Ish haqida nazariy ma’lumotlar: qovushqoqlik, neft va neft mahsulotlarini ekspluatatsiya xususiyatini ifodalovchi muhim bir fizik-kimyoviy kattalikdir. Kinematik qovushqoqlikni aniqlashda shisha viskozimetrdan foydalaniladi.
Sharli Viskozimetr shu ko’rinshdan iborat bo’lib, unda sharchaning harakatiga asoslangan. SHarning uchiga rezina nay kiydiriladida, viskozimetr termostatga joylashtiriladi. Viskozimetr tanlanganda sharning diametriga ahamiyat berish kerak, chunki suyuqlikdagi harakati vaqti 60 sekunddan kam bo‘lmasligi kerak.
Suyuqlikni viskozimetr kapillyaridan oqib o‘tishini o‘rganish vatijasida, Puazeyl dinamik qovushqoqlikni ham formula yordamida aniqlash mumkinligini isbotladi:
R- suyuqlikni kapillyardan oqib o‘tayotgandagi bosim;
g - kapillyar radiusi;
L - kapillyar uzunligi;
V - kapillyardan oqib o‘tadigan suyuqlikni hajmi;
t- V xajmga ega bo‘lgan suyuqlikni oqib o‘tish vaqti.
Kinematik qovushqoqlikli aniqlashda suyuqlik o‘z og‘irligi bosimi ostida kapillyardan oqib o‘tadi. Suyuqlikni zichligi va balandligini bilgan holda suyuqlikni kapillyardan oqib o‘tayotgandagi bosimni ham formula yordamida hisoblash mumkin:
bu yerda: g-ogarlik kuchining tezlanishi;
h-suyuqlikning balandligi;
-suyuqlikning zichligi.
Agar (2) ni qiymatlarini (1) ga qo‘ysak va tenglamalarni ikkala tomonini ga bo‘lsak, unda kinematik qovushqoqlikni hisoblash formulasi quyidagi kurinishga ega bo‘ladi:
h, r, L va V larni qiymati ayni viskozimetr uchun o‘zgarmas bo‘lgani uchun
unda
yoki
C - viskozimetr doimiysi deyiladi, u temperaturaga bog‘lik bo‘lmasdan, faqat viskozimetrning geometrik o‘lchamlariga bog‘liq.
Neft mahsulotlarini shaffoflik va qovushqoqlik darajasini e’tiborga olgan holda tajriba bajarish uchun quyidagi viskozimetrlardan foydalanish mumkin:
-shaffof neft mahsulotlarini qovushqoqligini noldan yuqori haroratda aniqlash uchun VPJ-1 viskozimetri qo‘llaniladi;
-shaffof neft mahsulotlarini qovushqoqligini istalgan haroratda aniqlash uchun VPJ-2 va Pinkevich viskozimetrlari qo‘llaniladi;
-shaffof bo‘lmagan neft mahsulotlarini qovushqoqligini aniqlash uchun VNJ viskozimetri qo‘llaniladi;
Dostları ilə paylaş: |