10-amaliy ish.
Ish olib boriladigan va ish olib borilmaydigan yon bag‘ir (bort)lar konstruksiyasi.
Ishdan maqsad: Karyerda ish olib boriladigan va ish olib borilmaydigan bortlarning konstrukiyasini o‘rganish va ularning o‘lchamlarini xisoblash.
Gorizontal va qiya pog‘ona yuzasi, balandligi bo‘yicha cheklanishiga ostki va ustki maydonchalar, qazib olingan maydon tomonidan pog‘onani cheklovchi qiya yuzani esa —pog‘onaning qiyalik yuzasi deb aytiladi. Pog‘ona qiyalik burchagi deb pog‘onaning qiyalik yuzasi va gorizontal tekislik hosil qilgan burchakka, qiyalikni ustki va ostki maydonchalar bilan kesishgan chizig‘i esa muvofiq holda pog‘onaning ustki va ostki qirrasi deb aytiladi. Pog‘onalar ish olib boriladigan va ish olib borilmaydigan pog‘onalarga ajratiladi. Ish olib boriladigan pog‘onalarda qoplovchi jinslarni yoki foydali qazilmalarni qazish ishlari olib boriladi. Agar pog‘onani qazib olish uchun zarur bo‘lgan jihozlar maydonchada joylashgan bo‘lsa, uni ishlash maydonchasi deb aytiladi.
Karyerning qazib olingan maydonini chegaralovchi va pog‘onalarning qiyalik yuzalari va gorizontal maydonchalaridan tashkil topgan zinasimon yon yuzalariga karyerning yon bag‘ri (borti) deb aytiladi.
Kon ishlari olib boriladigan pog‘onalardan iborat yon bag‘ir (bort)ni karyerning ish olib boriladigan yon bag‘ri, kon ishlari olib borilmaydigan pog‘onalardan iborat yon bag‘irni karyerning ish olib borilmaydigan yon bag‘ri deb aytiladi. Kon ishlari olib boriladigan karyerning ishchi yon bag‘ri pog‘onalari qiyaligi ishlash maydonchalari bilan, kon ishlari olib borilmaydigan karyerning ishlamaydigan yon bag‘ri pog‘onalari qiyaligi ishlash maydonchalari bilan, kon ishlari olib borilmaydigan karyerning ishlamaydigan yon bag‘ri pog‘onalari qiyaligi transportli va himoyalovchi berma (supachalar) lar bilan ajratiladi.
Karyer yon bag‘rining qiyalik burchagi kon massivi jinslari mustahkamligi va transport kommunikatsiyalarining joylashtirilishi shart-sharoitlari bilan aniqlanadi. Qoplovchi tog‘ jinslarini qazib olishni kamaytirish maqsadida yon bag‘ir (bort)larning qiyalik burchaklarini iloji boricha tikrok qilib olinadi.
Ish olib boriladigan va ish olib borilmaydigan yon bag‘irlarning qiyalik burchaklarini hisoblashni bajarish (10.1-10.2- rasmlar).
Dostları ilə paylaş: |