10-Laboratoriya ishi Neftning molekulyar massasini aniqlash 1-usul: Ebulioskopik usulda neft mahsulotlarinig molekulyar massani aniqlash



Yüklə 42,01 Kb.
səhifə2/14
tarix21.08.2023
ölçüsü42,01 Kb.
#140062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
10-Laboratoriya ishi Neftning molekulyar massasini aniqlash 1-us-fayllar.org

Bekman termometri: Bekman termometrining uzunligi taxminan 50 sm bo‘lib, u 5 0C ga, ba’zan 6 0C ga va har bir 1 0C o‘z navbatida yana 100 ga bo‘lingandir. Krioskopik va ebulioskopik usul bo‘yicha Bekman termometrida eritmalarning muzlash yoki qaynash haroratlarining o‘zgarishini o‘lchashda lupadan foydalanib haroratni 0,001-0,002 0C gacha aniqlik bilan o‘lchash mumkin. Bu termometrning boshqa termometrlardan farqi shundaki, uning shkalasi katta oraliqqa (har bir gradus oralig‘i 5 sm atrofida) joylashgan. Bu esa eritma qaynash haroratini toza erituvchining qaynash haroratiga nisbatan qanchalik ko‘tarilishini yoki eritma muzlash haroratini erituvchining muzlash haroratiga nisbatan qanchalik pasayishini katta aniqlik bilan o‘lchash imkonini beradi. Bekman termometrining yuqori qismida zapas rezervuar bo‘lgani uchun uning ishlaydigan qismi asosiy rezervuarda simob yetishmay qolganda simobni yuqori rezervuardan olish yoki termometrning ishlaydigan qismida ortiqcha simob bo‘lganda, uni yuqori rezervuardagi simobga qo‘shish bilan termometr moslanadi va uni eritmaning muzlash haroratining pasayishi yoki eritmaning qaynash harorati ko‘tarilishini har xil haroratlar oralig‘ida o‘lchash uchun ishlatish mumkin.
Ebulioskopik va krioskopik: usul bo‘yicha moddalarning molekulyar massalarini aniqlanayotganda Bekman termometrining kapillyaridagi simobni, ishlatilayotgan erituvchining qaynash yoki muzlash haroratlarida qanday holatda turganligi ko‘riladi. Termometr kapillyaridagi simob ebulioskopik usul bilan eritmaning qaynash haroratini aniqlashda olingan erituvchining qaynash haroratida 10C atrofida bo‘lsa yoki krioskopik usul bilan eritmaning muzlash haroratini pasayishini o‘lchashda olingan erituvchining muzlash haroratida termometr shkalasi 3-5 0C atrofida bo‘lsa, termometr ishlash uchun tayyor hisoblanadi. Agar termometr kapillyaridagi simob krioskopik usulda ishlatilayotgan erituvchining muzlash haroratida 5 0C dan yuqorini ko‘rsatsa va ebulioskopik usul uchun erituvchining qaynash haroratida 2 0C dan yuqorida bo‘lsa, termometr moslashtirilishi lozim.

Yüklə 42,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin