10- mavzu: Obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillari Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash



Yüklə 274,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix26.01.2023
ölçüsü274,43 Kb.
#80870
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
10 lecture

Sinflarda vorislik 
Vorislik g‘oyasi obyektlar xulq-atvorini modifikatsiyalash muammosini hal 
qiladi hamda OMD ga favqulotda kuch va moslashuvchanlik baxsh etadi. Vorislik, 
deyarli hech qanday cheklanishlarsiz, siz yoki boshqa biron kimsa tomonidan 
yaratilgan sinflarni izchil qurish va kengaytirish imkonini beradi. Eng oddiy 
sinflardan boshlab, murakkablik jihatidan asta-sekin ortib boradigan, ammo 
sozlanishi ham oson, ichki tuzilishi ham oddiy bo‘lgan hosila sinflarni yaratish 
mumkin.
Ayniqsa yirik dasturiy loyihalarni ishlab chiqishda vorislik tamoyilini hayotga 
izchil tatbiq etish pasayib boruvchi tuzilmaviy dasturlash (umumiydan juz’iyga) 
texnikasi bilan yaxshi moslashadi hamda ko‘p o‘rinda bunday yondoshuvni 
rag‘batlantiradi. Bunda dastur kodining murakkabligi ancha kamayadi. Hosila sinf 
(avlod) o‘z bazaviy sinfining (otasining) hamda sinflar tabaqalanishidagi o‘zining 
barcha ajdodlarining hamma xususiyatlari, metodlari va voqealarini voris qilib 
oladi.
Sodda vorislik
Vorislik paytida bazaviy sinf yangi atributlar va operatsiyalar hisobiga yanada 
o‘sadi. Hosila sinfda odatda yangi ma’lumotlar a’zolari, xususiyatlar va metodlar 
paydo bo‘ladi. Obyektlar bilan ishlashda dasturchi odatda aniq masalani hal qilish 
uchun eng to‘g‘ri keladigan sinfni tanlaydi, hamda undan bitta yoki bir nechta voris 
avlod yaratadiki, ular o‘z otalarida mavjud imkoniyatlardan ko‘proq imkoniyatga 
ega bo‘ladilar. Do‘stona funksiyalar hosila sinfga barcha tashqi sinflar ma’lumotlari 
a’zolariga kirish huquqini olish imkonini beradilar. 
Bundan tashqari, voris qilib olinayotgan metodlardan, ularning bazaviy sinfdagi 
ishi avlodga to‘g‘ri kelmasa, hosila sinf ortiqcha yuklanishi mumkin. OMD da 
ortiqcha yuklanishdan foydalanish har qanaqasiga rag‘batlantiriladi, garchi bu 
so‘zning to‘g‘ri ma’nosidan kelib chiqqanda, odatda ortiqcha yuklanishlar tavsiya 
qilinmaydi. Agar metod bittadan ortiq bir nomdagi funksiya bilan 
assotsiyatsiyalansa, u ortiqcha yuklangan deb aytiladi. E’tibor bering, sinflar 
tabaqalanishida ortiqcha yuklatilgan metodlarni chaqirib olib mexanizmi qayta 
aniqlangan funksiyalarni chaqirib olishdan mutlaqo farq qiladi. Ortiqcha yuklanish 
va qayta aniqlanish – bu turli tushunchalar. Virtual metodlar bazaviy sinf 
funksiyalarini qayta aniqlash uchun qo‘llanadi.

Yüklə 274,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin