Zamburug’larning jinsiy ko’payishi nihoyatda turli-tuman. Tuban zamburug’larda xalogamiya, izogamiya kurinishida ancha murakkab tuzilgan, vakillari va yuksak zamburug’larda jinsiy ko’payishi oogamiya, zigogamiya va konyugatsiya shaklida o’tadi.
Zigotasi ma’lum tinim davrini utaydi, reduksion bo’linishidan sung zigotasi unib chiqadi va zoospora yoki zoosparangiyli, sporangiy yoki konidiyli kiska gifa hosil qiladi.
Tuban zamburug’larningbutun individual taraqqiyot davri gaploid, diploid faqat zigota hisoblanadi. Ko’p hujayrali, mitseliyli yuksak zamburug’larning jinsiy ko’payishi tashki kurinishiga ko’ra nihoyatda turli - tuman ularning ayrim jinsiy organlarga differensiyalashgan tananing suyukligi biridan ikkinchisiga utishi natijasiga, boshqalarida harakatsiz mayda hujayralar - spermatsiyalar uruglantiradi. Uchinchi xil zamburug’larning jinsiy ko’payish organlari reduksiyalangan va uruglanish protoplastning bir vegetativ tanasidan ikkinchisiga utishi orqali yoki bir hujayradagi yadrolarning juft bo’lib kushilishi natijasida sodir bo’ladi.
Yuksak zamburug’larda jinsiy ko’payish davrida protoplazma kushilgandan sung yadrolar darxol kushilmaydi, ma’lum Vaqt ichida ko’payadi va juft bo’lib dikkarionlar hosil qiladi. Yadrolarning jinsiy kushilishidan sung (kariogamiya) hosil bo’lgan diploid yadro ko’p Vaqt rejduksion bo’linadi va hosil bo’lgan gaploid yadrolar jinsiy ko’payish yadrolari hisoblanadi.
Shunday qilib, yuksak zamburug’larning rivojlanish siklida konuniy ravishda uch faza navbatlashadi: gaploid, dikarion, diploid. Diploid fazaodatda juda kiska Vaqtni, gaploid va dikarion fazalar esa zamburug’larning turiga qarab turlicha Vaqtni egallaydi. Jinsiy jarayon natijasida hosil bo’lgan sporalar 8 tadan bo’lib endogen holda maxsus hujayralar ichida kariogamiya va reduksion bo’linish sodir bo’lgan xaltalarda yoki ekdogen ravishda 4tadan bazidiyatlar deb ataluvchi maxsus hujayralar ustida hosil bo’ladi.
Entogen sporalar askospora, ekzogen sporalar esa ba’zi diosporalardeb yuritiladi. Zamburug’larning rivojlanish siklida jinsiy va jinssiz sporalarning hosil bulishi konuniy ravishda almashinadi va jinsiy sporalar hosil bulishi rivojlanish siklining oxiri hisoblanadi. Zamburug’lar chirigan tungunaklarda, o’simlik koldikldarda, tuproqda, yogoch ko’priklar va nam yogoch kurilmalarda uchraydi. Ular chirindi moddlarga boy bo’lgan nam tuproqlarda, organik moddlarni minerallashishida aktiv katnashadi. Zamburug’larning bir yillik va ikki yillik hamda ko’p yillik turlari mavjud. Ko’p yillik parazit zamburug’lar butun umri davomida xo’jayin o’simlik bilan boglik ravishda yashaydi, uni kasallantiradi, chiritadi va xo’jayin o’simlik kuriganda ham oziqlanishning saprofit stadiyasiga utib, uning chirigan kismlarida hayot kechiradi. Parazit zamburug’larining aksariyat qismi o’simlik va hayvonlar organizmida parazitlik qiladi.
Parazit zamburug’larning xo’jayin o’simlik nobud bo’lgandan sung saprofit oziqlanishga o’tadigan turlari fakultativ parazitlar deyiladi. Faqat parazitlikyuli bilan oziqlaniuvchi zamburug’lar esa obligat parazitlar deb yuritiladi. Zamburug’larning ko’pincha o’simliklarda parazitlik qilishning asosiy sababi, ularda o’simlik uglevodlari va hujayra kobigini parchalaydigan fermentlarning bulishi va nordon reaksiyali muxitning ular uchun qulayligidir. Oqsilga boy hayvon organizmida zamburug’lar bakteriyalar konkurensiyasiga chidash berolmaydi, chunki bakteriyalar tez ko’payib hayvon organizmida ishkoriy muxitni vujudga keltiradi.
Jinsiy ko’payish energiyasiga ko’ra zamburug’lar barcha tuban o’simliklardan ustun, ayrim zamburug’larning meva tanasi 1-7 mln spora hosil qiladi.
Zamburug’larni kelib chiqishi tug‘risida aniq bir fikr yo’q. Shubxasiz zamburug’lar eng qadimiy o’simliklardan hisoblanadi. Ayrim botanik olimlarning nuktai nazariga ko’ra zamburug’lar suv o’tlaridan kelib chikkan va keyinchalik tarixiy taraqqiyot davomida xlorofilini yo’qotgan. Ularning ipsimon shakldagi vakillari, spora va sporangiylarining tuzilishi jinsiy jarayonda bir hujayrasi maxsulotining ikkinchisiga kushilishi qabilar suv o’tlariga yakinligidan dalolat beradi. Boshqa olimlarning fikricha, zamburug’larning ilk ajdodlari hujayrasiz sodda hayvonlar hisoblanadi.
Zamburug’larda xlorofilni bo’lmasligi ham turlicha talkin qilinadi. Ayrim olimlarning fikriga ko’ra boshlab zamburug’lar suv o’tlaridan kelib chikkan va ammo tarixiy taraqqiyot jarayonida oziqlanishi bilan boglik ravishda xlofilini yo’qotib parzit va saprofiylik bilan hayot kechirish xolatiga utgan. Botanik olimlarning boshqa bir guruxi zamburug’lar o’zoq tarixiy tarkkiyotni boshida ham xlorofilsiz bo’lgan va ular xivchinlilardan kelib chikkan deb tushuntiradilar. Zamburug’lar evolyusiyasi suvda kuriklikka chiqish tomon o’zgara borgan va tarixiy taraqqiyot jarayonida zoospora (harakatchan spora) hosil qilish kamaya borib, asosan harakatsiz sporalar hosil қilishga utilgan. Zamburug’larning rivoj topishi yopik urugli o’simliklar bilan o’zviy boglik. Aniqlanishicha, zamburug’larning aksariyat qismi yopik uruglilarga parazitlik qilish va sopradiotlik yuli bilan ularni parchalash asosida hayot kechiradi.
Zamburug’lar bo’limi chukur va har tomonlama urganilishi va ko’p martalab reviziya kilinishiga karamasdan, uning aniq ko’pchilikni kanoatlantiradigan klassifikasiyasi bor deb bo’lmaydi. Shartli ravishda bu o’simliklar dunyosining Uziga xos bo’limini tuban va yuksak zamburug’larga bo’lib o’rganish tavsiya qilinadi. Ular o’z navbatida tegishli sinflarga ajratiladi. Biz quyida zamburug’larning quyidagi 5 sinfga bo’lib o’rganishning ma’kul topdik.
Arxemersitsimonlar - Archimycetes
Fikomitsetsimonlar - Phycomycetes
Askomitsetsimonlar - Ascomycetes
Bazidiomitsetsimonlar - Basidiomycetes
Takomillashmagan zamburug’lar – Fugi imperfecti