10-Laboratoriya ishi Neftning molekulyar massasini aniqlash 1-usul: Ebulioskopik usulda neft mahsulotlarinig molekulyar massani aniqlash



Yüklə 42,01 Kb.
səhifə3/14
tarix21.08.2023
ölçüsü42,01 Kb.
#140062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
10-Laboratoriya ishi Neftning molekulyar massasini aniqlash 1-us-fayllar.org

Ishning bajarilishi: Boʼsh probirka 0,01 gr aniqlikda oʼlchanadi va uning massa 1g bilan belgilanadi. Probirkaga termometrning simobi botguncha erituvchi solinadi. Keyin probirka yana oʼlchanadi va massa 2g bilan belgilanadi, bunda olingan benzolning massasi g = 2g – 1g. Benzolli probirka sovituvchi aralashmaga solinib aralashtirib turgan holda qaynaguncha aralashtiriladi. Qaynash boshlagan harorat toza benzolning taxminiy qaynash harorati deb qabul qilinadi. Keyin benzolli probirka issitgichdan olinadi va xona haroratigacha sovitiladi. Benzolda yaxshi eriydigan neft mahsulotlari eritiladi. Tayyor boʼlgan eritmaning konsentratsiyasi aniqlab olinadi. Eritma issitgichga qoʼyiladi va erituvchining tabiatiga qarab harorat begilanadi. Qizdirish qaynash boshlanguncha davom ettiriladi va qaynash boshlangandan termometirdan harorat aniqlanib eritma issitgichdan ehtiyotkorlik bilan olinadi. Lupadan foydalanib 0,002 grad aniqlikda termometrning maksimal koʼrsatkichi T1 belgilab olinadi. Bu harorat eritmaning haqiqiy qaynash haroratiga muvofiq keladi. Аniqlashlar kamida uch marta takrorlanadi. Dastlabki va keyingi oʼlchashlar oʼrtasida temperaturalar farqi 0,02 dan oshmasligiga erishilgach T uchun ularning oʼrtacha arifmetik qiymati olinadi. Keyin yana oʼqituvchidan tekshirilishi kerak boʼlgan keyingi moddani olib undan aniq massali namuna olinadi. Soʼngra probirkaning yon trubkasi orqali namuna probirka ichiga kiritiladi. Modda benzolda toʼliq erib ketgach yon trubkaning ogʼzi tiqin bilan berkitiladi va yuqoridagi usul boʼyicha eritmaning oldin taxminiy keyin esa haqiqiy qaynash harorati aniqlanadi.
Ebulioskopga kapillyarlar solish bilan suyuqlikning bir tekisda qaynashiga erishish mumkin. Bunga qaramay termometrga qaynayotgan suyuqlik otilib tegmasligi va harorat o‘zgarib turmasligi uchun termometrning simobli sharchasi suyuqlik yuzasidan 2 sm balandlikka o‘rnatiladi. 5.3-rasmda ko‘rsatilgan ebulioskopning uchta og‘zi bo‘lib, ulardan biri shlifli probka bilan berkitilib erituvchi quyish va unga modda solish uchun, asbobning ikkinchi og‘zi sovitkich va uchinchi og‘zi termometr o‘rnatish uchun mo‘ljallangan.
Biror moddaning molekulyar massasini aniqlashdan oldin, ebulioskop (termometr va sovitkichsiz) yaxshilab yuvib quritiladi va 0,01 g aniqligida oldin quruq ebulioskopning o‘zini, so‘ngra erituvchi solib tortiladi. Ebulioskopga termometr va sovitkich o‘rnatilib, asbob atrofini asbest bilan o‘raladi va asbest setkasida mikrogorelkada ohistalik bilan qizdirila boshlanadi. Erituvchi qaynashi bilan haroratni o‘lchashga kirishiladi. Haroratni o‘lchash 10 minut davomida har 0,5 minutda olib boriladi. Ebulioskop qizdirishga boshlangandan so‘ng termometr kapillyaridagi simob oldin ko‘tarila boshlaydi, so‘ngra simobni ko‘tarilishi sekinlashib to‘xtaydi. Bu vaqtdagi harorat ma’lum erituvchiga moslab o‘rnatilgan. Bekman termometri uchun shu erutuvchinig qaynash haroratiga to‘g‘ri keladi. Bunda haroratning o‘zgarib turishi 0,005-0,007 0S dan oshmasligi kerak. Erituvchining qaynash harorati o‘lchangandan so‘ng gorelka o‘chirilib chetga olib qo‘yiladi va ebulioskopga modda solinayotganda erituvchi uchib ketmasligi uchun ebulioskopni sovitkich va termometr bilan uy haroratidagi suvli idishga tushirilib 10-15 minut sovitiladi. So‘ngra ebulioskopga shlifli probka bilan berkitilgan og‘zidan 0,2–0,3 g atrofida tabletka qilib tayyorlangan va analitik tarozida tortilgach modda solinadi. Agar tabletka tayyorlash imkoniyati bo‘lmasa, modda kichkina probirkada analitik tarozida tortib olinadi. Shundan keyin ebulioskop og‘zidan probirka bir oz ichkariga kiritilib ohista chertish va ehtiyotkorlik bilan moddani idish devori hamda termometr yuzasida qoldirmay ebulioskopga tushiriladi. So’ngra probirkani tortib ebulioskopga tushgan moddaning miqdori aniqlanadi.
Shundan so‘ng ebulioskopdagi eritmaning (eritma-1) qaynash harorati yuqorida erituvchining qaynash harorati aniqlanilganidek aniqlanadi. Shuninigdek molekulyar massasi aniqlanayotgan va aniq tortib olingan moddaning ikkinchi qismi ebulioskopga solinib oldingi eritmaga nisbatan konsentrlangan eritma (eritma-2) ning qaynash harorati aniqlanadi.
Shunday qilib eritmaning qaynash haroratining pasayishi topiladi:

Ishni bajarish paytida: Agar G gr erituvchida g gr modda erigan bo’lsa, uning konsentratsiyasi bo’ladi:



Bu yerda - erigan moddaning molar soni. Eritma (1) va eritma (2) larni qaynash haroratining ko‘tarilishini aniqlangandan so‘ng eritma tarkibidagi moddaning molekulyar massasini quyidagi tenglamalar yordamida topiladi:


Yüklə 42,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin