10-amaliy ish O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridagi yer



Yüklə 23,46 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü23,46 Kb.
#207597
  1   2
9-amaliy


10-amaliy ish


O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridagi yer
uchastkalari, binolar va inshootlarga, ularning turlaridan qat’i
nazar, kadastr raqamlari beriladi. Kadastr raqamlarini berish
va hisobga olish yer uchastkalariga, binolar va inshootlarga
bo'lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat yer
kadastrini hamda binolar va inshootlar davlat kadastrini yaratish va yuritish ishlarining zaruriy shartlaridan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududlar ini kadastr birliklariga bo 4ish tarkibi va prinsiplari Kadastr bo‘yicha bolish, bu — O‘zbekiston Respublikasi hududini belgilangan tartibda kartografik materiallarda
(xaritalarda, planlarda, sxemalarda) kadastr birliklariga (zonalar, massivlar, mavzelar) bo'lishdir.
Kadastr bo‘yicha bolish va ko‘chmas mulk obyektlariga
kadastr raqami berish tizimi ko‘chmas mulkni hisobga olishning yagona tizimida har qanday yer uchastkalari, binolar
va inshootlami bir xilda identifikatsiyalashni ta’minlashi kerak.
Hududlami kadastr birliklariga bolish har bir tumanda
va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham da viloyatlarga
bo‘ysunuvchi shaharlarda tashkil etiladi. Kadastr bo‘yicha
bo‘lish ishlari respublikaning har bir tumanida (shahrida)
tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar), kadastr zonalari (bir nechta kadastr
massivlarining birlashmasi), kadastr massivlari (bir nechta
kadastr mavzelarining birlashmasi), kadastr mavzelari (birnechta yer uchastkalarining birlashmasi) va yer uchastkalari 0 ‘zbekiston Respublikasi hududiarini kadastr bo‘yicha bo'lishi birliklari hisoblanadi.
Ayrim holatlarda tuman va shahar hududining xususiyatlariga, yer uchastkalarining soniga, katta-kichikligiga qarab,
ayrim zonalar bitta massivdan (massivga 01 kodi beriladi),
ayrim massivlar bitta mavzedan (mavzega 01 kodi beriladi)
va ayrim mavzelar bitta yer uchastkasidan (yer uchastkasiga
0001 kodi beriladi) tashkil topgan bolishi mumkin.
Ma’muriy tuman (shahar) hududiarini kadastr zonalariga bo'lish
Zonalar. Ma’muriy tuman (shahar) hududini kadastr boMib,
ular tumanda joylashgan — qishloqlar, ovullar va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar (shaharchalar) hududlari qabul qilinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga hamda viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar hududini bo‘lishda kadastr zonalari sifatida shahar tumanlari (mavjud bo‘lsa) yoki turli (tabiiy, imoratning qurihshi xususiyati, foydalanish maqsadi kabi) belgilari bo‘yicha ajralib turadigan shaharlar qismlari, masalan: sanoat zonasi, turaijoy massivlari, istirohat bog‘lari, dam olish zonalari va shu kabilar, qabul qilinadi. Kadastr zonalari chegaralari kadastr massivlarining tashqi chegaralari tabiiy obyektlar (daryolar, tem ir yo‘llar, magistral kanallar, kollektorlar, boshqa muntazam obyektlar) bo‘ylab o‘tishi kerak. Kadastr zonasini kadastr massivlariga bo‘lish. Kadastr massivlari kadastr zonasining shartli ravishda bo‘lingan birligi bo‘lib, massiv sifatida qishloq aholi punktlari, tabiiy va sug‘orish sharoitlari bilan ajralib turadigan qishloq xo‘jaligi va boshqa maqsadlardagi yerlar qabul qilinadi. Tumanga
bo‘ysunuvchi shaharlarda (shaharchalarda) kadastr massivlari sifatida mahalla hududi yoki shahar va shaharchalaming ayrim qismlari qabul qilinadi.

Yüklə 23,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin