Nazorat savollari: 1.Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning turlarini tavsiflang.
2. Matematika to‘garagining asosiy vazifasi nimalardan iborat?
3. Matematika to‘garagi nichanchi sinfdan va qanday tartibda o’tkaziladi?
Darsdan tashqari mashg‘ulot turlari, Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga mos tarixiy ma’lumotlar mazmuni Reja: Darsdan tashqari mashg’ulot turlari, ularning ahamiyati.
Matematikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil qilish.
3.Boshlang‘ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari, mazmuni.
Kalit so’zlar:Fokus, topishmoq, o’yin, mantiqiy, topqirlik, olimpiada, vatavparvar, vaqt, tarozi, ko’paytma, bo’linma.
1.Matematika to‘garagi Undan ko‘zda to‘tilgan maqsad matematikaga bo‘lgan qiziqishni orttirish, fikrlashni faollashtirish, matematik qobilyatni riyojlantirish, mustaqil ishlash malakasini hosil qilish, o‘z kuchiga ishonchni vа oldindan paydo bo‘ladigan qiyinchilikni engishga o‘rgatib borishdan iborat. To‘garak ishi mazmuniga masala vа misollar yechish, o‘quvchilarning fikrlashini o‘stiruychi sayollarni kiritish, konkretlikdan abstraktlikka o‘tish qobiliyatini hosil qilish vа zaruriy umumlashtirshlarga olib kelish kiradi.
Qiziqarli xarakterdagi mashqlarni bajarish asosiy rol o‘ynaydi. Unga arifmetik fokuslar, qiziqarli kyadratlar, topishmoqlar, matematik o‘yinlar vа boshqalar kiradi. To‘garak mashg‘uloti har oyda o‘tkazilishi vа 2-sinfda 25-35, 3 -4-sinflarda 40-45 minut dayom etishi maqsadga muyofiqdir.
Matematika to‘garagida quyidagi ishlar olib borilishi ko‘p uchraydi:
1. Mustaqil misol vа masalalar yechish.
2. Misol vа masalalarni har xil metodlar bilan yechish.
Masalan, 1 raqamidan boshlab, sonlar yordamida arifmetik amallar bajarib, 1 sonini hosil qilish.
1+2+3+4+5-6-7+8-9=1 (12-3+4-5+6):7+8-9= 1
1·2· (3+4)+5+6-7-8-9 =1 1+2+3+4-5+6+7-8-9=1
3. Ko‘rgazmalilikni mustaqil qo‘llash.
Misol. Nonning og‘irligi 1/4 qismigacha 90 gr keladi. Nonning og‘irligi qancha?
9o gr
To‘garak dayomida matematik fokus, o‘yin, topishmoqlar mashg‘ulotning qiziqarli o‘tishiga yordam beradi.