish jamoalari a`zolarining, ilmiy muassalar xodimlarining, ukituvchilar, keksaygan kishilarning psixologik uzgarishlari, o`zaro munosabatlari, ish kobiliyatlari, mo`taxasislikka yarokliligi muammolarini xal qilish nazarda tutiladi.
Labratoriya metodi kupincha individual shaklida sinaluvchilardang yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yul-yuriklar, tavsiyalar, kursatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Xozir inson psixikasidagi uzgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron xisoblash mashinalari, kurilmalar, moslama va jixozlar mavjud. Ular odamdagi psixologik jarayonlar, xolatlar, funktsiyalar, vujudga kelayotgan Yangi sifatlarni kayd kili shva ulchashda qo`llaniladi.
Biografiya metodi. Inson psixikasini tadkiki qilish uchun uning xayoti, faoliyati, ijodiyoti to`g`risidagi ogzaki va yozma ma`lumotlar muxim axamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai xoli, kundalgi, xatlari, esdaliklari, uzgalar ijodiga bergan baxolari, tanbexlari, takrizlari aloxida urin egallaydi. Shu bilan birga uzgalar tamonidan tuplangan tarjiami xoll xakidagi materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baxolar, magnitafon ovozlari, fotolavxalar, xujjatli fil`mlar, takrizlar urganilayotgan shaxsni to`larok tasavvur etishga xizmat qiladi.
Anketa metodi. Yosh davri psixologiyasida keng qo`llaniladigan metodlardan biridir. Uning yordamida turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlari, narsa va xodisalarga munosabatlari urganiladi.
Anketa odatda uchta xil to`ziladi. Ularning birinchi xili anglashilgan motivlarni aniqlashga muljallangan savollardan to`ziladi. Ikkkinchi xilida xar bir savolningbir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchunchi xil anketada sinaluvchiga yozilgan to`g`ri javoblarni ballar Bilan baxolash tavsiya etiladi, anketadan turli yoshdagi odamlarning layokatlarini, muayyan soxaga kizikishlari va kobiliyatlarini, o`ziga, tengdoshlariga, katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maksadida foydalaniladi.
Sotsiometrik metod. Bu metod kichik gurux a`zolari urtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni urganish va ularning darajasini ulchashda qo`llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Morenko asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruxdagi xar bir a`zoning o`zaro munosabatini aniqlash uchun uning kaysi faoliyatida Kim Bilan birga katnashishi suraladi. Olingan ma`lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi.
Yosh davrlar psixologiyasi fani ham psixologiya ilmining boshqa sohalari singari o`zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Psixologik qonuniyatlarni muayyan reja asosida olib boriladigan tekshirishlar tufayligina xolisona aniqlik kiritish mumkin. Psixologik tadqiqotlar jarayonini quyidagi asosiy bosqichlarga bo`lish maqsadga muvofiqdir:
1. Muammoning qo`yilshi. Har qanday ilmiy-tekshirish ishlari kabi, psixologiyada olib boriladigan ilmiy tekshirish ishlari ham nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo`lgan muammoni aniqlashdan, shuningdek bu muammo fanda qanchalik yoritilganligini aniqlash maqsadida mazkur mavzuga oid ilmiy va maxsus adabiyotlarni taxlil qilishdan boshlanadi.
2. Tadqiqot metodikasini tanlash. Psixologik tadqiqotlar turli metodlar {bu metodlar haqida quyida batafsil fikr yuritiladi) bilan olib boriladi. Tekshirishlarning muvaffaqiyatli chiqishi ko`p jihatdan metodni to`g`ri tanlashga bog`liq bo`ladi.
3. Ma`lumotlarni to`ilash. To`plangan ma`lumotlar o`rganilayotgan muammoga mos bo`lishi yoki ularni to`plash maqsadda muvofiq ravishda olib borilishi zarur. Ilmiy ma`lumotlarga bo`lgan asosiy talablar - bu ularning xolisona, to`la va izchil bo`lishidir. To`plangan ma`lumotlar o`rganilayotgan muammoni har jihatdan tavsiflab berishi kerak,
4. Ma`lumotlarni qayta ishlash. To`plangan ma`lumotlarni matematik va mantiqiy jihatdan ishlab chiqish umumiylikni, xususiylikni topish va ularni tasodifiy ma`lumotlardan ajratash imkonini beradi. Bunda to`plangan ma`lumotlarning o`rtacha miqdori (arifmetik, kvadrat va hokazo), protsentlari aniqlanadi, sonlarga oid ma`lumotlar jadvallarga joylashtiriladi, grafik, diagramma va chizmalarda o`z aksini topadi. Murakkab mo`tanosiblikdagi ma`lumotlarni topishda esa variatsion statistika metodlari qullaniladi.
5. qonulnyatlarnyang ifodllaniish. Bu tadqiqotning birmuncha murakkab va mas`uliyatli bosqichi hisobanadi, Chunki, bu bosqichda ma`lumotlarning mohiyatiga qanchalik chuqur tushunilgamligi, ularning o`zaro bog`liqligini hisobga olib, bosqich ma`lumotidan har turli xulosa chiqarish mumkin. Ko`pmncha chiqarilgan xulosalar taxminiy xarakterga ega bo`lib, keyingi tekshirishlar, aniqlashlar uchun asos bo`ladi.


Adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»., Toshkent, 1997 y.
2. Mavlonova R.A., To’rayev O.T., Xolikberdiyev K.M. - «Pedagogika» T., «O’qituvchi» - 2008.
3. Mavlonova R.A., Vohidova N. “Ijtimoiy pedagogika”. T., 2009 y.
4. Minavarov A. «Pedagogika» -. T, «O’qituvchi» 1996. III. Якуний босқич 295
5. Tursunov I.YU., Nishonaliyev U - «Pedagogika» -T. 1997.
6. www.bilim.uz.
7. http.philosophy.albertina.ru
. 8. www.history.ru.
10. www.philosophy.com.
Yüklə 53,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin