1. Zamburug’‘lar va ularning tuzilishi, ko’payishi, klassifikatsiyasi?


Ularning mitseliysi mutlaqo bo`lmaydi yoki faqat boshlang`ich holatda zoospora va



Yüklə 282,5 Kb.
səhifə5/8
tarix18.06.2023
ölçüsü282,5 Kb.
#132274
1   2   3   4   5   6   7   8
1425978030 60220

Ularning mitseliysi mutlaqo bo`lmaydi yoki faqat boshlang`ich holatda zoospora va gametalari bir xivchinli, harakatchan, jinsiy jarayon oogamiya, geterogamiya va oogamiya ko`rinishida o`tadi.
Ajdodning keng tarqalgan turkumlari olpidium (Olpidium) va sinxitriy (Synchytrium), olpidium turkumi asosan parazit hayot kechiradi. Karam ko`chatlarida yashovchi turi «qoraoyoq» degan kasalni keltirib chiqaradi. Sinxitriy kartoshka rakining sababchisi hisoblanadi. Kartoshka tugunagida har xil o`lchamdagi o`simtalar hosil qiladi.



Olpidium (Olpidium brassicae)


Sinxitriy (Synchytrium)




1. Kram ko‘chatining “qora oyoq” kasalligi Olpidium (Olpidium brassicae)
2. Kartoshka raki Sinxitriy (Synchytrium endodioticum) . 3. Makkajo‘xorining poya va bargining kasalligi fizodermozom - (Physoderma zeae- maydis)


Fikomitsetsimonlar - (Rhycomycetes ) sinfi.

Fikomitsetsimonlarda rivojlangan hujayrasiz mitseliyning bulishi, ko’p yadroliligi bilan harakterlanadi. Ularda jinsiy organlarni asosiy tallomdan ajratib turadigan tusiklar bo’ladi. Vegetativ tana hamma fikomitsetlarda gaploid, diploid faqat zigotasi bo’lib, unib chiqishdan oldin reduksion bo’linadi.


Fikomitsetlar jinsiy ko’payish harakteriga qarab 2 ta kenja sinfga bo’linadi:
Oomitsetsimonlar (Oomycetidac) jinsiy jarayon Oogamiya yuli bilan sodir bo’ladi va zigomitsetsimonlar – Zydomycetidaye, jinsiy jarayon zigogamiya - usulida davom etadi.
Oomitsetsimonlar (Oomycetidaye) kenja sinfi. Mazkur kenja sinf vakillarining mitseliysi yaxshi taraqqiy etgan, shoxlangan, ko’p yadroli, yaxlit, katta, tusiksiz bir hujayrali bo’ladi. Gifalarning kobigi selyullozadan shakllangan. Jinsiy jarayon oogamiya, yuksak taraqqiy etgan vakillarida esa jinssiz ko’payish konidiya sporalar yordamida bir va ikki xivchinli zoosporalar hosil qilish yuli bilan kechadi.
Oomitsetsimonlar kenja sinfi 4 ta qabilaga bo’ladi: Shulardan saprolegniyasimon bilan parenosporasimonlar qabilasi vakillarini ko’rib chiqamiz.
Saprolegniyasimon qabilasi vakillari suvdagi ulik xashoratlarda saprafitlik va ba’zi tirik baliklar tanasida parazitlik qiladi. Ularning 20 turkumga mansub 200 turi ma’lum. Mitseliysining yaxshi taraqqiy etganligi, jinssiz ko’payish ikki xivchinlik zoosparalar yordamida sodir bulishi va jinsiy ko’payish oogamiya yuli borishi orqali harakterlanadi.
Saprolegniyasimonlarda oogoniy bir nechta hujayradan iborat. Saprolegniyalarda spermatozoidlar bo’lmaydi, anteridiy zaif, oogoniy yaxshi taraqqiy etgan bo’lib bir nechta tuxum hujayradan iborat. Zoosporalari ikki xivchinli. Bu tartibning keng tarqalgan turkumi saprolegniya hisoblanadi. Uning xarakterli turi. Sargolegniya (Saprolegnia mixta) bo’lib, u chuchuk, oqmaydigan suv xavzalarida ulik xashoratlar tanasida va baliklarning soprafit tuxumida parazit holda hayot kechiradi. Balik tuxumida parazitlik qilganligi tufayli bu parazit balikchilik xujaligiga katta zarar keltiradi. Jinsiy yul bilan ko’payganda uning gifalarida oogoniy va anteridiy hosil bo’ladi. Oogoniy sharsimon shaklda bo’lib, ichida bir yadroli bir nechta tuxum hujayrasi shakllanadi. Anteridiyli gifa O’zunchoq shaklga ega bo’lib, u ogoniy tomonga qarab o’sadi va u bilan birlashadi. Shundan sung anteridiyning usimtalari oogoniy ichiga sukulib kirib tuxum hujayrasiga yakinlashadi. Usimtaning kobigi yoriladi va suyukligining bir qismi yadroli tuxum hujayrasi bilan kushiladi. Uruglangan tuxum hujayrasi kalin pust bilan uraladi va oosporalarga aylanadi.

Tinim davrini utib qulay muxitga tushishi bilan oosporadan zoosparangiyli gifa o’sib chiqadi. Usishdan oldin oosporalar reduksion bo’linadi. Zoosporalar o’sib saproleginiyaning yangi gifasiga aylanadi. Jinssiz ko’payganda gifalarning uchida zoosparangiylar hosil bo’lib, tusik orqali asosiy mitseliydan ajraladi, ularda Noksimon harakatchan birlamchi zoosporalar hosil bo’ladi. Ularning old qismida ikkita xivchin bo’ladi, ularning biri sillik, ikkinchisi parsimon tuzilgan. Vaqt utishi bilan birlamchi zoosporalar kalin pust bilan uraladi. Oradan yana biroz Vaqt utgach, birlamchi zoosporalar pusti yorilgach, undan Yalong‘och, buyraksimon ikki xivchinli ikkilamchi zoosporalar chiqadi. Zoosporalar kalin pust bilan uraladi va qulay muxitga tushishi bilan undan saprolegniyaning yangi gifasi o’sib chikib substratga yopishadi va kisman unga sukulib kiradi.





Yüklə 282,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin