1. Zamonaviy boshlang‘ich ta’lim



Yüklə 59,9 Kb.
səhifə3/11
tarix20.02.2023
ölçüsü59,9 Kb.
#85051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-mavzu.MO\'M.3-k.s.5-semestr

Darsning maqsadi. Birliklar guruhi bilan, ya'ni 4 ni ayirish va qo‘shish amallari bilan birinchi bor tanishtirish, malaka va ko‘ nikmalarni mustahkamlash.
Ko‘rgazmali qurol: hisoblash uchun didaktik materialliar, hisob cho‘plari, kvadratchalar.
Dars rejasi:
1) uy vazifasini tekshirish va o‘quvchilami yangi materialni o‘zlashtirishga tayyorlash, uchni birliklarga bo‘lib qo‘shish va ayirishni takrorlash;
2) mavzuni e'lon qilish va darsning maqsadi;
3) yangi mavzuni bayon qilish: o‘quvchilar bilan predmetlar to‘plami ustida 4 ni qo‘shish va ayirishga qaratilgan misol va masalalarni o‘qituvchi rahbarligida yechish. O‘quvchilami qanday qilib 4 ni qo‘shish mumkin va qanday qilib 4 ni ayirish murnkin degan umumlashtiruvchi xulosaga olib kelish;
4) yangi materialni mustahkamlash: chiqarilgan xulosalami mustaqil ravishda misol va masalalar yechishda qo‘llash. O‘quvchilaming o‘zlariga misol va masalalar tuzdirish;
5) uyga vazifa berish;
6) darsni xulosalash.
2. Yangi bilim, malaka va ko'nikmararni mustahkamlash darsi
Yuqorida aytganimizdek har bir darsda o‘quvchilar olg‘a qarab siljiydilar, lekin darslar orasida shundayi ham borki, bunday darsning asosiy qismi oldindan olgan bilimlarni mustahkmnlashga qaratilgan bo‘ladi. Darslar tizimida mustahkamlash darsning har xiI bosqichlarida va har xii darajalarida o‘tkaziladi. Agar darsning oldiga ko‘nikma va malakalarni hosil qilishdek didaktik maqsad qo‘yilgan bo‘lsa, uning natijasida malakalar hosil qilinadi. Bu esa darsning tizimida, mazmunida va uning ustida ishlash metodlarida aks ettirilishi lozim. Mustahkamlash va olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish uchun darsning tizimi har xii bo‘lishi mumkin. Bunday darsning tug‘ilishiga quyidagilar kiradi: uy vazifasini tekshirish, mavzuni va darsning maqsadini e'lon qilish, og‘zaki hisoblash, ifodalarning qiymatlarini hisoblash va masalalar yechish, mashqlari natijasini mustaqil tekshirish va materialni mustaqil umumlashtirish, o‘quvchilarning o‘zlari mustaqil ravishda ifodalar va masalalar tuzishi, o‘lchashi va grafik ishlarini bajarishi va h.k.
Bunday darsga 3-sinfdan misol keltiramiz.
Dars mavzusi: 1000 soni ichida yozma ayirish.
Darsning maqsadi. Yozma ayirish amallarini mustahkamlash.
Darsning rejasi:
I) uy vazifasini tekshirish; o‘quvchilar sinf doskasida yozilgan uy vazifasining javobi bilan daftarda ishlangan javobni solishtiradilar;
2) og‘zaki hisoblash;
3) o‘qituvchining bevosita rahbarligida 960-156, 741-237 va boshqa misollarni yozma ravishda yechadilar;
4) ayirishga doir misollar va masalalarni o‘quvchilar mustaqil yechadilar;
5) mustaqil ishlarni tekshirish;
6) uyga vazifa berish;
7) darsni yakunlash.

Yüklə 59,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin