10-amaliy ish O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridagi yer


Kadastr massivini kadastr mavzelarga bo'lish



Yüklə 23,46 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü23,46 Kb.
#207597
1   2
9-amaliy

Kadastr massivini kadastr mavzelarga bo'lish.
Kadastr mavzelari shartli ravishda bo'lingan kadastr birligi bo'lib,
qishloq joylarida qishloq xo'jaligi va boshqa maqsadlardagi
yerlar, bog'dorchilik-uzumchilik shirkatlari hududi qabul qilinadi. Ulaming chegaralari kanailar, kollektorlar, yo'llar bo'yicha o'tkaziladi. Shahar va shaharchalarda kadastr mavzesi sifatida shahar va shaharchalarning bosh planida,mavjud uzun obyektlar (ko'chalar, yo'llar, daryolar, kanailar va boshqalar), boshqa tabiiy obyektlar chegarasi hisobga olingan holda har xil belgilar (tabiiy, imoratning qurilishi xususiyati, foydalanish maqsadi va hokazolar) bo'yicha ajralib turadigan yer uchastkalarining jami qabul qilinadi.Har bir kadastr mavzesining hududini shunday shakilantirish kerakki, undagi yer uchastkalarining soni to'rt razryadli o'nlik sondan (ya’ni 9999 dan) ortmasligi zarur.
Aholi punktlarining muayyan yuridik va jismoniy shaxslarga biriktirilm agan umumiy foydalanadigan yerlarga
(ko'chalar, maydonlar, ko'kalamzorlar va shu kabilarga) tumandagi zaxira yerlariga kadastr raqami berilmaydi.Hududlami kadastr bo'yicha bo'lish Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari tomonidan tashkil etiladi va ta’minlanadi.
Yer uchastkasi, bino va inshootlar kadastr raqamini shakilantirish tartibi.
Yer uchastkalari, binolar va inshootlami O'zbekiston Respublikasida identifikatsiyalash tizimi yagona prinsip bo'yicha yaratiladi, bunda yer uchastkasining kadastr raqami asos qilib olinadi.
Kadastr raqami, bu — yer uchastkasi, bino, inshootga tegishli 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan raqamdir. U qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda uni shakllantirishda beriladi va u ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida foydalanishi davomida saqlanib qolinadi.
Quyidagilar kadastr raqamining majburiy elementlarini
tashkil etadi:

— hududlar kodi;


— hududlar tarkibidagi m a’muriy tumanlaming (shaharlaming) kodi;


— kadastr zonasi kodi;


— kadastr massivi kodi;


— kadastr mavzesi kodi;


— yer uchastkasining kodi;


— bino, inshootning kodi;


— bino, inshoot bir qismining kodi.




Yer uchastkasi, bino va inshootlaming kadastr raqami


quyidagi belgilar ko‘rinishida ifodalanadi:


AABBCCDDEEFFFFGGGGHHH,


Bu yerda:


AA — hududlaming (Qoraqalpog‘iston Respublikasining,
viloyatlaming va Toshkent shahrining) kodini bildiruvchi ikki
razryadli o‘nli son;


BB — hududlar tarkibidagi ma’muriy-hududiy tuzilmalaming (ma’muriy tumanlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlaming) kodini bildiruvchi ikki razryadli o‘nlik son;


CC — kadastr zonalari kodini bildiruvchi ikki razryadli
o'nlik son;


DD — kadastr zonalari doirasida kadastr massivlari kodini bildiruvchi ikki razryadli o‘nlik son;
EE — kadastr massivlari doirasida kadastr mavzelari kodini bildiruvchi ikki razryadli o‘nlik son;
FFFF — kadastr mavzelari doirasida yer uchastkalari
kodini bildiruvchi to'rt razryadli o'nlik son;


G G G G — yer uchastkalari doirasida bino va inshootlar
kodini bildiruvchi to'rt razryadli o'nlik son;


HHH — bino va inshootlar bir qismi kodini bildiruvchi
uch razryadli o'nlik son.


Ushbu tartibdan kelib chiqib, yer uchastkalarining kadastr raqami 14 razryadli o'nlik sondan iborat bo'ladi.
Yüklə 23,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin