10 – amaliy mashg’ulot Mavzu



Yüklə 13,63 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü13,63 Kb.
#210400
10 – amaliy mashg’ulot


10 – amaliy mashg’ulot


Mavzu: Maxsus fanlardan tajriba-amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish metodikasini o’rganish
Amaliy mashg’ulot maqsadi: Magisrantlarda maxsus fanlardan tajriba-amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish metodikasi bo’yicha amaliy ko’nikmalarni shakllantirish.
Kerakli materiallar: maxsus fanlardan tajriba va amaliy mashg’ulotlarini o’tkazish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar.


Mavzuga doir o’quv axboroti
Тажриба (лаборатория) mashg’ulotlaridan ko’zda tutiladigan maqsad- muayyan texnologik jarayonlarni, qonuniyatlarni, sabab-natijali bog’lanishlarni va shu kabilarni tekshirish maqsadida turli xil eksperimentlar o’tkazish orqali ushbu hodisalarni kuzatish hamda tahlil qilishni o’rganishdir. Masalan: tuproqning qattiqligini tortish kuchiga ta’sirini tekshirish; moyning qovushqoqligini aniqlash; mashinaning ish unumdorligini aniqlash va hokazo.
Аmаliy mаshg’ulotlаridаn ko’zdа tutilgаn mаqsаd - tаlаbаlаrdа texnikаviy obъektlаrni yanаdа chuqurroq o’rgаnish mаqsаdidа ulаrdаn foydаlаnish bilаn bog’liq bo’lgаn аmаliy ko’nikmа hаmdа mаlаkаlаr hosil qilishdir. Masalan, dastgohlar va ularning mexanizmlarini qismlarga ajratish, yig‘ish, sozlash, tokarlik, parmalash, jilvirlash dastgohlarida, tikuv va to‘quv mashinalarida ishlash; biror kattalik yoki parametrlarni o’lchash, hisoblash va hokazo.
Maxsus fanlar bo’yicha tajriba va amaliy mashg’ulotlar bevosita ishlab chiqarish xarakteriga ega emas. Ulardan ko’zlangan yagona maqsad - talabalarga mazmuni jihatidan umumkasbiy va maxsus fanlar bilan bog’liq bo’lgan texnologik jarayonlar, texnikaviy hodisalar, umumiy qonuniyatlar, amaliy qoidalar, texnikaviy talablar va shu kabilarni amalda o’rgatishdir. Tajriba-amaliy mashg’ulotlar davomida talabalar o’zlaridagi mavjud bilimlarni chuqurlashtiradilar, mustahkamlaydilar, kengaytiradilar va bu bilimlarni amalda tadbiq etishga o’rganadilar, bu esa ularda kasbiy malakalarni oshirish uchun zarurdir.
O’quv jarayoniida amaliy-laboratoriya mashg’ulotlar “sof holda” qo’llanilmaydi. Ular o’quv dasturlariga amaliy-laboratoriya mashg’ulotlar tarzida kiritilgan. O‘z vazifasi, o‘quv jarayonida tutgan o‘rni jihatidan umumkasbiy va ixtisoslik fanlar bo‘yicha bajariladigan amaliy-laboratoriya ishlar nazariy ta’lim bilan ishlab chiqarish orasida oraliq vaziyatni egallaydi, hamda malakali mutaxassislar tayyorlashning bu ikki tomonini o‘zaro bog‘lashning eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Bu bog‘lanish tajriba-amaliy ishlar rukni va mazmunini aniqlashda, amaliy-laboratoriya ishlar jarayonida talabalar olgan uquvlarni ishlab chiqish jarayonida tatbiq etish va kengaytirishda, ularni o‘tkazish metodlari hamda metodik usullarini uyg‘unlashtirishda namoyon bo‘ladi.
Maxsus fan o’qituvchilari maxsus fanlardan amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazar ekanlar, talabalarni nazariy mashg’ulotlar davomida olgan bilim va ko’nikmalaridan foydalanadilar, ularni chuqurlashtiradilar.
Amaliy-laboratoriya mashg’ulotlardan ko’zda tutilgan maqsad ko’p jihatdan uni o’tkazish metodikasini talabalar ishiga maxsus fan o’qituvchisining rahbarlik qilish usullarini, ayrim tajriba yoki amaliy ishlarni bajarish tartibi va shu kabilarni belgilab beradi. Talabalar nazariy materialni o’zlashtirib olganlaridan, o’rganilayotgan hodisalar, jarayonlar bilan tanishganlaridan so’ng ular bilan tajriba-amaliy mashg’ulotni o’tkazish ancha oson ko’chadi. Bu holda o’qituvchining yangi mavzu bo’yicha mashg’ulot o’tkazishga oid o’quv axboroti nihoyatda qisqa va aniq bo’ladi. Natijasiga asoslanib talabalar ma’lum xulosalar chiqarishi kerak bo’lgan tajriba-amaliy mashg’ulotlarni bajarish ancha murakkab hisoblanib, ta’lim oluvchilarni bunga oldindan tayyorlash va o’qituvchining o’quv axboroti ancha batafsil bo’lishi zarur. Bunday ish davomida o’qituvchi talabalar ishini kuzatibgina qolmay, balki ularning faoliyatini yo’lga soladi, ularni zarur xulosalarga olib keladi.
O’qituvchi talabalarga amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarining bajarilish jarayoniga yo’riqnoma berish yo’li bilan rahbarlik qiladi. Yo’riqnoma berishdan ko’zlangap asosiy maqsad talabalar ongida topshiriqni eng samarali bajarish uchun faoliyatning yo’nalish asoslarini yaratishdan iborat.
Psixologlarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, insonning mehnat faoliyati ikki tomonga: yo’nalish va ijro tomonlariga ega. Yo’nalish tomoni faoliyatning ob’ektiv sharoitlarining (masalalar, usullar, mezonlar, bajarilish shartlari, texnika vositalari va shu kabilar)ning inson ruhiyatidagi in’ikosi, ijro tomoni esa harakatning bevosita bajarilishi. I. P. Pavlov ta’limotiga ko’ra, yo’nalish refleksi markaziy asab tizimida shartli bog’lanishlar hosil bo’lishiga asos hisoblanadi. Bu bog’lanishlar bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilishniig fiziologik asosidir.
Amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarini o’quv jarayonida amalga oshirishda yo’riqnomalar tizimidan foydalaniladi. Yo’riqnomalar mashg’ulotda o’tkazilish vaqtiga ko’ra kirish, joriy va yakunlovchi yo’riqnomalarga; ma’lumot berish usuliga ko’ra og’zaki va yozma yo’riqnomaga bo’linadi.


Amaliy mashg’ulot bo’yicha nazorat savollari:

1. Tajriba-amaliy mashg’ulot turlarini tavsiflang?.


2. Tajriba va amaliy mashg’ulotni farqini tushuntiring?
3. Tajriba (laboratoriya) mashg’uloti nima?
4. Amaliy mashg’ulot nima?
5. Tajriba-amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish metodikasini aytib bering?
6. Laboratoriya mashg’uloti xonlariga qanday talablar qo’yiladi?
Yüklə 13,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin