1. Zamonaviy boshlang‘ich ta’lim



Yüklə 59,9 Kb.
səhifə6/11
tarix20.02.2023
ölçüsü59,9 Kb.
#85051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-mavzu.MO\'M.3-k.s.5-semestr

Boshlang‘ich sinfda matematikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish. Ta’limning darsdan tashqari yordamchi shakllari (to‘garak, matematika kechasi va boshqa turlari)
Rela:
1. Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning mohiyati va uning turlari.
2. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va shakllari.
3. Matematika to‘garagining boshqa sinfdan tashqari ishlardan farqi.
Kalit so’zlar: To’garak, olimpiada, tanlov, ekskursiya, gazeta, viktorina, faol, ixtiyoriy, ertalik, mantiqiy, senariy, grafika, mashg’ulot.
Matematikadan «sinfdan tashqari ish» deyilganda o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida ixtiyoriylik tamoyiliga asoslangan mashg‘ulotlar tushuniladi.
Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirsh va kengaytirish, murakkab misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matetnatikaning hayot bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba'zi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi. Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: Matematik to‘garaklar, olimpiadalar, qiziqarli matematik kechalar, matematik ekskursiyalar. Shuningdek, matematik gazetani chiqarish, matematik viktorina va burchaklarni tashkil qilish.
Sinfdan tashqari ishlar orqali quyidagilar amalga oshiriladi: bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtirish hamda kengaytirish; o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini rivojlantirish; matematikaga qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalami topish, talabchanlik, irodani tarbiyalash, mehnatga muhabbat, mustaqillik, uyushqoqlik va insoniylikni tarbiyalash.
Sinfdan tashqari ishlar darslarga nisbatan ba'zi farq qiluvchi xususiyatlarga ega:
1. O‘z mazmuni bo‘yicha matematika dasturiga taalluqli emas. Ammo beriladigan bilimlar o‘quvchilarning kuchiga mos bo‘lishi kerak.
2. Sinfdan tashqari ishlar imkoni boricha barcha o‘quvchilarni jalb qilishi, ya'ni qiziqarli bo‘lishi zarur. Past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ham qiziqish yordamida faol o‘quvchilarga aylanishi mumkin.
3. Sinfdan tashqari ishlar ixtiyoriylik tamoyiliga asosan tashkil qilinadi, lekin qiziqishni ta'minlash lozim. Bu mashg‘ulotlarga baho qo‘yilmaydi, ammo faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
4. Mashg‘ulot mazmuni va shakllariga qarab, 10-12 minutdan 1 soatgacha mo‘ijallangan bo‘lishi mumkin.
5. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va shakllarining turli tumanligi.
Sinfdan tashqari ishlarga: qiziqarli, matnli masalalar, o‘tkir zehnlilikka oid masalalar, hazil masalalar, berilgan ma'iumotiari etishmaydigan yoki berilgan ma'lumotlari ortiqcha masalalar, mantiqiy masalalar, qiziqarli matematik voqealar, arifmetik rebuslar, o‘yinlar, , boshqotirmalar tarixiy ma'iumotiar berish va boshqalar kiradi.
Maktab amaliyotida hozir quyidagilar uchraydi fokuslar: matematik I0 minutliklar, soatliklar, matematika kechalari, matematika to‘garaklari, ertaliklar, viktorinalar, tanlovlar, olimpiadalar.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi quyidagilarga asoslanishi kerak:
1. Darsda o‘quychilar olgan bilim, malaka vа ko‘nikmalarnni hisobga olgan holda o‘tkaziladi.
2. Sinfdan tashqari ishlar o‘quychilarning hohishi, hayaskorligi, ijodkorligi tamоуillarigа asoslanishi vа ularning individual fikrlarini qoniqtirish maqsadida tashkil qilinadi.
3. Sinfdan tashqari ishlarni o‘tkazish shakllari darslardan farq qilib, qiziqarli tomoni kuchli bo‘ladi. Buning uchun zaruriy shart shuki, o‘tkaziladigan ishning rejalashtirilishi vа tizimliligining mиrakkabIigidadir. Quyida sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkazish rejasini keltiramiz.
Matematika fanidan sinfdan tashqari tadbirlar rejasi



N

Tadbir
shakli

Tadbir
mavzusi

Tadbir
maqsadi

O'qituvc:hi
faoliyati

O'quvch
faoliyati

1

Matematik
o'yinlar

Sehrli
kvadrat

Tez уа aniq
hisoblash

O'yinni boshqarish, o'quvchilami qiziqtirish уа sehIi
kvadrat tarixi biIan tanishtirish

Mantiqiy ftkrlash

2

Qiziqarli matematik soatlar

Rebuslar, fokuslar, krosvordlar

Matematika darslarida olingan bilimlarni chuqurlashtirish

Turlirebuslar, krosvordlarni tayyorladh

Rebuslar va krosvordlarni topiash

3

Matematik viktorina

Hamma narsalarni bilishni istayman

Murakkab masalalar

Turli murakkab masalalarni tayyorlash va viktorinani boshqarish

Hamma masalalarni bilishga intiladilar

4

Matematika ertaligi

Tarixiy masalalar

Tarixiy misollarni o’rganish

Misollarni tayyorlash va ertalikni boshqarish.Tarixiy misollarga qiziqtirish

Misollarni yechishga harakat qilish

5

Matematik to’garaklar

Mashhur matematik olimlarning hayoti va faoliyati

Olimlarning matematikaga qo’shgan hissasi, matematika tarixini chuqur o’rganish

Matematika to’garagini boshqarish va senariy yozish

Tarixiy materiallar to’plami

6

Devoriy gazeta

Qiziqarli tarixiy hikoyalar, olimlarning ijodi va hayotidan yangiliklar

O’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishga erishish

Devoriy gazeta uchun material to’plash

Devoriy gazetalarni chiqarish va tarixiy materiallarni o’rganish

7

Ekskursiyalar

Tarixiy muzeylarga sayohatlarga olib borish

Milliy grafika, geometrik shakllar bilan tanishtirish

Ekskursiya jarayonida tarixiy materiallar bilan tanishtirish

Matematikadan yangi bilimlarga ega bo’lish

Shuni ta'kidlash lozimki, individual va guruhli mashg‘ulotlar tizimli ravishda o‘tkaziImasligi, aksincha, asosiy ish sinfda bajarilishi kerak. Sinfdan tashqari ish sinfdagi dars shakliga nisbatan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega:


1. O‘z mazmuni bo‘yicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan, matematik material o‘quvchilarning biIimlari va malakalariga mos ravishda berilishi kerak.
2. Boshlang‘ich sinflarda bolalarning natematikaga nisbatan to‘plangan turg‘un qiziqishlari haqida hali gapirib bo‘lmaydi.
3. Topqirlik, ziyraklik, tez hisoblashlar, yechishning samarali usullaridan foydalanish rag‘batlantiriIishi kerak.
4. Darslar 45 minutga rejalashtirilgan holda sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga va o‘tkazilish shakllariga qarab 10-12 minutga ham, bir soatga ham mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
5. Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlari (qiziqarli matematika soatlari, to‘garaklar, viktorinalar va h.k.)ga qarab mazmunining turli tumanligi bilan xarakterlanadi.
Matematika minutliklarida, topshiriqlarga qiziqish uyg‘otish va quvvatlash uchun bu topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga o‘xshash bo‘lmasligi kerak. Mashg‘ulot o‘tkazish uchun har xiI qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material bo‘lib xizmat qiladi.
Matematik to‘garak matematikadan tiz'mli sinfdan tashqari ishning eng ko‘p tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi - matematikaga alohida qiziqish ko‘rsatgan o‘quvchilar biIan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish.
Matematik to‘garak ishi qiziqarli matematika soatlaridan quyidagilar bilan farq qiIadi: Matematika to‘garagiga o‘quvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak. MustaqiI ravishda ko‘rgazmali qurollar (abaklar, ba'zi o‘yinlar uchun misollar yozilgan kartochkalar va boshqalar) tayyorlaydilar, matematika kechalari o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radilar va hokazo.
Matematika to‘garagini o‘tkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish kerak. Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda l-sinfda o‘tkazilgan ba'zi to‘garak mashg‘ulotlarining taxminiy rejalarini keltiramiz:
I mashg‘ulot. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Qo‘shishga oid q iziqarli masalalar. 3. 100 ichida raqamlashni bilishni tekshirishga oid mashqlar. 4. Topqirlikni talab qiladigan masalalar. 5. Hazil masala. 6. Topishmoqlar. 7. Quvnoq sanoq (20 ichida) o‘yini.
II mashg‘ulot. 1. Rebuslami o‘ylab topish. 2. Topqirlikni talab qiluvchi she'riy masalalar. 3. Geometrik figuralarni tahlil qilishga doir mashqlar. 4. Hazil masala. 5. "Sonni to‘ldir" o‘yini.
III mashg‘ulot. Dars tipidagi to‘garak mashg‘uloti.

Yüklə 59,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin