69
bo‘lishi mumkin. Shuning uchun kompyuter holatini to‘g‘ri diagnostikalash har
doim mushkuldir.
Kompyuter virusi kompyuterda mavjud bo‘lgan disklardagi istalgan faylni
yetarlicha o‘zgartirish va buzishi mumkin. Lekin fayllarning ba‘zi bir turlarini
virus «zararlantirishi» mumkin. Bu shuni bildiradiki, virus bu fayllarga «tadbiq»
qilinishi mumkin, ya‘ni ularni shunday o‘zgartiradiki, ular virusni o‘z ichida
saqlaydi va bu virus ba‘zi bir holatlarda o‘zining ishini boshlashi mumkin.
Ta‘kidlash lozimki, dastur va hujjatlarning matnlari, ma‘lumotlar bazasining
axborotli fayllari, jadvalli prosessor jadvallari va boshqa shunga o‘xshash fayllar
virus bilan zararlanishi mumkin emas, bu fayllarni viruslar buzishi mumkin.
Virus bilan «zararlanishi» mumkin bo‘lgan fayllarning turlari quyidagilardir:
1. Bajariladigan fayllar, ya‘ni .SOM va .eXE kengaytmali fayllar, hamda
boshqa dasturlar bajarilganda yuklanadigan overlokli (takrorlanadigan) fayllardir.
Zararlangan bajariladigan fayllardagi virus shu virus joylashgan dastur ishga
tushirilganda o‘zining ishini boshlaydi. Virus bilan zararlanishning eng xavflisi
DOS buyruqli prosessorini COMMAND.COM dasturini zararlanishidir, chunki bu
virus DOSning istalgan buyrug‘i bajarilganda ishlaydi va istalgan bajariladigan
dastur zararlanadi (agar virus uni zararlantira olsa).
Dostları ilə paylaş: